1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja



Yüklə 225,51 Kb.
səhifə23/33
tarix13.12.2023
ölçüsü225,51 Kb.
#140268
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
1–Ma’ruza. Metallar haqida tushuncha. Rudalar. Reja-fayllar.org

Markalari


MPa


%


Ishlatilishjoylari


Bosim bilan ishlanadiganlari

L90

260

44

Trubalar,chiviqlar

LAJ60-1-1


450

46

Trubalar,chiviqlar


LJMS50-1-1


450

50

Trubalar,chiviqlar,simlar


LS59

400

46

Trubalar,chiviqlar,simlar



Quymalar olinadiganlari

LK8O-3L

250

10

Armaturalar,pribor detallari

LAJMs66-6-3-2


600

7

Vintlar,gaykalar,chervyak vintlari


LKS30-3-3


250

7

Vtulkalar,podshipniklar




Latunlarning markalanishi. GOST 2060-73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi. Masalan, L96 da L harfi latun ekanligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96% mis borligini bildiradi,qolgani esa Zn bo‘ladi.
Maxsus latunlarni markalardagi L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan elementlar nomlarining bosh harfi, so‘ngra raqamlar yoziladi.Masalan, LAJ 6-1-1 markada 60% Cu, 1% Al,1% Fe qolgan, ya'ni 38% irux bo‘ladi.
Bronzalar. Cu bilan Sn ni qotishmasiga bronza deyiladi.
Ma'lumki, qalay qimmatbaho metall bo‘lganligi sababli uni tejash hamda qotishma xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish maqsadida bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to‘la Al, Pb, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi. Masalan, Al kiritish bilan alyuminiyli bronzalar (masalan, BrA6, BrA7), Pb kiritish bilan qo‘rg‘oshinli bronzalar (masalan, Br S30), Sikiritish bilan kremniyli bronzalar (Br KMs3-l)va boshqalar olinadi.
Bronzalarning markalanishi .Bronzalar GOST 613-79 bo‘yicha Br harflar va raqamlar bilan quyidagicha markalanadi.Masalan, Br All J6 Nb,bu yerda Br bronzaligini, A qotishmadaA alyuminiy11%,J temir 6%,N nikel 6% ligini bildiradi, qolgan qismi esa misdan iborat bo‘ladi.
Bronzalar ham texnologik ko‘rsatkichlarga ko‘ra bosim bilan ishlanadigan va quymalar olinadigan bronzalarga ajratiladi. Bosim bilan ishlanadigan bronzalar (Br OSCN 3- 75-l, Br OSS5-5-5 va bosh-qalar)dan listlar, sterjenlar, truba va boshqalar olinadi. Quyma bronzalar (Br AJ 9-4L-Br OF 10-l va boshqalar) dan vint,vtulka,chervyak va boshqa detallar buyumlari quyish yo‘li bilan olinadi.

Alyuminiy qotishmalari

Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan brikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi.Alyuminiy qotishmalarining puxtaligi,texnologik xossalarining yaxshiligi,korroziya bardoshligi, termik ishlovlarga beriluvchanligi kabi o‘ziga xos xusu-siyatlariga ko‘ra ular radiotexnikada, kabel sanoatida,aviasozlikda keng qo‘llaniladi.Alyuminiy qotishmalarining texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ularning bosim bilan ishlovlariga beriladigan qotishmalari yuqori plastiklikka (40% gacha) ega bo‘ladi.Bu qotishmalarga, masalan, AMs,AMg2, Amg 5 markalari kiradi.


Alyuminiyning magniy qotishamlarida magniyning miqdori 6% dan oshmaydi. Bu qotishmalar termik ishlovlar bilan puxtalanmaydi,termik ishlovlar natijasida puxtalanadiganlariga dur alyuminiy hamda aviallarni ko‘rsatish mumkin.
Quyma qotishmalarining GOST 2685-75 bo‘yicha Al,AL2,AL3 va boshqa markalari bo‘lib,ulardan turli shaklli quymalar olinadi. Quymalar olishda keng ko‘lamda foydalaniladigan qotishmasi evtektik qotishma bo‘lib, unga silumin deyiladi.

Yüklə 225,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin