15 –Мавзу. Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#138352
1   2   3   4   5   6
15мавзу тиббий билим

Mahalliy og‘riqsizlantirishning asosiy asoratlari va birinchi yordam ko‘rsatish. Mahalliy og‘riqsizlantirish (anesteziya) deganda, bemorning es-hushi saqlanib qolgani holda operatsiya maydoni sohasidagina og‘riq sezuvchanlikni yo‘qotish tushuniladi. Hozirgi vaqtda jarrohlik amaliyotida mahalliy og‘riqsizlantirishning quyidagi turlari farq qilinadi:

  1. Dori surtib anesteziya qilish.

  2. Infiltratsiyali anesteziya.

  3. Futlar (niqob) anesteziya.

  4. Regionar anesteziya.

  5. Vena ichi va arteriya ichi anesteziyasi.

  6. Suyak ichi anesteziyasi.

  7. Sovitish bilan anesteziya qilish.

  8. Peridural anesteziya.

  9. Orqa miya anesteziyasi.

Mahalliy anesteziya amaliy va xavfsizligi jihatidan keng qo‘llaniladigan usuldir. Og‘riqsizlantirishning bu turi kichik operatsiyalarda (appendektomiya, churrani kesish va hokazo) qo‘llaniladi, biroq, yetarlicha malaka bo‘lganda, mahalliy anesteziya bilan katta operatsiyalarni ham bajarish mumkin. Operatsiyalarning qariyb 80 % mahalliy og‘riqsizlantirish usulida bajariladi. Mahalliy anesteziya uchun nisbatan xavfsiz va kam toksinli novakain keng qo‘llaniladi. Novakain 0,25—0,5 % eritma holida va kamroq hollarda o‘tkazuvchi yo‘llar anesteziyasi uchun birmuncha yuqori konsentratsiyada (1—2 % li eritmasi) ishlatiladi. Steril eritmasi operatsiyadan oldingi xonada saqlanadi. Novokain eritmasi solingan flakonga «Novokain eritmasi» deb yozilgan etiketka yopishtirilishi, bunda konsentratsiyasi va tayyorlangan vaqti ko‘rsatiladi. Novokaindan foydalanishda operatsiya hamshirasi va shifokor etiketkani, albatta, tekshirib, uning boshqa modda emas, balki novokain ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Mahalliy anesteziya uchun shprislar, ignalar va novokain uchun idish zarur bo‘ladi. Shpris va ignalarni distillangan suvda boshqa asboblardan alohida sterillash lozim, chunki hamma asboblar sterilizatsiya qilinadigan soda eritmasi novokainni inaktivatsiya qiladi. Mahalliy anesteziyaning asoratlari juda kamdan kam ro‘y beradi. Novokainga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan ayrim bemorlarda novokaindan zaharlanishning klinik manzarasi namoyon bo‘ladi: boshi aylanadi, holsizlanadi, ko‘ngli ayniydi, teri va burundagi shilliq pardalar bo‘zaradi, tomir urishi tez, to‘liqligi sust bo‘ladi.
Birinchi yordam. Tegishli klinik manzara paydo bo‘lganda anesteziyani to‘xtatish, 1—2 ml 20 % kofein eritmasi, 1 ml 1 % li dimedrol eritmasini inyeksiya qilish zarur. Barbiturat kislota preparatlaridan: 5—10 ml 2 % li teopental-natriy eritmasini venaga yuborish yoki 2—3 ml 10 % li barbital natriy eritmasi yoki 0,1 gr lyuminal ichirish yoki 5—10 ml 5 % li etaminal-natriy eritmasini venaga yuborish maqsadga muvofiq. Kislorodli ingalatsiyalar buyurish muhimdir.
Mahalliy anesteziya, blokadalar o‘tkazishda tibbiyot hamshirasi bevosita shifokorga ko‘maklashadi. U bemorga anestetiklar olishi mumkin emasligini aniqlash maqsadida sinamalar qo‘yishi va natijasini shifokorga bildirishi lozim. U aytilgan anestetiklarni: shpris, igna, spirt, paxta va boshqalarni, anesteziyani bajarish uchun tayyorlashi, anestetiklarni blokadalarda tana haroratigacha isitishi kerak. Asoratlarning oldini olish maqsadida kerakli dorilar: kofein, lobelin, yurak va o‘pka faoliyatini yaxshilovchi dorilarni tayyorlab qo‘yish kerak.
Tug‘uruq biomexanizmi haqida tushuncha. Tug‘uruq fiziologik protsess bo‘lib, unda homila va yo‘ldosh bachadon bo‘shlig‘idan tug‘uruq yo‘llari orqali haydalib chiqadi. Fiziologik tug‘uruq
akusherlar hisobida (63-rasm) 9 oy (280 kun yoki 40 hafta) davom etadigan homiladorlikdan keyin ro‘y beradi, shu vaqtga kelib homila yetiladi va yorug‘ dunyoga yashashga to‘la qodir bo‘lib tug‘iladi.
Homila kichik chanoqdan va tug‘uruq yo‘llarining yumshoq qismlaridan o‘tayotganda bajaradigan harakatlarning yig‘indisi — tug‘uruq biomexanizmi, deb ataladi.



40-hafta

Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin