17-mavzu. Iqtisodiyotda axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi reja: O‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimlari haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 16,98 Kb.
səhifə1/4
tarix17.07.2023
ölçüsü16,98 Kb.
#128546
  1   2   3   4
17-mavzu. Iqtisodiyotda axborot tizimlarining o‘zaro integratsiy-fayllar.org


17-mavzu. Iqtisodiyotda axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi reja: O‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimlari haqida umumiy tushunchalar

17-MAVZU. IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLARINING O‘ZARO INTEGRATSIYASI
Reja:
1. O‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimlari haqida umumiy tushunchalar.
2. Tashkilotda o‘zaro integratsiyada ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rni va vazifasi
3. Integratsiyalashgan axborot tizimlari
4. SAP va CRM tizimlarining rivojlanish tendentsiyalari, mobil platformalarga asoslangan integratsiyalashgan tizimlari


Tayanch so’z va iboralar:Iqtisodiy Integratsiyalashgan axborot tizimlari, Tranzaktsiyalarni bajaruvchi tizim, ofisni avtomatlashtiruvchi tizim, Bilimlarni ishlab chiquvhi tizim, lokustli avtomatlashtirish, Integratsiyalangan axborot, axborot telekommunikatsiya, korporativ xizmatlari, mufassal depozitlar, artefaktlar, transparent repository, integratsiya texnologiya.


17.1. Integratsiyalashgan axborot tizimlari qahida tushuncha
Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun integratsiya muhiti hisoblanadi. Bitta axborot tizimi doirasida turli boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtiruvchi va boshqaruvning turli bosqichlaridagi qaror qabul qilish jarayonida tayyorgarlik bosqichida faol qo‘llanuvchi o‘nlab ATlar ishlatilishi mumkin. (4.1-rasm). Shu munosabat bilan bugungi kunda ichki bozorni ishlab chiqish va joriy etishda ikkita asosiy yo‘nalish hukmronlik qilmoqda.

Birinchisi, masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‘z faoliyatining ayrim sohalarida tanlangan (“lokustli”) avtomatlashtirish bilan ta’minlab va keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi. Garchi, bu yo‘l, bir qarashda, kam xarajatdek ko‘rinsada, bu kabi tizimlarni amalga oshirish tajribasi shunga o‘xshash loyihalarda minimal xarajatlar ko‘pincha eng kam daromadga aylanishini ko‘rsatdi yoki umuman kutilgan natijani keltirib chiqarmaydi.


Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi. Bu kabi holatlarda ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash, tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;
• korxona faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarini avtomatlashtirish (buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta’minot va hokazo);
• korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash.
Yechim turlari Taskiliy qism:
tadbiqiy Bilimlar boshqaruvchi Strategik
Shakllangan Hisoblar
Tranzaktsiya Elektron
Hujjat aylanishini rejalashtirish
Ishlab chiqarish
Sifatini oshirish
Qisman shakillangan Mahsulotlarni ishlab chiqish
Byudjetni tayyorlash
Loyihani rejalashtirish
Ishlab chiqarishni rivojlantirish
Shakillanmagan Axborotni tayyorlash
Yangi mahsulotlar
Yangi bozorlar
TPS – Tranzaktsiyalarni bajaruvchi tizim;
OAS – ofisni avtomatlashtiruvchi tizim;
KWS – Bilimlarni ishlab chiquvhi tizim;
MIS – Axborot tizimlarini boshqaruvchi;
DSS – Qaror qabul qilishni qo’llab quvvatlovchi tizim (QQQQT);
ESS – Bajaruvchi tizim;
EIS –Ekspert tizimlari.



Yüklə 16,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin