11-mavzu. Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish Reja



Yüklə 11,97 Kb.
tarix05.02.2022
ölçüsü11,97 Kb.
#114223
11-mavzu. Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o


11-mavzu. Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish

Reja:

  1. Bolalarda butun predmet haqida tasavvurlarini shakllanirish

  2. Bolalarni butun predmetni teng bo‘laklarga bo’lishga o‘rgatish

Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog`oz varag`ida mo`ljal olishga o`rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo`q edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma`lum miqdordagi buyumlarni ko`rsatilgan yo`nalishda: qog`oz varag`ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o`ng qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bundan topshiriqlar ham bo`lishi mumkin: varaqning chap qismiga 5 ta doiracha; o`ngiga esa 1 ta ortiq doiracha qo`y; varaqning pastki va ustki qismlarnga 8 tadan uch burchak joylashtir. Topshirnqni bajarganidan keyin bola qandan shakllardan nechtasini joylashtirganinn va qaerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog`oz varag`idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so`zlarni to`g`ri, ma`nosi bo`yicha ishlatishga o`rgatish kerak.



Yil oxiriga kelib bolalar o`zlariga, boshqa odamlarga nisbatan o`rnini so`zlar bilan ifodalay oladigan bo`lishlari kerak.

Ma`lumki, bolalar buyumlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlashning dastlabki tajribasini kichik va o`rta guruhlarda olganlar. Katta guruhda bu bilimlarni kengantirish, sistemalashtirish masalasi, bolalarni o`yin materiallaridagina mo`ljal olishgagina emas, balki atrofdagi real sharoitda ham mo`ljal olishga o`rgatish vazifasi qo`yiladi. Mana shuning uchun ham bu yosh guruhida bunday topshiriqlardan foydalanish ma`qul, u yoki bu buyum qaerda hamda u boshqa buyumlarga nisbatan qanday joylashgan? Masalan, qurilnsh materiallari qo`yilgan shkaf eshikdan chap tomonda turibdi: eshik bilan shkaf orasiga rasm osib qo`yilgan; kitob burchagi shkaf qarshisida derazalar orasiga joylashtirilgan va h. k. Maxsus didaktik o`ynnlarda («Qo`g`irchoqqa mebellarni joyjoyiga qo`yishga yordam bering», «Nima qaerda turibdi?» va h. k.) real buyum muhitning bunday fazoviy — og`zaki tavsiflari ham tekislikda mo`ljal olish kabi besh yoshli bolalarga to`la mos keladi.
Yüklə 11,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin