1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi



Yüklə 55,73 Kb.
səhifə14/18
tarix01.12.2022
ölçüsü55,73 Kb.
#120285
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1. Qiyosiy pedagogika fanining predmeti, maqsad va vazifasi

Kanada ta'lim tizimi Shimoliy Amerikaning shimoliy qismi va unga yondosh orollarda joylashgan davlat. Maydoni 9971 ming km . Aholisi 31,59 miln. kishi (2001). PoytaxtiOttava. Ma'muriy jihatdan 10 viloyat va 3 hududga bo'linadi. Maorifi: ilmiy va madaniy ma'rifiy muassalari: Kanada tarixon ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim A.Q.SH maktab tizimiga o'xshash: 12 yillik umumiy ta'lim maktabi 6 yillik boshlang'ich 3 yillik kichik o'rta, 3 yillik katta o'rta maktablardan yoki 8 yillik boshlang'ich va 4 yillik o'rta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha ta'lim tizimi, 6 yillik o'rta maktab ishlaydi. 5-7 yoshdan 14-16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul majburiy to'liqsiz o'rta ta'lim joriy etilgan. Davlatga qarashli ta'lim bepul bo'lgan maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli) asosan diniy va etnik guruhlar qaramog'idagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar o'sha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy o'quv yurtlarida pul to'lab o'qiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Goronto, Vankuver, Kingizton, Monreal, Kvebek universitetlari, ilmiy muassasalari. Yirik kutubxonalari: Parlament, xalq, milliy (hammasi Ottavada) Monreal va Gorontodagi xalq kutubxonalari shuningdek, Goronto, Monreal Vankuyer universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada milliy muzeyi, Milliy galeriya, Milliy san'at markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Gorontoda badiiy galeriya, Monrealda badiiy muzey Kvebek shaharda Kvebek viloyati muzeyi bor.
Jahon mamlakatlarida pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va ularni tayyorlash masalalari. Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida(Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Grestiya, Irlandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya) boshlang’ich va o’rta maktab o’qituvchilarining dastlabki tayyorgarligi oliy o’quv yurtlarida kechadi. O’rta maktabning boshlang’ich sinflarida dars berish uchun o’qituvchilar oliy ma’lumotli bo’lishi kerak (Avstriya), Belgiya, Gollandiya bundan istisno. O’qituvchilarning kasbiy va amaliy tayyorgarligi asosiy kurs bilan bir vaqtda(baravar usul) yoki asosiy kursdan keyingi, masalan, aspirantura darajasida(izchil usul) olib boriladi. Baravar usul bo’yicha kirish talablariga to’liq o’rta ma’lumot to’g’risidagi attestat, ba’zi hollarda oliy ma’lumot olishga loyiqligi haqidagi sertifikat talab qilinadi. Izchil usul bo’yicha dastlabki oliy ma’lumot (universitet yoki undan boshqa)ni maxsus fan yo’nalishda egallagan talabalar muallimlikka aspirantura yoki universitetdan tashqari kurslarda tayyorlanadi. Baravar usul o’qituvchilarining barcha ta’lim va tayyorgarligi boshlang’ich maktablarda izchil usulda yo’lga qo’yiluvchi Fransiyadan boshqa barcha davlatlarda tarqalgan. Angliyada har ikki usul ham amal qiladi, ammo maktab o’qituvchilarini tayyorlashning baravar usuli kengroq tarqalgan. Shotlandiyada kasbiy ta’limda lektorlar pedagog darajasini egallashlari mumkin. Bu majburiy bo’lmasada, 85% lektorlar bu daraja sohibi bo’ladilar. Pedagoglar tayyorlashda lektorlar uchun albatta pedagog malakasi talab qilinadi. Oliy ta’limning boshqa sohalarida lektorlar odatda bunday malakaga ega emaslar. Hozirgi kunda universitet xodimlari uchun ta’lim kurslarida pedagogik metodlarga taya’niladi. Lektorlardan oliy ta’limda ham, undan keyingi ta’limda ham ta’lim usullarini doimiy yaxshilab borish talab qilinadi. Bu turli sabablar bilan izohlanadi. Bir qancha davlatlarda lekttorlardan yaxshi natijalarga erishish talabi qo’yilgan qoidalar mavjud. Shuningdek: 69 1. Talabalarning muvaffaqiyatlari bilan bog’liq moliyaviy pul ulushi mavjud. 2. Talabalarga har bir predmet bo’yicha so’rovnomalarni to’ldirishga beriladi. Natijalar kursdagi barcha lektorlarni jamlovchi kurs qo’mitasi a’zolari, talabalarning vakillari, ishlab chiqarish va mahalliy jamiyatlar vakillari huzurida e’lon qilinadi. 3. Ta’lim sifatini tekshirishni amalga oshiruvchi inspektor va boshqa universitet xodimlari ishtiroki. 4. Talabalarni baholovchi professionallar guruhi. Yomon o’qitish mazkur kursga juda kam talabalarni to’plashga sabab bo’ladi va bu o’z navbatida kurning yopilishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 55,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin