Buxoriy, Imom al-Buxoriy[1]. (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.
Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil Madinaga boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Termiziy Abu Isoning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning: “Bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganlar”, – degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar.[1] Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
3.”Devonu lug’atit turk” da qahramonlarning qo’shiqlari
Ahmad Yugnakiy “Hibot ul–haqoyiq” asarini yaratar ekan, islom dininig kuchsizlanishini oldini olish, musulmonlik yuzani toat-ibodat emasligi, to`g`rilik, halollik, bilimdonlik islomning bosh sharti ekanligini ta`sirli tarzda to`lqin qilish, odob va ilm, diniy hissiyot va tafakkur, saodat va ma`rifat bir biriga butunlay bog’liq ekanligini isbotlashga harakat qilgan. Bunga erishishning birinchi asosi va ma`rifiy zamini Qur`on karim hamda payg`ambar hadislari hisoblanadi.
Nazm va nasrda ma`noni kuchaytirib, ifoda ta`sirini kuchaytirish maqsadida oyat va hadislarni qo`llash iqtibos san`ati deyilgan. Iqtibos ikki xil bo`lgan: 1. Iqtibosi tom. Bunda oyat yoki hadis to`liq keltirilgan. 2. Iqtibosi noqis. Bunda Qur`on oyatlari va hadislardan ma`lum bir kalima yoki ibora olinib, asosiy maqsadga xizmat qildirilgan. Qadimgi turkiy adabiyotda foydalanilgan Qur`on oyatlari va hadislarni hamma vaqt ham aniq ko`rsatish qiyin. Masalan:
Yo`q erdim, yaratting yana yo`q qilib,
Ikinch bor qilursan muqirman munga
Mazmuni: Yo`q edim, yaratding, yana yo`q qilib, qayta vujudga keltirasan, bunga iqrorman.
Qur`oni karimning “Baqara” surasi 28-oyatidagi “O`lik tanangizga jon bergan, keyin o`lim beradigan, so`ngra yana tirilganidan keyin O`ziga qaytajagingiz – Ollohni qanday inkor qilasiz-a” deya zikr etilgan kalimalarning turkiydagi she`riy talqinidir.
Qur`onning “Zumar” surasidagi 9-oyatda “Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo`lurmi?” – degan ilohiy savol bor. Bu gap Ahmad Yugnakiy tomonidan “Biliklik biliksiz qachon teng bo`lur?”- degan tarzda aynan takrorlangan va bilimsizlikning Olloh nazdida katta bir kulfatligiga ishorat qilingan. “Yusuf” surasining etakchi mavzui, - deydi f.f.d. H.Karomatov, - “as sabru jamilun-go`zal sabr” iborasi. Sabr so`zi Qur`onda 70 marotaba uchraydi, hech bir so`z bu qadar ko`p ishlatilmagan. Aynan shu ibora o`zbek xalq maqollariga asos solgan va Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviy ijodidan keng o`rin olgan”.
23-bilet
1. “Qutadg’u bilig” va uning nusxalari
Qutadg'u bilig»ning uch qo'lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri uyg'ur yozuvida ko'chirilgan bo'lib, Venada saqlanadi.Arab yozuvidagi ikki qo'lyozmadan biri Qohirada, ikkinchisiToshkentda saqlanmoqda . Qutadgʻu biligning qoʻlyozmalarini oʻ'rganish, matnini nashrga tayyorlash sohasida Hammer Purgshtall, Jauberg Amedi, Herman Vamberi, R.Arat, V.Radlov, S.Malov, O.Valitova singari sharqshunos olimlar qimmatli ilmiy tadqiqotlar yaratdilar. O'zbekistonda «Qutadg'u biligga oid ilk ishlarni professor A. Fitrat boshlab berdi Olim uning ayrim parchalarini «O'zbek adabiyoti namunalari» (1926) kitobida nashr ettirdi. S.Mutallibov, G'Abdurahmonov, N.Mallayevlar ham A.Fitrat an'anasini davom ettirdilar
2.”Hibat ul haqoyiq” da Quroni Karim oyatlari
"Hibat ul-haqoyiq" - Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan asar. Oʻziga xos axloq kitobi boʻlgan bu asarga Qurʼoni karim va Hadisi sharif maʼnolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.
"Hibat ul-haqoyiq" yozma manbaining to'liq nusxalaridan biri Hirotda, XV asrda qadimgi uyg'ur yozuvi asosida ko'chirilgan, asarning ikkinchi to'liq nusxasi 1480-yilda Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan arab yozuvi bilan ko'chirilgan. Dostonning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi XVI asr boshlariga mansub. "Hibat ul-haqoyiq"ning asosiy nusxalari Turkiya kutubxonalarida, ayrim parchalardan iborat bir nusxasi Berlinda saqlanmoqda. Asar 256 bayt, ya'ni 512 misradan iborat. G'azal va to'rtliklar she'r shaklida yozilgan. Adib Ahmad Yugnakiy ham boshqa o'tgan buyuklar kabi Allohni madh etish bilan boshlaydi.
1972-yilda filologiya fanlari doktori, qadimshunos, turkolog olim Qozoqboy Mahmudov "Hibat ul-haqoyiq"ning akademik nashrini chop ettirdi. Unda olim dostonning asli, nasriy bayoni, tahliliy matn, izohli lug'at hamda grammatik va fonetik tahlilni amalga oshirgan. Shu paytgacha "Hibat ul-haqoyiq" dostoni bugungi o'zbek tiliga she'riy tarjima qilinmagan edi.
3.Qadimgi mif va afsonalari(Mitra, Anaxita, Qayumars, Jamshid)
Kayumars va Jamshid obrazlari.
Kayumars – Gaya Martan. Beruniy Kayumars haqidagi afsonani bayon qilgan. Mifologiyaga koʻra, Gaya Martan (Kayumars) er yuzida paydo boʻlgan birinchi odam boʻlib, goʻyo u Axura Mazda (Xurmuz) tomonidan yaratilgan va ikki vujuddan: hoʻkizdan va odamdan tashkil topgan ekan. Insoniyatning ashaddiy dushmani boʻlgan Axriman Kayumarsni oʻldiradi. Kayumars jasadining hoʻkiz qismidan 55 xil don, 12 xil oʻsimlik, sigir va hoʻkiz, ulardan esa 272 xil foydali hayvonlar paydo boʻladi; odam qismidan insonning erkak va ayol jinsi hamda metall vujudga keladi. Shunday qilib, Kayumars birinchi inson va insoniyat hayotining ibtidosi sifatida tasvirlanadi.
Kayumars yozma adabiyotda ham qayta-qayta ishlandi. Jumladan, u Firdavsiyning «Shohnoma»sida kishilarni zulmatdan, gʻorlarda yashashdan qutqarib, uy-joy va shaharlar bino qilgan qahramon shoh sifatida gavdalantiriladi. Kayumars obrazi tasviriy san’atda ham ma’lum iz qoldirgan. 1932 yilda Tali Barzuda (Samarqand yaqinida) topilgan sopolga ishlangan surat shuni koʻrsatadi. Bu suratda gavdasining pastki qismi hoʻkiz, yuqori qismi odam boʻlgan bir shakl tasvirlangan.Anaxita — zardushtiylik dinida obodonlik va farovonlik maʼbudasi. Qadimgi dehqonlar yogʻingarchilik va hosildorlikni A.ning moʻjizasi deb hisoblashgan. Qadimgi haykaltaroshlar A.ni bir qoʻlida anor yoki olma ushlab turgan ayol shaklida tasvirlaganlar. Arxeologik qazishmalarda A.ning sopoldan yasalgan haykalchalari ham uchrab turadi.
Mitra — qadimda Hindiston, Eronda bosh xudolardan biri. Mitraga yorugʻlik, pokizalik va haqiqat xudosi sifatida eʼtiqod qilingan. Miloddan avvalgi VI asrdan Mitragaga sigʻinish Kichik Osiyo hamda Frot va Dajla daryolari oraligʻida tarqaldi. Keyinroq Mitraga sigʻiniladigan alohida din — mitraizm paydo boʻldi. Bu din ellinlar orasida, milodiy I asrdan boshlab Rimda, II asrdan butun Rim imperiyasida mashhur edi
Ilmi adab - Sharq adabiyotshunosligining asosi. adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, paydo bo’lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funktsiyasi, ijodiy jarayon qonuni-yatlarini o’rganadigan fan. u bir-biri b-n uzviy borliq bo’lgan z bo’limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o’z ichiga oladi. adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qo’shiq, doston singari xalq orzaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshrariyning «Devonu lurotit turk» asaridan joy olgan matallarga, badiiy so’z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o’sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar adabiyotshunoslikning olis tarixidagi ko’rinishidir. adabiyotshunoslik ilmiga oid teran qarashlar forobiining «she’r san’ati...» kitobida mufassal bayon qilingan (10- adabiyotshunoslik). unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so’z qadri xususida fikr yuritiladi. 11 - Adabiyotshunoslikda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jurjoniyning «Asror ul - balora fi- ilmi bayon» («Bayon ilmida balorat sirlari») asarida so’z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urru berilsa, 13-Adabiyotshunoslikda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning «Kitob ul-mo’’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam» («Ajam she’riyati me’yorlari qomusi») kitobida nazariy masalalar — aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning «Qobusnoma»sidan (11-Adabiyotshunoslik) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo’lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o’rin olgan.
2.Beruniy va adabiyot.