11-mavzu: Tasviriy san'at fanlarini o'qitishda ilg'or pedagogik metodlar



Yüklə 194,6 Kb.
səhifə22/22
tarix19.04.2022
ölçüsü194,6 Kb.
#115381
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
11-MA'RUZA (2)

Tadqiqot - talabalar tomonidan muammoni tushunish va yechish, mustaqil bilim olishni kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars jarayonida talabalarda savol berish va javob izlashida ularning qiziqishini uyg‘otishga qaratilgandir. Unda o‘qitish talabalarning amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini ta’minlaydi. Bo‘larga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi matn kabi metodlar kiradi.

Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Bo‘lar ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim, programmalashtirilgan ta’lim, guruhli texnologiyalar va boshqalar.

Pedagogik texnologiyalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi, ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.

Masalan, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin kabi interfaol mashg‘ulotlar tarkibida hamkorlik, bola shaxsiga yo‘naltirilgan, muammoli, didaktik o‘yin kabi pedagogik texnologiyalar elementlari albatta mavjud. Xuddi shunday tahlilni deyarlik har bir pedagogik texnologiya shakllari va usullariga nisbatan xam o‘tkazish hamda sof holda ajratib olish mumkin bo‘lgan alohida texnologiya aslida amalda yo‘qligiga ishonch hosil qilish mumkin.





1


2 A.M. Ahmadaliyeva “Innavatsion faoliyat va ilgor pedagogik texnologiyalar” (o’quv qo’llanma) Toshkent-2006.

3 O’zbekiston Konstitutsiyasi - biz uchun demokratii taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. - Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 6 dekabr.

Yüklə 194,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin