Adabiyotlar 1.Maqsudov U.M. “Poyabzal materiallarini meyorlashtirish”. Darslik. –T.: Fan 2004. -123 bet.
2. Maqsudov U.M. «Charm buyumlari texnologiyasi» Darslik. –T.: Fan. 2015. -194 bet.
3. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 1-jild. 2004, -379 bet.
4. Maqsudov U.M. «Charm buyumlar texnologiyasi» 2-jild. 2004, -341 bet.
5. Gvozdyev Yu.M. “Ximicheskaya texnologiya izdeliy iz koji” Uchebnoe posobie -M: Akademiya 2006. – 256 bet.
Rejaning bayoni: Umumiy ma`lumot Materiallarni shakllantirish poyabzal va attorlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasidagi asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi.
Ishlov usuli bo’yicha shakllantirishni parallel, ketma-ket, va parallel-ketma-ket shakllantirishga ajratish mumkin.
Xozirgi vaqtda asosan, yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichiga ega bo’lgan parallel va parallel-ketma-ket shakllantirish usullari qo’llaniladi. Qismlarni o’zgarishiga qarab shakllantirish muammosini egish, cho’zish va siqish bilan bajarish mumkin.
Odatda poyabzal qismlarini shakllantirishda uch xil o’zgarish kuzatiladi, shunga qaramay ulardan bittasi ustun turadi.
Poyabzal materiallarini o’zgarish qobiliyati ularning anchagina oraliqda o’z hususiyatini yo’qotmasligi, to’qima xolidagi tuzilishi bilan aniqlanadi. Shaklantirish texnologik jarayonini to’g’ri o’tkazish va eng yahshi o’zgarishni aniqlash uchun terining mustahkamlik xususiyatini jiddiy ravishda pasaytiruvchi, qaytarilmaydigan, strukturaviy o’zgarishni hisobga olish lozim.