8.1.Mavzuga kirish Key Point.Sikldan dasturni bir necha marta takroran ishlashi uchun buyruq berishdan foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, dasturda “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasini 100 marta konsol oynaga chiqarish buyrug`ini berishimiz kerak. Buning uchun quyidagicha kodni yozish juda ham zerikarli va mashaqqatli:
Xo`sh, bu muammoning qanday yechimi mavjud?
C++ bir yoki bir nechta operatorlarni ko`p marta, ketma-ketlik tartibida bajaruvchi, sikl deb nomlangan mukammal konstruksiyani taqdim etadi. Bu konstruksiya yordamida kompyuterga dastur orqali yuqoridagi satrni 100 marta chiqarishga oddiy ko`rinishda buyruq berish mumkin:
inthisob = 0;
while (hisob< 100)
{
cout<< "C++ ga xush kelibsiz!\n";
hisob++;
}
Bu yerda hisob sikl tarkibida dastlab 0 qiymat bilan o`qilyapti. Shart qismi(hisob< 100)da uning 100 dan kichik ekanligi tekshiriladi. Agar bu shart rost (true) bo`lsa, siklning tana qismi hisoblanadi, ya’ni, konsol oynaga “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasi chiqariladi va hisob1 qiymatga oshiriladi. Bu jarayon siklning shart qismi (hisob< 100)yolg`on (false) qiymat qabul qilgunga qadar (hisob ning qiymati 100 dan oshib ketguncha) davom etadi.Bunday holatda sikl ishi to`xtatiladi va undan keyingi ko`rsatma satrlarining bajarilishiga o`tiladi.
Sikllar – blokdagi ko`rsatma satrlarining takroran ishlashini nazorat qiluvchi konstruksiyalar. C++ sikl operatorlarlarining uch xil turini taqdim etadi: while sikl operatori,dowhile sikl operatori, for sikl operatori.
8.2. while – sikl operatori Key Point.while sikl operatori o`zining shart qismi rost qiymat qabul qilganda tana qismidagi ko`rsatmalarni bajaradi. while sikl operatorining sintaksisi quyidagiicha:
while (sikl davom etish sharti)
{
// sikl tanasi
Ko`rsatmalar (s);
}
8.1(a)-rasmda while siklining blok-sxemasi berilgan. “Sikl tanasi” deb nomlanuvchi sikl bloki takrorlanuvchi ko`rsatma satrlaridan tashkil topgan. Sikl tanasining bir marta bajarilishi siklning iteratsiyasini (yoxud takrorlanishini) anglatadi. Har qanday sikl tana qismining bajarilishini nazorat qiluvchi siklning-davom-etish-sharti – mantiqiy ifodadan tashkil topadi.Bu mantiqiy ifoda har safar sikl tanasining hisoblanishi uchun ishga tushiriladi. Agar u true qiymat qabul qilsa, tana qismi bajariladi; Agar u false qiymat qabul qilsa, butun boshli sikl operatorining ishi to`xtatiladi va dastur o`sha vaqtdagisiklning tana qismini bajarlmaydi.
whilesikl operatori haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`lish uchun “C++ ga xush kelibsiz!” jumlasining 100 marta ekranga chiqarilishini ko`rib chiqish yetarli. Uning blok-sxemasi 8.1(b)-rasmda keltirilgan.
8.1-rasm.while sikl operatori siklning-davom-etish-shartitrue qiymat qabul qilganda sikl tanasida ko`rsatilgan ko`rsatma satrlarini takroran bajaradi. Siklning-davom-etish-sharti – hisob<100vasikl tanasi quyidagi ikki ko`rsatma satridan tashkil topgan:
Bu misol orqali sikl tanasi necha marta bajarilishini aniq bilib olish mumkin. Chunki, bu yerda hisob o`zgaruvchisining necha marta qiymat qabul qilishini aniq bilish imkoni mavjud.Siklning bu turi hisoblovchi-boshqaruv siklisifatida qaraladi.