1. Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar


O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)



Yüklə 139,36 Kb.
səhifə16/16
tarix24.09.2023
ölçüsü139,36 Kb.
#129323
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-O’quvchilarni savod o’rgatishga tayyorlov (Alifbegacha bo’lgan davr)davrda nutq o’stirish

O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (1 soat)


Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti

Jami

Yangi mavzu

Takror lash

1.

Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz

3

3




2.

O‘lkamizda kuz

8

7

1

3.

Ona zaminimiz

5

4

1

4.

Qish

3

3




5.

Sog‘ tanda sog‘lom aql

3

3




6.

O‘lkamizda bahor

11

9

2

7.

Mustahkamlash darsi

1


1

Jami

34

29

5

Texnologiya (Qo‘l mehnati) yordamchi maktab o‘quvchisini umumiy


kasb-hunarga tayyorlashning dastlabki bo‘g‘ini hisoblanadi. Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati o‘sadi. Boshlang‘ich sinflarda qo‘l mehnatiga o‘rgatish quyidagi vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
- o‘quvchida ijobiy hislatlarni tarbiyalash, mehnatsevarlik, jamoa bo‘lib ishlash, mustaqil ish qilishga tayyorlash.
Mehnat qilish uchun zarur ko‘nikma-malakalarni (o‘z joyida ishlash va asbob, materiallarni to‘g‘ri joylashtirish, ish tugagach ish joyini tozalash, asbob va materialni joyiga qo‘yish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish) shakllantiriladi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishida mehnat tarbiyasi asosiy omil bo‘lib, uning aqliy, jismoniy va ma‘naviy kamol topishiga xizmat qiladi.
Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati oshadi. Unda o‘z ishini rejalash, qilgan ishini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.
Texnologiya (Qo‘l mehnati) fani quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- o‘quvchida mavjud bo‘lgan ruhiy-jismoniy kamchiliklarni korreksiyalash va insonga mehnat faolyatida zarur bo‘ladigan fazilatlarni tarbiyalash;
- o‘quvchini kasb-hunar egallashga tayyorlash;
- o‘quvchida ijodiy qobiliyat, badiiy did va tasavvurni o‘stirish;
- o‘quvchilarni xalq amaliy san’ati go‘zalligini his qilishga o‘rgatish;
- o‘quvchilarni o‘z ish joylarini ozoda tutishga, ish asboblaridan to‘g‘ri foydalanishga, ularni asrab-avaylashga o‘rgatadi.
Mehnat faoliyati samarali bo‘lishi uchun o‘quvchining yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyatini hisobga olish zarur. Yordamchi maktab o‘quvchisining ish faoliyati chegaralanganligi tufayli, o‘qituvchi bolaning ish faoliyatini boshqarib turadi. O‘qituvchi o‘quvchiga ishni qanday tashkil etishni, ishni nimadan boshlashni, u yoki bu jarayonni qanday bajarishni o‘rgatib boradi, shu bilan birga har bir ish bosqichini mumkun qadar ongli bajarishga o‘rgatishi lozim. Bu o‘quvchida o‘z-o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi, o‘z imkoniyatlariga baho berishga o‘rgatadi.
Qo‘l mehnati darslarida o‘quvchida ruhiy-jismoniy kamchiliklarni korreksiyalash bilan birga barcha his qilish sezgilari ham rivojlanadi. Shu orqali bolada tevarak-atrofni anglash, his qilish tasavvuri kengayib boradi. Shu bilan birga estetik tarbiyaga oid ishlar muntazam olib borilishi lozim.
Har qanday ishni bajarish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bunda o‘qituvchining mahorati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Texnologiya “Qo‘l mehnati” o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi:
Tayyorlov davri (1-sinfda):
- qog‘oz bilan ishlash;
- loy va plastilindan buyumlar yasash;
- tabiiy materiallar bilan ishlash;
- ip va gazlama bilan ishlash;
- bir marta ishlatiladigan buyumlardan narsalar yasash;
- yog‘och bilan ishlash.
Yüklə 139,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin