11-Mavzu. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati reja


O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari



Yüklə 32,4 Kb.
səhifə3/4
tarix09.12.2023
ölçüsü32,4 Kb.
#138679
1   2   3   4
3.O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari
O‘zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va jahonning turli mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlari 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahri yaqinida sobiq Ittifoqning barham topishi munosabati bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga asos solindi. MDHning vujudga kelishi haqidagi hujjatga dastlab Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorussiya davlatlari imzo chekdilar. 13- dekabrda Ashxobodda o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston Respublika rahbarlarining kengashida hamdo‘stlikni kengaytirish zarur deb topildi. Natijada shu yili 21 - dekabrda Almatida o‘tgan uchrashuvda MDH bitimini jami 11 davlat MDHga a’zo bo‘lib kirdi. Ular bu bitimda davlatlarning hududiy butunligini tan olish, amaldagi chegaralar, ularning ochiqligi, fuqarolarning harakati erkinligiga, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, harbiy harakat va qurol-yarog‘ tarqatishning oldini olishda birgalikda harakat qilishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi. O‘zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo‘stlik iqtisodiy tuzilmalarining shakllanishida faol ishtirok etdi. «Mustaqil davlatlar hamdo‘stligini tashkil qiluvchi mamlakatlar bilan bevosita va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, degan edi I.A.Karimov, - tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir».
1991-2000-yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo‘lib o‘tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olish uchun davlatlalaro iqtisodiy qo‘mita tuzish, iqtisodiy integratsiyani to‘laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to‘lovi masalalarini izga solib olish kabilar muhim o‘rin 178 egalladi. O‘zbekiston MDH doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo‘yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlari bilan imzolab o‘zaro manfaatli hamdo‘stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
O‘zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga daxl qilmaslik nuqtayi nazaridan yondashdi. 1992-yil may oyida MDH davlat rahbarlarining Toshkent uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi MDH doirasidagi davlatlarning o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 1993-yil MDH davlatlari bilan imzolangan «Iqtisodiy ittifoq» haqidagi shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o‘zaro hamkorliklarining yanada mustahkamlanishga katta ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston 1996-yil Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o‘ziga xos tuzilmaga ham 1999-yil aprel oyida a’zo bo‘ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma mintaqaviy hamkorlik doirasidagi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo‘lagini rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo‘lib, unda O‘zbekiston ham ishtirok etdi. Yaltada bo‘lib o‘tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim masalalar ko‘rib chiqildi.
Rossiya Federatsiyasi bilan mustaqillik yillarida bo‘layotgan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab o‘tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi 1992-yil o‘rnatilgan diplomatik aloqalardan so‘ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi. Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq E.Primakov 1998-yil Rossiya Federasiyasi prezidenti B.Elsin, 1999-yil dekabr va 2000-yil may oyida prezident V.V.Putinning O‘zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O‘zbekistonning o‘zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishda, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o‘rin tutdi. 2003-yilning avgustida ikki mamlakat Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Rossiyaning «Gazirom» va «Lukoyl» kompaniyalarining O‘zbekistonda neft va gaz manbalarini qidiruv ishlarini amalga oshirayotgan korxonalarni texnika jihatidan qayta qurish masalalarini muhokama qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar almashuv 2002-yili bir milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2003-yili bu ko‘rsatkich 25 foizga oshdi. 2004-yili Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yana ham mustahkamlandi. Shu yili ikki davlat Prezidentlari jami yetti marta uchrashdi. O‘zbekistonda 32 marotaba Rossiya hukumati delegatsiyalari tashrif buyurdi, shu 179 jumladan, Rossiya davlati xavfsizlik kengashining raisi, Mudofaa, Tashqi ishlar, Transport vazirlari o‘zbekistonlik davlat rahbarlari bilan muhim masalalar bo‘yicha bitimlar tuzdi. 16 iyun kuni yurtimiz birinchi rahbari I.A.Karimov va V.Putin uchrashuvi natijasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo‘yicha alohida bitimlar imzolandi. Yoqilg‘i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o‘rtasida mavjud yoqilg‘i korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar hajmda bajarishga kelishildi. O‘zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 tasi qo‘shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonalari ishlayapti.

Yüklə 32,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin