Mustaqil Respublikamiz amaliyotda qo’llanayotgan baxt qonunimizda belgilab qonunlarimizdan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har tomonlama kamolga etgan barkamol inson uchun zarur bo’lgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz muhabbat, do’stlik, sabr-toqatlik, mehnatsevarlik milliy g’urur kabi fazilatlarini shakllantirish zarurdir.
Asarlar davomida inson aql-zakovati bunyod etilgan boy ma’naviyat tufayli, - deydi xurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov –halqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo hurriyat va erk sari intildi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og’zaki va yozma ijodiyot, avloddan –avlodga o’tib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi yangi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. Uzluksiz ta’lim tashkil etish rivojlantirish prinsiplari.
Uzluksiz ta’limni isloh qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Xurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek «Har bir insonning ayniqsa endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o’rtacha qo’yilgan maqsadga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, g’ayrat inshoatiga to’la-to’kis fidokorligi va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab etishlari kerak».
Mehnatni sharaflash mehnat aholini qadr-qiymatini uning mashaqqati uchun astoydil kurashish, o’sib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarni shakllantirish zarur bo’lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o’z bilimi, mehnat kasb hunarlari bilan hissa qo’shishlari pedagog-tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Kichik sinf o’quvchilarini qo’l mehnatga o’rgatishning asosiy maqsadi, boshlang’ich mehnat elementlari bosqichlari ya’ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog’ozlarni buklash, qirqish, elimlash, geometrik figuralarni yasash, aplekaciya ishlari).