Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani 45-maktab tarix fani o’qituvchisi Alisher Xo’janazarov tel: 93 634 90 85
3-MAVZU. 1918–1939-YILLARDA BUYUK BRITANIYA (22 ta)
Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari to’g’ri berilgan javoblarni belgilang. 1. Urush Buyuk Britaniyaning hukmron doiralariga katta siyosiy g‘alaba va obro‘ olib keldi.
2. Mustamlaka imperiyasi yanada kengaydi. Katta reparatsiya olindi. 3. Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi.
4. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi.
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4*
Britaniya tarixiga oid quyida berilgan ma’lumotlarni yillariga mos ravishda joylashtiring.
1. Britaniya tarixidagi eng katta ijtimoiy mojarolardan biri ishchilarning umumiy ish tashlashi yuz berdi. 2. Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha jahon iqtisodiy inqirozidan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi. 3. Mamlakat jahon iqtisodiy inqirozdan chiqa boshladi.
a) 1926-yil may; b) 1934-yil; c) 1937-yil.
A) 1-b; 2-c; 3-a. B) 1-a; 2-b; 3-c.* C) 1-a; 2-c; 3-b. D) 1-c; 2-b; 3-a.
Kimlarning ish haqi kamaytirilishi Britaniya tarixidagi eng yirik ijtimoiy muammolardan biri umumiy ish tashlashga olib keladi? A) kemasozlar B) aviasozlar
C) shaxtyorlar * D) dispicherlar
Buyuk Britaniyada uzoq yillar ……. va …… lar davlatni boshqarib, parlament saylovlari natijasida bir-birini almashtirib keldilar.
demokratlar va respubikachilar
konservatorlar va liberallar*
liberallar va leyboristlar
respublikachilar va leyboristlar
Qaysi yillar Buyuk Brianiyada murakkab siyosiy va iqtisodiy holatda n’anaviy ikki partiyali tizim jiddiy inqirozni boshidan kechirdi?
1914 – 1918-yillar
1918 – 1924-yillar*
1921 – 1925-yillar
1924 – 1928- yillar
1920-yillar boshida qaysi partiya Buyuk Britaniya siyosiy tizimida ikkinchi partiya sifatida o‘rnashib oldi?
Respublikachilar
Liberallar
Leyboristlar*
Konservatorlar
Quyida berilgan Britaniya tarixiga oid javoblardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan.
1937– 1940-yillari hukumatni konservatorlar yetakchisi Uinston Cherchill boshqardi.*
Leyboristlar partiyasi1924-yil yanvarda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatni boshqardi.
1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshlig‘i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
Uinston Cherchill XX asr Buyuk Britaniya tarixida juda katta rol o‘ynagan siyosatchi
Uinston Cherchill qachon Buyuk Britaniyada hukumat tepasiga keladi?
1937-yilda
1938-yilda
1939-yilda
1940-yilda*
Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Britaniya sanoat mahsuloti ishlab chiqarishining o’sishi nimalar hisobiga yuz berdi?
uy-joy qurilishining keskin oshish
avtomobilsozlik, samolyotsozlik, dvigatellar va radioapparaturalar ishlab chiqarish
harbiy sanoatning jadal rivojlanishi
barcha javoblar to’g’ri*
Quyida berilgan javoblarni bir-biriga moslang. 1. Hindistonning Armitsar shahrida ingliz qo‘shinlari tinch namoyishchilarni o‘qqa tutdi. 2. inglizlar Misrning mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi. 3. Buyuk Britaniya Afg‘oniston va Eronning tashqi va ichki siyosatini nazorat qilishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. 4. Buyuk Britaniya dominion huquqiga ega bo‘lgan «Ozod Irlandiya davlatini» tan oldi. a) 1919-yil; b) 1921-yil dekabr;
c) 1922-yil.
1-a, 2-b, 3-c, 4-b.
1-a, 2-c, 3-c, 4-b.*
1-a, 2-a, 3-c, 4-b.
1-b, 2-a, 3-c, 4-b.
Buyuk Britaniya bilan uning dominionlari – Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Ittifoqi, Yangi Zelandiya o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab bergan hujjat - “Vestminster statute” qachon qabul qilingan? A) 1929-yilda B) 1933-yilda C) 1935-yilda D) 1931-yilda*
Vestminster statutiga ko’ra, dominionlar bilan metropoliya birgalikda qaysi nomdagi ittifqni tashkil qilishgan?
Yevropa ittifoqi
Birlashgan millatlar tashkiloti
Millatlar ligasi
Britaniya millatlar hamdo’stligi*
Vestminster statuti nomli hujjatga ko’ra, dominionlar nimaga ega bo’lishgan?
o’z ichki mustaqilligiga*
Britaniya tarkibidan ajralib chiqish huquqiga
o’z tashqi mustaqilligiga
A, B, C
Qaysi yillarda Germaniyadan qo‘rqish hissi Buyuk Britaniya siyosatini belgilab berdi?
1930-yillarda*
1920-yillarda
1940-yillarda
1910-yillarda
Buyuk Britaniyaning ikkinchi jahon urushi oldidan olib borgan siyosati tarixga qanday nom bilan kiradi?
“qo’shilmaslik” siyosati
“taslimchilik” siyosati
“tajovuzkorga yon berish” siyosati *
“do’stlik” siyosati
Quyida berilganlardan qaysi biri Nevill Chemberlen nomi bilan bo’g’liq?
“qo’shilmaslik” siyosati
“taslimchilik” siyosati
“tajovuzkorga yon berish” siyosati *
“dollar diplomatiyasi” siyosati
Britaniyaning qaysi bosh vaziri muqarrar bo‘lib qolgan urushni sharqqa qarab yo‘naltirish maqsadida Adolf Gitler, Benito Mussolini va Eduard Dalade bilan birgalikda Myunxen kelishuvini imzoladi?
Uinston Cherchill
David Lloyd Jorj
Nevill Chemberlen*
Vudro Vilson
Myunxen kelishuvi imzolangan yilni aniqlang.
A) 1936-yil B) 1937-yil
C) 1938-yil* D) 1939-yil
Myunxen kelishuvi bo’yicha, Chexoslovakiyaning, asosan, nemis millatiga mansub aholi yashaydigan …Germaniyaga berildi.
Gdansk shahri
Elzas viloyati
Lotaringiya viloyati
Sudet viloyati*
Germaniya Polshaga(a) bostirib kirgan va uning ittifoqchisi Britaniya Germaniyaga(b) urush e’lon qilgan yillar berilgan javobni toping.
Dostları ilə paylaş: |