Avtomatlashtirish tizimlarini bajarishning umumiy qoidalari. GOST 21-404-2013. (SPDS. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish. O‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarini avtomatlashtirish chizmalarida shartli belgilanishlari Avtomatlashtirishning funksional chizmalarining vazifasi;
Texnologik jixoz va kommunikatsiyalarning belgilanishi.
GOST 2.784-70 bo‘yicha suyuqlik va gazlar uchun quvuro‘tkazgichlarni shartli raqamli belgilanishi;
Avtomatlashtirish va o‘lchash vositalarini belgilanishi.
GOST 21.404-2013:
- GOST 21.404-85 bo‘yicha avtomatlashtirish va o‘lchash vositalarini asosiy shartli belgilanishlari;
- GOST 21.404-85 bo‘yicha xarfli shartli belgilanishlari;
- GOST 21.404 —85 bo‘yicha o‘lchov asboblarini funksional belgilarini ifodalovchi qo‘shimcha xarfli belgilanishlar;
- GOST 21.404 —85 bo‘yicha signal o‘zgartirgichlar va hisoblash qurilmalarini funksional belgilarini ifodalovchi qo‘shimcha xarfli belgilanishlar;
- GOST 21.404 – 85 bo‘yicha o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari grafikli shartli belgilarining o‘lchamlari;
GOST 21.404-85 bo‘yicha shartli belgilarni qurish misollari;
Funksional chizmalarni bajarish misollari.
GOST 21.404 – 85 bо‘yicha о‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining grafikli shartli belgilarining о‘lchamlari GOST 21.404 — 85 bо‘yicha grafikli shartli belgilanishlarning о‘lchamlari 6-jadvalda keltirilgan.
Grafikli shartli belgilanishlar chizmalarda 0,5 — 0,6 millimetrli chiziqlar bilan bajariladi.
Belgilanish ichidagi gorizontal bо‘lish chizig‘i va ulanish chiziqlari 0,2 — 0,3 mm qalinlikdagi chiziqlar bilan chiziladi.
Ba’zi asoslangan xolatlarda о‘lchov asboblari va birlamchi о‘zgartirgichlar aylana о‘rniga elips kо‘rinishidagi belgilanishlardan foydalaniladi.