Annotatsiya tuzish. Kitob yoki maqolaning asosiyfikrlari annotatsiyada
qisqacha bayon qilib beriladi, ulardan foydalanish mumkinligi ko’rsatib
qo’yiladi. Kichkina maqola shaklidagi asarga qisqacha baho beriladi.
Annotatsiya –xarakteristika kitobining mukammal mazmuninibayon qiladi va
avtor to’g’risida ma‘lumot beradi. Annotatsiyalar odatda ―O’qilgan va ko’zdan
kechirilganadabiyot daftarlari‖ degan maxsus daftarlarga yozib olinadi.
Taqriz yozish(retsenziya) o’qilgan narsaga baho berish va mazmunini
qisqacha ko’rsatib qo’yishdan iborat. Taqriz-o’qilgan narsadan xulosa chiqarish,
yakunlash demakdir.
Referat (latincha ―refe‖-―ma‘ruza qilaman, ma‘lum qilaman‖ so’zlaridan
olingan) biror masalaning bir yoki bir necha asar ideyasining mohiyatini yozma
bayonqilib berish yoki og’zaki ma‘ruza qilish demakdir. Referatning kirish
qismi, asosiy mazmuni va xulosasi tafovut qilinadi. Hajmi 15-20 sahifadan
iborat bo’ladi. Referat tuzishga vaqt ham, bir talay mehnat ham ketadi. Referat
yozishuchun hamma kitoblarni ko’rib o’tirmasdan, eng zarur kitoblarni tanlab
olish kerak.
Ko’chirma va naqllarkitoblardan yozib olishning eng ko’p tarqalgan
turidir.Ko’chirma va naqllar so’zma-so’z bo’lishi (sitatalar) yoki o’z so’zlari
bilan bayon qilinishi mumkin.Bunda xayolni band qilgan, ko’ngilni maftun
etgan fikrni uyg’otgan, muayyan harakatga undagan narsalar ko’proq yozib
olinadi. Ko’chirmalar odatda kartochkalarga yozib olinishi maqsadga muvofiq