Voiz haqida. Voiz (arab.) - jamoat oldida nutq so’zlovchi, voizlik bilan shug’ullanuvchi kishi, professional notiq. Voizlar chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuz, o’z zamonasi uchun etakchi tillarni mukammal bilish va boshqa) ga ega bo’lgan. Musulmon sharqining yirik olimlari, din arbobi, adib va boshqalar ko’pincha etuk voizlar ham bo’lganlar.
XV-XVI asrlarda yashagan Qozi O’shiy “Dunyoda yumshamaydigan ko’ngil, ochilmaydigan qulf bo’lmaydi; men ularning ko’ngil qulfini suxandonlik kaliti bilan ochib, yumshataman”, deb yozgan eqan.
Voizdan nimalar talab qilinadi? Avvalo tajriba, bilimdonlik, ishontira olish qobilyati, uning nutqi, o’ziga ishonchi va boshqalar. Oddiy misol, agar biz tinglovchilarni biror narsaga ishontirishga qaror qilsak, gapni shunday boshlashimiz kerakki, toki dastlabki fikrlarimizdanoq, o’zimizga ergashtira olishimiz, ko’ndira olishimiz lozim. Voizlik faoliyatining o’ziga xosligi shundaki, u ko’pincha, auditoriyani o’rganib ulgurmay, aniq, tushunarli va ravon tilda, odamlar qiziqishlariga yaqin fikrlar bilan o’ziga ergashtira olishi kerak bo’ladi. Bizning ko’p sonli mafkurachilarimiz armiyasi aynan shu maqsadlarni amalga oshiruvchilardir, Bular - maktab yoki maktabgacha tarbiya muassasalarining o’qituvchilari va tarbiyachilaridan tortib, oliy o’quv yurtlari, akademiyalarning professor-o’qituvchilari, olimlar, murabbiylar hamda turli bo’g’inlarda xodimlar faoliyatlarini muvofiqlashtirib to’rgan rahbarlardir. Bular qatoriga turli nodavlat tashqilotlarning faollari, jamg’armalar hamda diniy idoralarning mutasaddilari ham kiradi. Ularning barcha sa’y-harakatlari jamiyatimiz fuqarolari ongida faqat shu yurt ravnaqi, tinchligi, osoyishtaligi, hamjihatlik, xalq farovonligi uchun xizmat qiluvchi sog’lom g’oyalarni targ’ibot va tashviqot qilishdir.
Mafkurachilarning asosiy vazifasi o’zlaridagi mavjud bilim, tushuncha, g’oyalarni asos qilib olib, birinchi navbatda yoshlarda, qolaversa, keng xalq 65
ommasida e’tiqodni shakllantirish, ta’sir ko’rsatish va taqlid etishga chorlashdir. Bunda - monolog, dialog, bahs-munozara kabi vositalardan foydalaniladi. Aynan ana shu faoliyat har bir ta’sir ko’rsatuvchining ritorika asoslaridan xabardor bo’lishini, nutq mahoratini egallashini talab qiladi. Agar notiq o’ziga berilgan minbarda faqat so’z va iboralar tizimidan foydalanish bilan cheklansa, yoki qog’ozga tushirilgan matndan chetga chiqolmasa uni auditoriya tinglamaydi, unga ishonmaydi. Shuning uchun hissiy-ekspressiv ta’sir usullari - yuz va ko’z qarashlar, imo-ishoralardan o’rinli foydalanish ta’sirni kuchaytiruvchi psixologik mexanizmlar eqanligini unutmaslik kerak.
Auditoriyaga tik qaray olish - samarali va oddiy metod. Amerikaliklar o’tkazgan tekshiruvlarda hattoki, videotasmada guvohlik berayotgan shaxs agar tik qarab guvohlik bersa, erga qarab guvohlik berganga nisbatan 100 foiz ortiq unga ishonch paydo bo’larqan. Voizdan talab qilinadigan yana bir muhim xislat - bu uning yoqimtoyligi va nimasi bilandir o’sha auditoriyaga yoqishidir. Agar bu ziyoli, olimlar auditoriyasi bo’lsa, mantiqan va ilmiy tahlillarga asoslangai fikr-mulohazalar katta ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Prezidentimiz siyosatidagi izchillik, O’zbekistonning buyuk kelajagiga shaxsan yurtboshimizning ishonchi - yaxlit xalq e’tiqodining shakllanishiga muhim zamin bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |