IV.Darsga yakun yasash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra rag‘batlantirilib, baholanadi ,hamda daftarlar tekshirish uchun yig‘ib olinadi.
VI.Uyga vazifa berish.
158-mashq sharti tushuntiriladi, O‘qib, ayrim gaplar oxiriga nima uchun so‘roq belgisi qo‘yilganligini topib kelish vazifasi beriladi.
Tog‘dan so‘rashdi:
-Sendan qudratli narsa bormi?
-Bor,Inson bilan Mehnat
-Sen-chi,sen nima deysan,ona Yer?
-Men Inson va Mehnat bilan tirikman.
-Ha,azim Tog‘,ona Zaminning hukmdori
Inson va Mehnatdir.
(Ertakdan)Sizningcha,dunyoda kim qudratli?Nima uchun?
Yaxshi kayfiyat tilab darsga yakun yasaladi.
Husnixat daqiqalari uchun namunalar
O‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgatish, ularda husnixat malakalarini hosil qilish uchun ona tili darslarida aniq reja asosida tizimli ish olib boriladi.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv daftaridan to‘g‘ri foydalanishga, ularni ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib borishi muhim vazifa sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o‘quvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
1-sinfda 2-yarim yillikdan boshlab o‘quvchi daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga o‘rgatish uchun daftar hoshiyasi bo‘lishi shart. Daftarga sarlavha yozdirilganda, sarlavha va matn orasida satr qoldirilmaydi.
Daftarda xatoni to‘g‘irlash yo‘li o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan chiziq tortib, ustiga to‘g‘risini yozishga odatlantiriladi. Daftar uy vazifasini yig‘ib tekshiriladi va baholanadi.
Yozuv materiali bo‘lgan daftarni yuritishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda daftar qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri, o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan yoziladi.
4. 1-sinfdan boshlab mashq tartib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g‘in hamda so‘zlarning tagiga ehtiyotkorlik bilan tekis chiziladi.
7. Xato yozilgan harf yoki harfiy birikmalarni namuna sifatida daftar hoshiyasiga yozib ko‘rsatiladi.
8. Noto‘g‘ri yozilgan harflarni bo‘yash, o‘chirish yoki qavs ichiga olib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
9. Mashqlarni bajarishda, matn yozishda xat boshidan yozish qoidalariga amal qilish talab etiladi.
Chiroyli husnixat bilan yozishga erishishda yozuv qurolining ahamiyati katta. Hozirda yozuv quroli sifatida sharikli ruchkadan foydalanish tavsiya etiladi. Sharikli ruchka yozish uchun qulay, ingichka, engil, barmoqlar orasida tutishga mos. Ruchka barmoq orasida tutilganda, ruchka uchi bilan barmoq oralig‘i 1,5-2 smga teng bo‘lishi shart. Aks holda barmoqni ruchka uchidan uzoq ushlash yoki juda yaqin tutish yozuv sifatini buzadi, harflarni xunuk yozishga olib keladi.
Sharikli ruchkada maxsus siyoh bilan to‘ldirilgan sterjenning bo‘lishi undagi ancha vaqt foydalanish imkoniyatini yaratadi. Ruchka sterjeni siyohi faqat binafsha rangda bo‘lishi talab qilinadi.
Husnixat materiallari ona tili darslarida o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida mavzuga bog‘lagan holda tashkil etiladi. Quyida husnixat daqiqalari uchun materiallar keltiriladi. Ona tili darsida o‘qituvchidan ushbu materiallar o‘quvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ozodalik, ahillik, jamoatchilik, ilm olish va topqirlik xislatlarini tarbiyalashi uchun ijodiy yondoshishi talab etiladi.
Aa, Aa
-
Adiba aqlli qiz.
-
Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
-
Aytilgan so‘z otilgan o‘q.
-
Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
-
Ayibini yashirmoq nodonlar ishi.
Bb, Bb
-
Bola aziz odobi undan aziz.
-
Bilgan odam qo‘li bilan quyon ovlar.
-
Bir qop un, ichida ustun. (jiyda)
Dd, Dd
-
Diyor daraxtlarni oqladi.
-
Dilning kaliti – til.
-
Do‘stning ko‘zi ayb ko‘rmas.
Ee, Ee
-
Elyor ertak o‘qidi.
-
Ekin ekkan tekin yer.
-
Eksang terak, elga kerak.
Ff, Ff
-
Farg‘ona go‘zal shahar.
-
Fikri ravshannig so‘zi ravshan.
-
Fikrsiz odamdan tosh yaxshi.
Gg, Gg
-
Gapning kaltasi, arqonning uzuni yaxshi.
-
Gap egasini topar.
-
Gapdan gap chiqar, chopdan - xas.
Hh, Hh
-
Hunar, hunardan unar.
-
Haq egilar, nohaq sinar.
-
Haq ishni xalq qo‘llar.
Ii, Ii
-
Ilmli olar, ilmsiz oldirar.
-
Ilm istasang, takror qil.
-
Ilmi yoqning ko‘zi yumuq.
-
Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar.
Jj, Jj
-
Jamshid jumboqni yechdi.
-
Jabrga sabr chidamas.
-
Javob oltin bo‘lsa, savol – kumush.
Kk, Kk
-
Ko‘p o‘yla, bir so‘la.
-
Kishi baxti taxtida emas, aqlida.
-
Kitobsiz aql – qanotsiz qush.
Ll, Ll
-
Lafz – puldan qimmat.
-
Lola laylak chizdi.
-
Laziz va Latif inoq do‘st.
Mm, Mm
-
Mehnat – rohatning poydevori.
-
Mard tuzar, nomard buzar.
-
Mehr xazinasi – til.
Nn, Nn
-
Non mo‘lligi – el to‘qligi.
-
Non yemoqchi bo‘lsang, o‘tin tashishdan erinma.
-
Non – asli don.
-
Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma.
Oo, Oo
-
Odobli bola – elga manzur.
-
Oltin olma, duo ol.
-
Ona bilan bola – gul bilan lola.
Pp, Pp
-
Paxta – milliy boyligimiz.
-
Pak-pakana bo‘i bor, yetti qavat to‘ni bor. (karam)
-
Pishirsa osh bo‘lar, pishirmasa qush bo‘lar. (tuxum)
Qq, Qq
-
Qobil farzand – jonga payvand.
-
Qovun qovundan rang olar.
-
Qush - qanoti bilan, er – himmati bilan.
Rr, Rr
-
Raim marraga birinci keldi.
-
Rejali ish – tejamli ish.
-
Rang ko‘r, hol so‘r.
Ss, Ss
-
Sog‘ tanda sog‘lom aql.
-
Sanamay sakkiz dema.
-
So‘z ko‘rki – maqol.
Tt, Tt
-
Til – aql o‘lchovi.
-
Tanballik – kulfat, mahmadanalik – ofat.
-
To‘g‘ri o‘zar, egri ozar.
Uu, Uu
-
Ustoz – otangdek ulug‘.
-
Uyday joyni olar,
Sichqondan qo‘rar. (fil)
-
Usti zahar, ichi tosh, uning ichi asal. (yong‘oq)
Vv, Vv
-
Vatani borning baxti bor.
-
Va’da – qurug‘, bajarilsa –ulug‘.
-
Vohid varrak yasadi.
Xx, Xx
-
Xolida xolasiga xat yozdi.
-
Xalq puflasa, bo‘ron bo‘lar.
-
Xon kiyimi ham o‘lchab bichilar.
-
Xo‘roz hamma yerda bir xil qichqirar.
Yy, Yy
-
Yetti o‘lchab, bir kes.
-
Yoshlikdagi g‘ayrat – keksalikdagi rohat.
-
Yolg‘on uyaltirar, rost suyuntirar.
-
Yomon yashar, yaxshi qaqshar.
Zz, Zz
-
Zargar firibgar bo‘lsa, oltin zanglar.
-
Zamon yomon emas, zamonga boqmagan yomon.
-
Zarrani qadr etmagan, zarni ham qadr etmas.
-
Zar qadrini zargar bilar, dur qadrini – savdogar.
O‘o‘, O‘o‘
-
O‘z uyim – o‘lan to‘shagim.
-
O‘zingni o‘zing maqtama, seni birov maqtasin.
-
O‘rinli so‘z o‘qdan o‘tkir.
G‘g‘, G‘g‘
-
G‘ayratsiz bilak – o‘rinsiz tilak.
-
G‘azab – oldinda, aql keyinda.
Topishmoqlar
Daraxt va mevalar
Yozda kiynadi,
Qishda yechinadi.
(daraxt)
Qo‘shaloq tovoq,
Ichi tola yog‘.
(yong‘oq)
Osh ichida tosh,
Tosh ichida yana osh.
(o‘rik)
Bir qop un,
Uning ichida ustun.
(jiyda)
Eshigi, oynasi yo‘q,
Hujrada mehmon to‘liq.
(anor)
Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shakar donasi.
(anjir)
O‘simliklar
Bo‘yi bir qarich,
Soqqoli ikki qarich.
(makkajo‘hori )
Ariq bo‘yida to‘shak.
(maysa)
Yer tagida qator qoziq.
(sabzi)
Qizil qiz yer ostida,
Sochlari yer ustida
(sabzi)
Pastgina bo‘yibor ,
Qavat-qavat to‘ni bor.
(piyoz)
Uy-ro‘zg‘or buyumlari
Bir o‘ra, bir o‘rani ichida ming o‘ra.
(angishvona)
Bir chuqurda ming chuqur.
(angishvona)
Hammaga to‘n tikadi,
O‘zi yalang‘och.
(igna)
O‘zi kichkina, ingichka, kokili uzun.
(igna, ip)
O‘zi bitta, qulog‘i to‘rtta.
(qozon)
Onalari tokchadan tushsa,
Bolalari yugurib keladi.
(choynak, piyola)
Past osmondan qor yog‘ar.
(elak, un)
Yangi idish, tagi teshik.
(elak)
Tap-tap etadi,
Tagidan karvon o‘tadi.
(elak)
Kichkinagina sandiqcha,
Ichi to‘la mixcha,
(gugurt)
Test topshiriqlari.
Hurmatli o‘qituvchilar, o‘quvchilaringiz ona tili fanidan olayotgan bilimlarini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu testlar sizga albatta yordam beradi.
Testlar o‘quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir.
Qo‘llanmadagi keltirilgan testlar bolaning ona tili fanidan o‘rgangan nazariy bilimlarini mustahkamlashga va tahlil qilish mahoratini tekshirishga mo‘ljallangan. Ushbu testlar 1-sinf ona tili dasturi va darsligi bo‘yicha tuzilgan. Har bir bo‘lim uchun berilgan test topshiriqlarining javob kalitlari ham berilgan.
O‘quvchi mustaqil ravishda o‘zini o‘zi tekshirishi va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tovush va harflar
1. O‘zbek tilida nechta tovush bor?
A 29 ta
B) 30 ta
D 23 ta
2. O‘zbek tilida nechta unli tovush bor?
A) 29 ta
B) 6 ta
D) 23
3. O‘zbek tilida nechta harf bor?
A 29ta
B 30 ta
D 31 ta
4. “Ona tili” she’rining muallifi kim?
A) ZafarDiyor
B) Muhammad Yusuf
D) Po‘latMo‘min
5.Oila boshlig‘i kim?
A) bobo
B) ona
D) ota
6. Qish faslida qanday o‘yinlar o‘ynaladi?
A) qorbo‘ron
B) quvlashmachoq
D) bekinmachoq
7.Nima bo‘g‘in hosil qiladi?
A unli harflar
B) undosh harflar
D) unli tovushlar
8. Unli tovushlar qatorini aniqlang.
A)y,e,i,o a, l
B) a,e,i,o,u,o‘
D) e,i,o,b,k,d
9.Ushbu so‘zlarda qaysi unli harf tushib qoldirilgan?
Cumch*q, b*rgut, bulb*l
A)“a” harfi
B)“i” harfi
D) “u” harfi
10.Uy hayvonlari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan.
A) sigir, qo‘y, ot, mushuk
B) kivhuk, echki. ilon, toychoq
D)yo‘lbars, maymun, tulkibo‘ri
11. Yovvoyi hayvonlar qatorini aniqlang.
A) ayiq, maymun, tulki, bo‘ri
B) bo‘taloq, echki. ilon, toychoq
D) tuya, qo‘y, ot, mushuk
12. O‘zbek tilida nechta undosh harflar bor?
A) 6 ta
B) 29 ta
D)23 ta
13. O‘zbek tilida nechta undosh tovushlar bor?
A) 24 ta
B) 29 ta
D) 23 ta
14. Ushbu so‘zlarda qaysi undosh harf tushib qoldirilgan.
Ya*malak, *ola, *ona
A) “H” undoshi
B)“X” undoshi
D)“B” undoshi
15. O‘zbek tilida nechta harf birikmasi bor?
A) 19 ta
B) 6 ta
D) 3 ta
16. Yer ostida oltin qoziq. Topishmoqning javobi nima?
A) sabzi
B) turp
D) lavlagi
17. Ushbu so‘zlarda qaysi undosh harflar tushib qolgan.
Ozo*, farzan*, obo*
A) “d” undoshi
B)“b” undoshi
D)“t” undoshi
18. Qaysi qatordagi so‘zlarda tutuq belgisi tushib qoldirilgan?
A) sher, vafo, odat
B) omon, davlat, baho
D) vada, surat, Azam
19. Alifbo nima?
A)Alifboda harflar tartibsiz joylashadi.
B) Alifboda harf va tovushlarni o‘rganamiz.
D) Alifboda harflar tartib bilan joylashadi
20. Nima bo‘g‘inlarga bo‘linadi?
A) so‘zlar
B) gaplar
D) harflar
21. Qaysi qatordagi so‘zlar bo‘g‘inga bo‘linmaydi?
A) ona, ota, aka
B) tom,ko‘z, bosh
D) a’lo, bola, ko‘za
22. Qaysi qatordagi so‘zlar bo‘g‘inga ko‘chirilmaydi?
A) o‘rtoq, sakkiz, Hilola
B) ushoq, odam, asal
D) ota, ozoda, kitob
23. O‘zbekiston so‘zi to‘g‘ri bo‘g‘inga bo‘lingan qatorni aniqlang.
A)O‘z- be-kiston
B) O‘zbe-kis-ton
D) O‘z-be-kis-ton
24.Topishmoqni javobini toping?
Yoniga kelsa bolasi
Ta’zim qilar onasi.
A) oy va quyosh
B) Choynak va piyola
D) yulduzlar
25.Sportga oid so‘zlar qatorini aniqlang.
A) futbol, quvlashmachoq, uxlamoq
B) kurash, suzish, tennis
D) dars tayyorlamoq, ishlamoq, o‘qimoq
Test javoblari
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
B
|
B
|
A
|
B
|
A
|
A
|
D
|
B
|
D
|
A
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
A
|
D
|
A
|
B
|
D
|
A
|
A
|
D
|
D
|
A
|
So‘z
1.So‘zlar qanday ma’nolarni bildiradi?
A)harakat, belgi, sanoq, harf,
B)tovush, shaxs, narsa,harakat
D) shaxs, narsa, harakat, belgi, sanoq
2.O‘quvchi nima qiladi?
A)yuguradi, uchadi
B)suzadi, chopadi
D) o‘qiydi, dars tayyorlaydi
3. Olma, anor, bodom so‘zlariga qanday so‘roq beriladi?
A)qayer?
B)nima?
D) kim?
4.Qanday so‘zlar kim so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
A)shaxsni bildirgan so‘zlar.
B)narsani bildirgan so‘zlar.
D) belgini bildirgan so‘zlar.
5.Qanday so‘zlar nima so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
A)shaxsni bildirgan so‘zlar.
B)narsani bildirgan so‘zlar.
D) belgini bildirgan so‘zlar.
6.Kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) shifokor, bog‘bon
B) kapalak, chigirtka
D) parta, popka
7. Kasblarga oid so‘zlar qatorini aniqlang.
A) shahar, daryo, mahalla
B) shifokor, bog‘bon, tikuvchi
D) gullar, bemorlar, ovqat
8.Kishilarning ismi va familiyasi qanday harf bilan yoziladi?
A) bosh harf bilan.
B)kichik harf bilan .
D)bosma harf bilan.
9. Joy nomlariga qanday so‘roq beriladi?
A) kim?
B) nima?
D) qayer?
10.Hayvonlarga qo‘yiladigan ismlar qatorini aniqlang?
A) Muqumiy, Yakkasaroy, Chilonzor
B)Buxoro, Jizzax, Sirdaryo
D) Targ‘il, To‘rtko‘z, Baroq
11.Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) anor, kitob.
B) nordon, shirin.
D) yozadi, kuylaydi.
12, Harakatni bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi?
A) kim? nima? qayer?
B) nimaqildi? Nimaqilyapti?nimaqiladi?
D) qanday? qanaqa?
13. Nima sayraydi va uchadi?
A) qushlar
B) hayvonlar
D) odamlar
14. Kombayn qanday harakatlarni bajaradi?
A) damoladi, ishlaydi, ovqatlanadi
B) pishadi, o‘sadi, gullaydi
D) o‘rado, yanchiydi, yig‘adi
15.Ariqlarda suvlar shildirab oqadi. Ushbu gapda qaysi so‘z harakatni bildiryapti?
A) ariqlarda
B) oqadi
D) suvlar
16.Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A)mazali ,katta
B)shaftoli, karam
D) uxladi, sakradi
17. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) kim? nima? qayer?
B) nimaqildi? Nimaqilyapti?nimaqiladi?
D) qanday? qanaqa?
18. Qanday bola elga manzur?
A) odobli
B) yaxshi
D) aqlli
19.Topishmoqni javobini toping.
O‘zi shirin, tukligina,
Mazasi bor totligina.
A) behi
B) tarvuz
D) shaftorli
20.Men qiziqarli kitob o‘qidim. Ushbu gapda belgini bildirgan so‘zni toping.
A) kitob.
B) qiziqarli.
D) o‘qidim.
21 Shaxs va narsaning sanog‘ni va tartibini bildirgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) beshta, birinchi
B) kuldi, o‘qidi.
D) kichkina, dumaloq
22.Shaxs va narsaning sanog‘ni bildirgan
so‘zlar qanday so‘roqqa javob boladi?
A) necha? nechta? qancha?
B) nimaqildi? Nimaqilyapti?nimaqiladi?
D) qanday? qanaqa?
23. Tartibni bildirgan so‘zlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi?
A) qancha?
B) nechta?
D) nechanchi?
24. _______ 144-maktabda o‘qiydi. Chiziqcha o‘rniga mos so‘zni toping.
A) tog‘am
B) otam
D) akam
25.Topishmoqni javobini toping.
Ikki yaproq bir tanda,
Kezar yozda chamanda.
A) qaldirg‘och
B) kapalak
D) ninachi
Test javoblari
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
B
|
B
|
A
|
B
|
A
|
A
|
D
|
B
|
D
|
A
|
Dostları ilə paylaş: |