Ko’pchilik texnologiyalarning rivojlanishi uchun standartlashtirish va unifikatsiya xarakterli belgi hisoblanadi.
Standartlashtirish – takrorlanuvchi masalalar uchun yechimlar topish va optimal darajada tartiblanganlikka erishishdir.
Unifikatsiyalash (umumlashtirish) – elementlar qo’llanilayotgan tizimlar turli tumanligiga nisbatan ularning turli tumanligini kamaytirish.
Turli standartlar va ularga o’xshash uslubiy materiallarni quyidagi belgilari bo’yicha tartiblash mumkin: Tasdiqlovchi organlar bo’yicha:
xalqaro rasmiy standartlar; milliy rasmiy standartlar; milliy mahkamalar standartlari;
xalqaro komitetlar va birlashmalar standartlari; ishlab chiqaruvchi firmalar standartlari;
«de fakto» standartlari.
Barcha tarmoqlarni bir necha turga ajratish mumkin (hududiy jihatdan):
lokal hisoblash tarmog’i (LAN) – bir yoki bir nechta binolarda joylashgan kompyuterlarni birlashtiruvchi tizim;
hududiy (hududiy hisoblash tarmog’i (WAN)) – bir nechta hisoblash tarmoqlarini birlashtirishdan hosil bo’ladi. Ayrim hollarda hududiy tarmoq global hisoblash tarmog’i deb ham yuritiladi;
Internet – supertarmoq yoki tarmoqlar tarmog’i. Bunday nomlanish shuning bilan izohlanadiki, Internet 100 dan ortiq davlatlardagi o’n minglab kompyuter tarmoqlarini birlashtiradi.
Internet – axborotlarni qidirish, saqlash va uzatish uchun ajoyib tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.
Uning xizmat doirasi keng:
ilm va san’at, tijorat va siyosat;
o’qish va ish, dam olish va ko’ngilochar o’yinlar;
ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. Internetning barcha axborotlari elektron ko’rinishda taqdim etilgan.