Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladilar. Ular maktabda o‘qishga to‘la tayyor emaslar, ularda maktabda o‘qish uchun zarur
bo‘lgan ko‘nikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini o‘zlashtirish uchun layoqati
yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o‘qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi
tartibni o‘rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy
toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o‘ziga xos. Maktabda ular o‘zlarini
maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘q yoki juda
past bo‘liB, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi. O‘yin ular uchun asosiy faoliyat
PROqli bolalarni ko‘pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o‘zaro farqlashda
ayrim omillar qo‘l keladi. Chunonchi, PROq bolalarda oddiy bilimlarni o‘zlashtirish, hisoblash
ko‘nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko‘zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni
eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha yuqori bo‘ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif
Ko‘pchilik hollarda PROq (ZPR) o‘quvchilar ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘qitiladilar. Ular bilan individual korreksion ishlar olib borilmaydi, shu bois ular amalda o‘quv
jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar qatoriga
kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi korreksion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. Ularga
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib borishning
xususiyatlari. O‘zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va
maxsus ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o‘rta
ta’lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o‘qitishlari
mumkin.
Ta’lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang‘ich umumiy o‘rta ta’lim (ta’lim muddati – 4-5 yil).
2. Asosiy umumiy o‘rta ta’lim (ta’lim muddati - 5 yil).
Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo‘yicha ota-onalari
yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko‘ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar
o‘quvchidan iborat bo‘ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaf etilishiga ko‘ra ommaviy
umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o‘zgartirishlar (muayyan o‘quv mavzulari
yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda,
ta’limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni
egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o‘quv faoliyati tajribasini
hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini
shakllantirishdan iborat.
Bunday o‘quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korreksion o‘qitish
davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O‘quv materiali hamda
ta’lim metodi PROq bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari. Aqli
zaiflikni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar korreksion pedagogikada (defektologiyada) eng
muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish va
o‘rganish
muammolari
korreksion
(maxsus)
pedagogikaning
muhim
sohasi
-
oligofrenopedagogika tomonidan o‘rganiladi. “Oligofreniya” (yunoncha olygos – kam va phren -
aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo‘llanilgan.
Oligofreniya – bu natal (tug‘ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta
bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki
psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) omillar bo‘lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga onaning homiladorlik davrida
turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin
kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi
(toksoplazmos) hamda turli tug‘ma shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi,
buyrak, jigar kasalliklari bilan og‘rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni
qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi, ayollarning zararli
ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari, chekish, alkogolizm, ota-
onalari giyohvand moddalarni is’temol qilishlari ham chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ularni quyidagi
uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qorinidaligi miyasi shikastlangan bolalar.
Tug‘ilishi paytida yoki tug‘ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994 yilda aqli zaiflikning quyidagi to‘rt
darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam), o‘rtacha, og‘ir va chuqur darajalar.
Dostları ilə paylaş: