1. Xoja Ahror Valiy hayoti va faoliyati haqida "Volidiya"ning yozilish sabablari va she‘riy tarjimasa



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə2/4
tarix23.12.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#121690
1   2   3   4
volidiyya XOSILOVA

Xo‘‘ja Ahror Valiy asarlari
1. «FIQROT UL-ORIFIN» (oriflar so’zlaridan parchalar)
2. «VOLIDIYA» (otaga bag’ishlangan) yoki «MUXTASAR»
3. «HUROIYA» yoki «HAVRAIYA» RISOLASI. Bu asar mashhur shoir Abu Sa’id Abulxayrning (967–1048) bir ruboiysi sharhiga bag’ishlangandir.
4. RUQAOT – MAKTUBLAR.
«VOLIDIYA» (otaga bag’ishlangan) yoki «MUXTASAR». Bu risola Xoja Ahrorning volidi – otasi Xoja Mahmud xohishi bilan yozilganligi va muxtasar – ixcham bo’lganligi sababli yuqoridagi nomlar bilan atalgan. Asarda axloq-odob, insonning o’zini tanishi, faqru fano masalalaridan so’z yuritilib ko’p kishilar uni o’qiganlar. Jumladan, Alisher Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin»ida yozishicha, u Abdurahmon Jomiy huzurida ko’pgina boshqa kitoblar qatori bu risolani ham o’qiganini ta’kidlaydi: «Yana hazrati Xoja Ubaydulloh…ning otalari ishorati bila bitilgan risolalaridur, ham faqr ham fano tariqidakim, oz o’g’ulga bu davlat muyassar bo’lub erkinkim, ota amri bila bu nav’ shoyista xizmat
qilmish bo’lg’ay» (Alisher Navoiy. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom, 61-bet).

Asar kompozitsiyasi


«Volidiya» manzumasi «Hamd», «Rasulullohning na’ti», «Risola nazmining sababi», «Risola shuru’i», «Risola xotimasi» boblaridan iborat bo’lib,(243) ikki yuzu qirq uch bayt - to’rt yuzu sakson olti misradan tashkil topgan.
Manzuma ikki qo’lyozma nusxada bizgacha yetib kelgan bo’lib, biri asar yozilgan 935 h. – 1528 yilda ko’chirilgan bo’lib, Hindistonning milliy kutubxonasi (Rampur)da saqlanadi.
Necha marta nashr etirildi. Jumladan, olima Sabohat Azimjonova uni «Hind Devoni» tarkibida faksimil tarzda nashr tettirgan edi (Toshkent, «Fan», 1966). «Volidiya»ning hozircha so’nggi nashri 1983 yilda Kobulda nashr ettirilgan Bobur Devoni tarkibida
Manzumaning 14 baytdan iborat «Risola nazmining sababi» bobida uning yozilish sabablari haqida «Boburnoma»da bayon etganlarini yanada kengaytiradi. «Risola nazmining sababi» bobida esa Boburning «Volidiya»ga murojaat qilishi va uni nazmga kiritishning asosiy sababi sifatida Xoja Ubaydullohning «o’lgan ko’ngillarni tiriltirish» mazmunida aytgan so’zi asos qilib olin
Volidiya» bilan tanishish shundan dalolat beradiki, Xoja Ubaydulloh o’zining asarida ko’ngil va uning ko’zgu ekanligi. Haq taolo unda o’zini tajalli etishi, shuning uchun ko’ngil har qanday xiralik va g’ubordan holi bo’lishi, ya’ni u ogoh va hushyor bo’lmog’i, pokiza musaffo bo’lmog’i lozimligi, shular bilan bog’liq tarzda odob-axloq to’g’risida so’z yuritgan.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin