Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar “Pedagogika tarixi” fanining maqsadi, vazifalari, ustuvor tamoyillari, mazmuni. “Pedagogika tarixi” o’quv fani sifatida. “Pedagogika tarixi” fani g’oyalarining kishilik jamiyati taraqqiyot bilan o’zaro aloqadorligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Eng qadimgi yodgorliklarda shaxs tarbiyasiga oid fikrlarning ifodalanishi. Qadimgi davrlarda ijtimoiy tarbiyaning shakllanishi. Shaxs tarbiyasiga oid ilk fikrlarning kishilik faoliyati bilan bog’liqligi. Ibtidoiy jamiyatda tashkil etilgan tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.
Xalq ijodiyoti namunalari (afsonalar, qo’shiqlar, “O’gitnoma”lar)da ibtidoiy axloq-odob va ta’lim-tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. Qadimgi davlatlar – So’g’diyona, Baqtriya, Xorazmda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi va pedagogik fikrlarning shakllanishi.
Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi. “Avesto” – eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik. Qadimgi so’g’d, xorazm, uyg’ur va turkiy-run yozuvlarining ta’lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o’rni. O’rxun-Enasoy yodgorliklari va ularning ma’rifiy ahamiyati. Kultegin, Bilga hoqon, Tunyuquq bitiklarida ta’lim-tarbiya masalalarining o’ziga xos yoritilishi. Turkiy xalqlarning dastlabki savod maktablari.
79. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
. Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.