Fikrlarning ko’pi tasavvuf va naqshbandiya tariqatining boshqa vakillari tomonidan ham bayon etilgan.
Fikrlarning ko’pi tasavvuf va naqshbandiya tariqatining boshqa vakillari tomonidan ham bayon etilgan.
Shunisi borki, ularning ko’pi inson va o’zlikni tanish, inson va koinot, inson va odob-axloq inson va uning ko’ngli mavzularini yoritganda turli tabaqa va turli davr kishilari uchun ma’qul bo’lgan fikrlarni bayon etganlar. Shuning uchun ulardagi umumbashariy mag’zlar hamisha ardoqlangan.
Shundan so’ng bu risolaga murojaat qilganlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bu risola
ma’qul bo’lgani tufayli Bobur 1528 yilda bu nasriy asarni o’zbek tiliga o’girib, 243 baytlik manzumaga
aylantirdi (manzuma haqida keyinchalik Kengroq to’xtalamiz). Bu risola va manzuma to’g’risida
afg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin shunday yozadi: «Temuriylar va O’rta Osiyo sufiylarining pir va
murshidi Xoja Ahrorning «Volidiya» nomli nasriy risolasini Bobur She’riy tarzda o’zbek tiliga o’girdi. Bu
risolaning mavzui inson zohiri va botinini pokiza qilmoqdan iborat bo’lib, Abul Fazl Allomiy uni
«ma’rifat Dengizining durdonasi» deb biladi».
Shundan so’ng bu risolaga murojaat qilganlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bu risola ma’qul bo’lgani tufayli Bobur 1528 yilda bu nasriy asarni o’zbek tiliga o’girib, 243 baytlik manzumaga aylantirdi (manzuma haqida keyinchalik Kengroq to’xtalamiz). Bu risola va manzuma to’g’risida afg’onistonlik olima Shafiqa Yorqin shunday yozadi: «Temuriylar va O’rta Osiyo sufiylarining pir va murshidi Xoja Ahrorning «Volidiya» nomli nasriy risolasini Bobur She’riy tarzda o’zbek tiliga o’girdi. Bu risolaning mavzui inson zohiri va botinini pokiza qilmoqdan iborat bo’lib, Abul Fazl Allomiy uni «ma’rifat Dengizining durdonasi» deb biladi». «Volidiya» deb nomlangan ikkinchi risolasini Xoja Ahror o‘z otasi iltimosiga ko‘ra yozgan. Unda tariqat yo‘liga kirgan kishining axloq-odobi, faqr va fano tushunchalari haqida so‘z boradi. Bu risola o‘z davrida mashhur bo‘lib, Jomiy va Alisher Navoiylar u bilan yaqindan tanishganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uni forsiydan o‘zbek tiliga she’riy tarjima qilgan.