8-hafta mavzu: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarni dasturlash


Sikl dizayni strategiyalari



Yüklə 295,73 Kb.
səhifə5/7
tarix27.10.2022
ölçüsü295,73 Kb.
#118719
1   2   3   4   5   6   7
dasturlash 8 haftasuda

8.2.2. Sikl dizayni strategiyalari
Havaskor dasturchilar uchun siklni to`g`ri yozish oson masala emas. Sikl yozishda uchta bosqich ko`rib chiqiladi:
1-bosqich: Takrorlanishi lozim bo`lgan ko`rsatma satrlarini belgilab olish;
2-bosqich: Ko`rsatma satrlarini quyidagi ko`rinishda sikl tanasiga biriktirish:
while (true)
{
Ko`rsatma satrlari;
}
3-bosqich: Sikl-davomiyligi-sharti ni kiritib, siklni nazorat qiluvchi qo`shimcha korsatma satrlarini kiritish:
while (Sikl-davomiyligi-sharti)
{
Ko`rsatma satrlari;
siklni nazorat qiluvchi qo`shimcha korsatma satrlari;
}
8.2.3. Siklning foydalanuvchi ixtiyori bilan boshqarilishi
Pastdagi kod siklni besh marta hisoblaydi. Agar siklning davom etishini foydalanuvchi belgilashi lozim bo`lsa, foydalanuvchi ixtiyoriga topshirish mumkin. Shunday ko`rinishga ega bo`lgan dastur qismi quyida keltirilgan:
char siklDavomiyligi = 'Y';
while (siklDavomiyligi == 'Y')
{ // Sikl tanasi bir marta hisoblanadi
...
// Foydalanuvchini davomiylikni o`rnatishga undash
cout << "Davvom ettirish uchun Y ni kiriting
chiqib ketish uchun N ni kiriting: ";
cin >> siklDavomiyligi;
}
8.2.3. Siklning nazoratchi qiymat orqali boshqarilishi
Siklni boshqarishniing ko`p tarqalgan usullaridan yana biri – o`qish va qiymat ta’minlash jarayonlarida maxsus qiymatni tayinlashdir. Bu maxsus kiritiluvchi qiymat “Nazoratchi qiymat” nomini olgan bo`lib, kiritishlarning so`ngida belgilanadi. Nazoratchi qiymat qo`llanilgan sikl “Nazoratchi qiymat orqali boshqariluvchi sikl” deb yuritiladi.
8.4-kodli ro`yxatda tayinlanmagan butun sonlarni o`quvchi va ularning yig`indisini hisoblovchi dastur berilgan. Kiritilgan 0 kiritishlar oxirida tayinlanadi. Har bir qiymat uchun o`zgaruvchi e’lon qilinishi kerakmi? Yo`q. Faqatgina, kiritish qiymatini yozish uchun data deb nomlangan o`zgaruvchidan va yog`indini yozish uchun sum deb nomlangan o`zgaruvchidan foydalanish yetarli. Qiymat o`qilganda, u data ga ta’minlanadi va u sum ga qo`shiladi, agar u 0 bo`lmasa.
8.4-kodli ro`yxat. NazoratchiQiymat.cpp
1 #include
2 using namespace std;
3
4 int main()
5 {
6 cout << "Butun qiymat kiriting (kiritish to`xtatiladi " <<
7 "agar u 0 bo`lsa): ";
8 int data;
9 cin >> data;
10
11 // Kiritilgan qiymat 0 bo`lguncha kiritishni saqlash
12 int sum = 0;
13 while (data != 0)
14 {
15 sum += data;
16
17 // Keyingi data ni o`qish
18 cout << "Butun qiymat kiriting (kiritish to`xtatiladi " <<
19 "agar u 0 bo`lsa): ";
20 cin >> data;
21 }
22
23 cout << "Yig`indi = " << sum << endl;
24
25 return 0;
26 }

Butun qiymat kiriting (kiritish to`xtatiladi agar u 0 bo`lsa): 2
Butun qiymat kiriting (kiritish to`xtatiladi agar u 0 bo`lsa): 3
Butun qiymat kiriting (kiritish to`xtatiladi agar u 0 bo`lsa): 0
Yig`indi = 5


Yüklə 295,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin