20.14. Massasi 100 g bo’lgan jismning harakat tenglamasi
ko’rinishida yozilgan.
Jismning 2 s vaqt momentidagi ipmulisini toping.
20.15. Massasi 80 g bo’lgan shar tinch turgan 40 g massali shar tomon harakatlanmoqda. To’qnashuvni
markaziy absolyut noelastik deb hisoblab, ikkinchi shar impulisi o’zgarishini toping.
20.16. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil aylanma yo’lda 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Avtomobilning
90
0
ga birilgandagi impulisi o’zgarishini toping.
20.17. Massasi 300 g bo’lgan kichik sharcha devorga uriladi va undan qaytadi. Sharcha devorga tik 10 m/s
tezlik bilan urilgan bo’lsa, to’qnashuv paytida devor olgan impulisni toping. Urilish absolyut elastik deb
hisoblang.
20.18. Massasi 0.1 kg bo’lgan shar devorga 0.5 m/s tezlik bilan urilib, undan qarama-qarshi yo’nalishda 0.4
m/s tezlik bilan qaytdi. To’qnashish natijasida shar impulisi o’zgarishini toping.
20.19. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil tinch holatdan o’zgarmas kuch ta’sitida gorizondat yo’l bo’ylab
harakat boshladi. Agar avtomobil 1.2 m/s
2
tezlanish bilan harakat qilgan bo’lsa, uning 10 s dan so’ng
imlulisi qanday bo’ladi?
20.20. Massasi 1 kg bo’lgan jism boshlang’ich tezliksiz 6 m/s
2
tezlanish bilan to'g'ri chiziqli tekis
tezlanuvchan harakat boshladi. Uning 3 m yo’ldagi impulis o’zgarishini aniqlang.
20.21. Massasi 0.2 kg bo’lgan jism 1 m balandlikdan 8 m/s
2
tezlanish bilan tushadi. Jismning tushish
oxiridagi impulisini aniqlang.
20.22. Balandligi 20 m bo’lgan balkondan 0.2 kg massasi koptok tashlab yuborildi. Havoning qarshilik
kuchi erkin tushishda koptok tezligini 20 % kamaytiradi. Koptokning urilish momentidagi impulisini toping.