1. Toponimika tushunchasi va uning mohiyati haqida


Jarqishloq — o`zbekcha nom bo`lib, jar bo`yidagi qishloq ma`nosini bildiradi va hozir ham shu nomda ataladi. Jo`ja buloq



Yüklə 327 Kb.
səhifə33/56
tarix01.02.2023
ölçüsü327 Kb.
#122849
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Toponomika va tilshunoslik

Jarqishloq — o`zbekcha nom bo`lib, jar bo`yidagi qishloq ma`nosini bildiradi va hozir ham shu nomda ataladi.
Jo`ja buloq — tog` oldi yaylovi. Sero`t, sersuv erda joylashgan. Bu erga berilgan nom o`zbekcha bo`lib, ma`nosi joy sharoitiga qarab berilgandir. CHunki bu er ovloq joy bo`lib, yozda qushlar bemalol bola ochishgan. YOz mobaynida jo`jalarning chiy-chiyi tinmagan, jo`ja — kichik ma`nosida qo`llanilgan. Bu kichik buloq degan ma`noni ham bildiradi.
Zarang buloq. Afsonalarga ko`ra, bu erda chorvadorlarning homiysi xalok bo`lgan emish. Uning qabri buloq boshida bo`lib, buloq ustidan zarang daraxti o`sib chiqqan. Zarang tagida buloq bo`lgani uchun bu joyni Zarang buloq deyishgan. Haqiqatan ham buloq atrofida odam quchog`iga sig`maydigan zarang daraxti hozir ham qad ko`tarib turibdi.
Omonxona. Afsonada aytilishicha hazrati Ali Boysun tog`larini tomosha qilib yurib, shu qishloqda dam olgan va yotishda doimo: «omon bo`l», «dushman tegmasin», deb yotar erkan. Qishloq chuqur darada joylashganki, hozirda ham bu erni topish ancha qiyin. Qishloq janjal-to`polonlardan xoli bo`lgani uchun ham shunday atalgan bo`lishi mumkin. Qishloqning shimol tarafida shifobaxsh suv chiqadigan joy va tabiiy muzxona bor. Bu shifobaxshlik xususiyatidan din arboblari ustalik bilan foydalanganlar va o`sha erni boylik to`plash manbaiga aylantirganlar. YUqoridagi afsonalar haqiqatga juda yaqin. Qishloq hamma tomondan tog` bilan o`ralgan, xotirjam yashash mumkin bo`lgani uchun ham unga Tinxona, Omonxona deb nom bergan bo`lishlari mumkin.
Sariqamish — qishloq ikki xil nomlanishiga sabab eskidan hunarmandchilik rivojlanib, bo`yra to`quvchilar (bo`yra esa qurigan qamishdan to`qilgan) markazi bo`lganligidir. Qishloqning shimolidagi changalzorlarda o`sadigan qamishzorga nisbatan — qamish, changalzor qurigach bu erdagi qamishlar uzoq vaqt sarg`ayib yotishiga nisbatan sariq, ya`ni Sariqamish bo`lib qolgan.
Qizil to`lqin — 40-yillarda qurilgan qishloq. Dastlab bu er «Qizil to`lqin» kolxozi hududi bo`lgan va aholi kelib joylashgan. Kollektivlashtirish to`lqini ommaviy tus olganligi uchun shunday nom olgan.
Qayroq — tog`liq qishloq. Tog`ning etagida joylashganligi uchun bu erda tabiiy sharoit natijasida toshlar silliqlashib, mehnat qurollarining tig`ini o`tkirlash uchun ishlatilgan. SHuning uchun bu erdan qayroq toshlar ko`plab olib ketilgan. Balkim qayroq tosh ko`p uchraganligi uchun shu nomni olgan bo`lishi mumkin. Natijada qishloq shu nomni olgan.

Yüklə 327 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin