1. Tog‘ jinslarini sementlashni qо‘llash shartlari. Tog‘ jinslari massivini kimyoviy mustahkamlash usullari


Xulosa. Yyernining tashqi qattiq po‘stlog‘i (yyer qobig‘i



Yüklə 27,13 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü27,13 Kb.
#133422
1   2   3   4   5   6
Tog’ jinslari massivini mustahkamlash vositalari.

Xulosa.
Yyernining tashqi qattiq po‘stlog‘i (yyer qobig‘i) ning o‘rtacha qalinligi 32 km, qitalar bo‘ylab u 20÷70 km, okeanlarda esa 5÷15 oraliqda o‘zgaradi. CHuqurroqda tashqi mantiya joylashgan bo‘lib, yyer qobig‘i va tashqi mantiyani ajratib turuvchi seysmik chegara yuzasi Moxorovich (qisqacha Moxo) chegarasi deb yuritiladi. Bunda bo‘ylama egiluvchan to‘lqin tezligi Vpsakrashsimon tarzda 8 km/s dan katta qiymatgacha ortadi. U holda yer qobig‘idagi bo‘ylama egiluvchan to‘lqin tezligi odatda 6÷7 km/s (eng katta ko‘rsatkich 7,4 km/s) ni tashkil etadi. Bu esa o‘z o‘rnida yuqori mantiya mahsulotlarining zichligi (3,3÷3,7 g/sm3 gacha) yer qobig‘iniki (2,7÷3,0 g/sm3) ga nisbatan ancha ortishiga olib keladi.
700÷900 km chuqurlikda tashqi manti ichki mantiya bilan o‘rin almashadi. Ularni seysmik to‘lqinlar tezligi ortishi va mahsulotning elektr o‘tkazuvchanligi oshishi bilan tasniflanadigan Golitsin qatlami (tashqi mantiyaning ichki qatlami) ajratib turadi.
2900 km ga yaqin chuqurlikda ichki mantiya yerning tashqi yadrosi bilan chegaralanadi. Bu chegarada bo‘ylama tarqaladigan to‘lqin tezligi keskin ravishda 13,2÷13,7 dan 8,1÷8,5 km/s gacha kamayadi va ko‘ndalang tarqaladigan to‘lqinlar butkul so‘nadi. Bu tashqi yadro mahsulotining suyuq agregat holatda ekanligidan dalolat byeradi.
5100 km chuqurlikda tashqi yadro qattiq hisoblangan ichki yadro bilan chegaralanadi. Bu yerda bo‘ylama tarqaladigan to‘lqin tezligi Vp sakrashsimon tarzda 10,2 km/s 11 km/s gacha ortadi. Ichki yadro mahsuloti yuqori elektr o‘tkazuvchanlikga ega, uning zichligi esa mantiyaning zichligiga nisbatan 70 % ga katta. Bu esa yadro metall tarkibda ekanligidan dalolat byeradi.
Yerning qobig‘i va tashqi mantiya tektonosfyera deb ataluvchi, yerda tektonik jarayonlarni yuzaga keltiruvchi maydon shakllanadi.
Yer qobig‘i oralig‘ida seysmik tasniflanishi bo‘yicha uchta asosiy qatlam ajratiladi.
Ularning yuqori qismida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 2,0÷5,0 km/s oraliqda bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinslari joylashadi. Odatda ularning eng yuqori qalinligi 10÷15 km dan oshmaydi (ba’zi joylarda 25 km gacha etishi mumkin).
Keyingi qatlamda bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi granitga mos ravishda 5,5÷6,0 km/s bo‘lgan, shartli ravishda granit qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Granit qatlamining eng yuqori qalinligi 30÷40 km ni tashkil etadi.
Yer qobig‘ining ichki qatlamida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi 6,5÷7,4 km/s bo‘lgan, shartli ravishda bazalt qatlami deb ataladigan qatlam joylashadi. Tezlikning bu ko‘rsatkichlari bazalt tog‘ jinslarinikiga mos keladi. Bazalt qatlamining qalinligi 15÷20 km ni tashkil etadi.
Granit va bazalt qatlamlari Konrada yuzasi bilan ajralib turadi. Bu ikki qatlam orasi seysmik chegarasida bo‘ylama egiluvchan to‘lqinlarning tarqalish tezligi o‘zgaradi.
Takomillashgan geofizik tadqiqotlar ma’lumotlariga asosan tashqi mantiya oralig‘ida yuqori va quyida yotgan qatlam munosabatlari bo‘yicha yuqori plastik va harakatlanuvchi bir nechta qatlam mavjud bo‘ladi. Bu qatlamda ko‘ndalang tarqaladigan to‘lqinlar tezligi jiddiy ravishda kamayadi, ushbu qatlam chegarasidagi mahsulot yonma-yon joylashgan qatlamlar bilan solishtirganda zichligi juda kichikligi tufayli bo‘ylama tarqaladigan to‘lqinlar tezligi esa chuqurlik bo‘yicha ortmaydi. Bu qatlam astenosfyera deb ataladi. Matyeriklar ostida u 100 km dan 250 km gacha bo‘lgan chuqurlik oralig‘ida uchraydi. Astenosfyeraning qovushqoqligi mantiyaga yonma-yon hududlarga nisbatan 2÷3 barobar kichik bo‘ladi va 1020 puaz (1 puaz = 0,0101972 kgs.s/m2) ni tashkil etadi.
Asosan akademik O.YU. SHmidt farazlariga muvofiq tarzda yulduzlar shakllanishi jarayonini o‘rganishda zamonaviy kosmologiya chang-gaz tumanlarining borligi yulduz va planetalar shakllanishiga xizmat qiladi degan xulosaga kelishdi. Yer bunday sovugan chang-gaz bulutlari paydo bo‘lishi va keyinchalik radioaktiv elementlardan issiqlik ajralishi hamda katta tanalarning zarbidan qizishi orqali gravitatsion zichlashish bilan bog‘liq ravishda qiziydi.
Yerning mutloq yoshi 5,0÷5,5 mlrd. yil deb baholanadi. Yer qobig‘ining shakllanishi 4,5÷4,7 mlrd. yil oldin boshlangan. Yerning qobig‘i va ichki po‘stloqning shakllanish jarayoni bir qator bosqichlardan iborat bo‘lgan. Bu jarayonlar mobaynida shakllangan birlamchi yer qobig‘i yadro va mantiyaga ajralgan. Tashqi granit va cho‘kindi qatlamlar esa so‘nggi 3,5 mlrd yil mobaynida yuzalardagi chuqurlashish jarayonlari ta’siri sharoitida faol shakllangan.
Odatda geotektonikada tashkil etgan tog‘ jinsi tarkibi va tektonik tuzulishi juda murakkab hisoblanishi bo‘yicha astenosfyera chegarasigacha bo‘lgan yer qobig‘i va tashqi mantiyaning bir qismi litosfyera deb yuritiladi.



Yüklə 27,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin