17.19. 20 sm uzunlikdagi prujinaga mahkamlangan yuk gorizontal silliq stol ustida aylantirilganda, prujina
1sm ga cho’zildi. Aylanish chastotasi 2 marta oshirilsa, prujina dastlabki uzunligiga nisbatan qanchaga
uzayadi?
Uchinchi daraja
17.20. Motosiklchi shosse bo’ylab 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Ishqalanish koeffisenti 0.5 .
Motosiklchi tezlikni kamaytirmasdan qanday ninimal vatqt ichida ortga burulib olishi mumkin.
17.21. Radiusi 40 m bo’lgan ko’prikdan o’tayotgan avtomobil ko’prikning eng yuqori nuqtasida tormoz
berdi. Avtomobilning ko’prikning eng yuqori nuqtasidagi maksimal gorizontal tezlanishi qanday bo’ladi?
Tomozlanish boshidagi avtomobil tezligi 50.4 km/h, ishqalanish koeffisenti 0.6 .
17.22. Gorizontal sterjenga kiydirilgan, massalari
g va
g bo’lgan ikki shar uzunligi 20
sm bo’lgan ip orqali bog’langan(64-rasm). Agar sharchalar aylanish o’qiga nisbatan siljimayotgan bo’lsa,
sterjenni 10 rad/s burchak tezlik bilan aylanishida ipning taranglik kuchini toping. Sharlarning sterjen
bo’ylab ishqalanishi etiborga olinmasin.
17.23. Egrilik radiusi 200 m bo’lgan burilishda 20 m/s o’zgarmas tezlik bilan harakatlanayotgan poyezd
vagonini shiftiga osilgan dinamometrda yuk tortilmoqda. Yukning massasi 5 kg bo’lsa, dinamometrni
ko’rsatishi qanday?
17.24. Radiusi 10 m bo’lgan slindirni ichki sirtida gorizontal aylana bo’ylab 80 km/h tezlikda avtomobil
harakatlanmoqda. Avtomobil shinasi va islindirni ichki sirti orasidagi ishqalanish koeffisentining qanday
minimal qiymatida buday bo’lishi mumkin.
17.25. Prujinaning bir uchi gorizontal joylashgan sterjenning aylanish o’qiga mahkamlangan. Prujinaning
ikkinchi uchiga sterjen bo’ylab ishqalanishsiz harakatlana oladigan shar mahkamlangan(65-rasm).
Prujinaning deformatsiyalanmagan holdagi uzunligi 20 sm , bikrligi 40 N/m . Sterjen 2 Hz chastota bilan
tekis aylantirilsa, prujinaning usunligi qanday bo’ladi. Sharning massasi 50 g.
58