Umumiy lug‘atda tilning umumiste’moldagi barcha so‘zi o‘z ifodasini
topishi mumkin. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbekcha-ruscha
lug‘at”, “Imlo lug‘ati”, “Orfoepik lug‘at” kabi.
Maxsus lug‘atda ma’lum sohaga yoki biror qatlamga aloqador so‘z beriladi:
“Geografiya terminlari lug‘ati”, “Omonimlar lug‘ati”, “Paronimlar lug‘ati” kabilar.
Lingvistik lug‘at leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usuli nuqtayi
nazaridan bir necha turga bo‘linadi:
1) izohli lug‘at – bunday lug‘atda so‘zning ma’nolari, qo‘llanish sohasi va
darajasi, fonetik va grammatik xususiyati ko‘rsatib beriladi. Rus tilidagi
«Толковый словарь живого великорусского языка» (В.И.Дал, СПб., 1863-
1866), «Словар русского языка» (С.И.Ожегов., М., 1990) lug‘atlari ana shunday
lug‘atlardan. O‘zbek leksikografiyasida dastlabgi bir tilli, ikki jilddan iborat
“O‘zbek tilining izohli lug‘at”i 1981 yilda Z.Ma’rufov tahriri ostida nashr etilgan.
2006-2008 yillarda 5 jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yaratildi. Yangi izohli
lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z
va so‘z birikmasini, jumladan, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid
terminlarni, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlarni, ba’zi tarixiy va eskirgan
atamalarni qamrab olgan, ular talab darajasida izohlangan. Shuningdek, keyingi
yillarda kichik yoshdagi bolalar uchun ham maxsus izohli lug‘atlar yaratildi.
N.Mahmudovning “So‘z sandiqchasi” (O‘zbek tilining izohli lug‘atchasi
(boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, 2016) asari ana shu tipdagi izohli lug‘at .; 2)
xorijiy so‘zlar lug‘ati – bunday lug‘atlarda muayyan tilga o‘zlashgan, ammo
o‘zlashmaligi sezilib turgan boshqa til so‘z va terminlari izohlanadi. Rus tilidagi
«Болшой иллюстрированный словарь иностранных слов» (Москва: Астрел,
2004), Белорус тилидаги «Новейший словарь иностранных слов и
выражений» (Минск: Современный литератор, 2003), O‘zbek tilidagi “Ruscha-
internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”ni (O.Usmon., R.Doniyorov. Toshkent: Fan,
1965; 2-nashri Toshkent: O‘zbekiston, 1972) shunday lug‘atlar sirasiga kiritish
mumkin;
3) tarjima lug‘ati. O‘zbek leksikografiyasida bir tilga oid lug‘aviy birliklarni
boshqa tilga o‘girib, izohlab beruvchi bunday lug‘atlar keng tarqalgan. Ularning
o‘zi tarjima qilinayotgan tillarning miqdoriga ko‘ra “ikki tilli” va “ko‘p tilli”
lug‘atlarga ajratiladi.
Tarjima lug‘atlari qanday lug‘aviy birlikni qamrab olishiga ko‘ra ham
turlarga ajratiladi: a) leksik birliklar tarjima lug‘ati; b) frazemalar tarjima lug‘ati; s)
paremalar tarjima lug‘ati (maqol, aforizmlar tarjima lug‘ati) kabi. Shuningdek, ular
hajm jihatdan ham alohida turga ajratiladi: “Katta hajmli lug‘atlar”; “O‘rtacha
hajmli lug‘at”; “Kichik hajmli (cho‘ntak) lug‘at” kabi.
XIX asrgacha arab-o‘zbek, fors-o‘zbek, turk-o‘zbek ikkitilligiga asoslanib
yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima lug‘atlari yaratilgan. Bunga Mahmud
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” (XI asr), Mahmud Zamaxshariyning
“Muqaddimatul adab” (XII asr), “Abushqa” o‘zbekcha-turkcha izohli lug‘ati (XVI
asr, Turkiya), Toli Imoni Hiraviyning “Badoeul lug‘at” o‘zbekcha-forscha lug‘ati
(XVI asr boshi, Hirot), Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxabul lug‘at” forscha-
o‘zbekcha lug‘ati (XVIII asr oxiri, Xiva), Mirzo Mehdiyxonning “Sangloh”
o‘zbekcha-forscha lug‘ati (XVIII asr, Eron), Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati
chig‘atoyi va turki usmoniy” chig‘atoycha-turkcha lug‘ati (XIX asr, Turkiya)ni
misol qilib ko‘rsatish mumkin. XX asrda ular qatoriga rus, ingliz, nemis, frantsuz,
ispan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli lug‘atlar ham qo‘shildi.
Ruscha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-ruscha lug‘atlar sirasida quyidagi lug‘atlar yaratildi:
“Ruscha-o‘zbekcha mukammal lug‘at” (A.Zohiriy, 1927), “Qisqacha o‘zbekcha-
ruscha lug‘at” (K.Yudaxin, 1927), bir jildli “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” (1954),
besh jildli “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” (1950-1955), bir jildli “O‘zbekcha-ruscha
lug‘at” (1959, 1988), ikki jildli “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” (1983-1984), shu
lug‘atning tuzatilgan, to‘ldirilgan nashri (2013). Bundan tashqari, “Nemischa-
o‘zbekcha lug‘at” (1964), “O‘zbekcha-nemischa lug‘at” (1967), “Inglizcha-
o‘zbekcha lug‘at” (1967), “O‘zbekcha-inglizcha lug‘at” (1969), “Arabcha-
o‘zbekcha lug‘at” (1986), “Hindiycha-o‘zbekcha lug‘at” (1987), “Ispancha-
o‘zbekcha lug‘at” (1977), “O‘zbekcha-forscha o‘quv lug‘ati” (1975, 1984),
“Forscha-o‘zbekcha lug‘at” (2006), “Inglizcha-o‘zbekcha, o‘zbekcha-inglizcha
lug‘at” (2006, 2007, 2013) ham yaratildi;
4) tarixiy lug‘at. Bunday lug‘at so‘zlarning qachondan e’tiboran shu tilda
qo‘llana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini
ko‘rsatib beradi. Bunday lug‘atlarga «Древнетюркский словарь» (-Л., 1969),
«Лексика среднеазиацкого тефсира ХII-ХIII веков» (А.К.Боровков, 1963),
Староузбекский язык: Хорезмийские памятники ХVI века» (1966, 1971)
lug‘atlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin;
5) dialektal (sheva) lug‘at – ularda muayyan tilning lahja va shevalariga xos
bo‘lgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi so‘zlardan farq qiladigan
so‘zlar ko‘rsatiladi. Bunday lug‘atlarga F.Abdullaevning “Xorazm shevalari. 1-
qism” (1961), S.Ibrohimovning “Farg‘ona shevalarining kasb-hunar leksikasi” (1-
kitob 1956, 2-3-kitoblar 1959), akademik Sh.Shoabdurahmonov tahriri ostida
nashr etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati” (1972), T.Nafasovning “Qashqadaryo
o‘zbek xalq so‘zlari” (2011), B.To‘ychiboev., Q.Qashqirlilarning “Zominning til
qomusi” (2012) asarlarini misol qilib keltirish mumkin;
6) etimologik lug‘at – bunday lug‘atlar so‘zlarning kelib chiqishini, manba
tildagi ma’nosini, tarkibiy tuzilishini, tovush yoki ma’no jihatdan o‘zgarishini
ko‘rsatib beradi. Y.V.Sevortyanning «Этимологический словарь тюркских
языков. тт.1-4.» (Москва, 1974-1984), М.Фасмернинг «Этимологический
словарь русского языка. тт.1-4» (1964-1973), Sh.Rahmatullaevning “O`zbek
tilining etimologik lug‘ati” (1-kitob: turkiy so‘zlar, 2000; 2-kitob: arab so‘zlari,
2003; 3-kitob: fors-tojikcha birliklar, 2009) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi;
7) qiyosiy lug‘at. Bunday lug‘at bir oilaga mansub tillardagi so‘z boyligini
solishtirib, taqqoslab, ulardagi tafovut qonuniyatlarini o‘rganish maqsadida
tuziladi. Ularning dastlabgisi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”
asari bo‘lsa, L.Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских
наречий. ч. 1-2.» (СПб., 1869), V.Radlovning «Опыт словаря тюркских
наречий. т.т. 1-4.» (СПб., 1888-1911) asarlari ham ana shunday tipdagi lug‘at;
8) imlo lug‘ati. Bunday lug‘at so‘zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan
to‘g‘ri yozilish shaklini qayd etadi. 1929-yildan to hozirgi kungacha kirill va lotin
alifbolariga asoslangan o‘zbek yozuvida o‘zbek tilining turli hajmdagi 20 dan ortiq
imlo lug‘ati yaratilgan. 65 mingdan ortiq so‘z va so‘zshaklni qamrab olgan katta
hajmli “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” 1975-yilda, 85 mingdan ortiq so‘z va
so‘zshaklni qamrab oluvchi eng mukammal “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” 2013-
yilda nashr etilgan. Bundan tashqari, o‘zbek imlosidagi ba’zi qiyin holatlarga oid,
xususan, H va X harflari ishtirok etgan so‘zlar bo‘yicha tuzilgan imlo lug‘atlari
ham mavjud;
9) talaffuz (orfoepik) lug‘ati. Bunday lug‘atda so‘zlarning adabiy talaffuzi
qayd etiladi. M.Sodiqova., O‘.Usmonovalarning “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati”
1977- yilda, E.Begmatovning “O‘zbek adabiy talaffuzi lug‘ati” 1984- yilda
yaratilgan;
10) morfem lug‘atda tildagi so‘zlarning morfem tuzilishi ko‘rsatiladi.
“O‘zbek tilining morfem lug‘ati” 1977-yilda A.G‘ulomov hamuallifligida
yaratilgan;
11) frazeologik lug‘at – bunday lug‘atlarning so‘zligi frazeologik
birliklardan,
barqaror
iboralardan
tashkil
topadi.
Ular
qatoriga
«Фразеологический словарь русского языка» (Москва, 1967), M.Sodiqovaning
“Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘at” (1972)ini, Sh.Rahmatullaevning “O‘zbek
tilining izohli frazeologik lug‘ati” (1978)ni, M.Abdurahimovning “Qisqacha
o‘zbekcha-ruscha
frazeologik
lug‘at”ini
(1980),
E.Umarovning
«Фразеологический словарь «Хазойинул маоний» Alisher Navoi» lug‘atini
(1971), M.Umarxo‘jaev., N.Nazarovlar tomonidan yaratilgan “Nemischa-ruscha-
o‘zbekcha frazeologik lug‘at” (1994) ni kiritish mumkin;
12) chastotali lug‘at – bunday lug‘atlarda so‘zlarning qo‘llanish miqdori va
foizi haqida ma’lumot beriladi. Bunga I.Kissenning «Словарь наиболее
употребительных слов современного узбекского литературного языка»
(1972), S.Rizaevning “O‘zbek bolalar adabiyoti tili leksikasining chastotali
lug‘ati” (1980), S.Rizaev., N.Bo‘ronovlarning “Abdulla Qahhor “Sinchalak”
povesti tili leksikasining chastotali lug‘ati” (1980) ni kiritish mumkin;
13) ters (chappa) lug‘at – bunday lug‘atlarda so‘zlar teskari (so‘ng)
tomonidan o‘qilishi bo‘yicha alifbo tartibida joylashtiriladi. R.Qo‘ng‘urov,
A.Tixonovlarning “O‘zbek tilining chappa lug‘ati” (1968), B.Yusufning “Turk
tilining ters lug‘ati” (2006) ana shu tipdagi lug‘atlardir;
14) mavzuviy (mavzuli) lug‘at – bunday lug‘atlar so‘zligini tarkib
toptiruvchi so‘zlar ro‘yxati ma’lum mavzularga bo‘lib beriladi. A.Tixonov
hammuallifligidagi «Русско-узбекский тематический словарь» (1975)ana shu
tipdagi lug‘at;
15) omonimlar, sinonimlar, antonimlar, paronimlar lug‘atlarining so‘zliklari
shakldosh (omonim), ma’nodosh (sinonim), zid ma’noli (antonim) hamda
talaffuzdosh (paronim) leksik birliklardan tashkil topadi va lug‘atda ularning izohi
beriladi. Ular sirasiga Sh.Rahmatullaevning “O‘zbek tili omonimlarining izohli
lug‘ati” (1984)ni, A.Hojievning “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”
(1974)ni, Sh.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.Shukurovlar tomonidan yaratilgan
“O‘zbek tili antonimlarining izohli lug‘ati” (1980)ni, A.Ma’rufovning “Paronimlar
lug‘ati” (1974)ni kiritish mumkin. Keyingi yillarda yaratilgan R.Rasulov va
I.Umirovlarning “O‘zbek tili tasviriy ifodalarining izohli lug‘ati”ni,
A.Omonturdievning “O‘zbek tilining qisqacha evfemik lug‘ati”ni, N.Mahmudov
va D.Xudoyberganovalarning “O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati”
(2013)ni ham uslubga aloqadorligi jihatiga ko‘ra, shu guruhga kiritish mumkin;
16) antroponimik va toponimik lug‘atlarning so‘zligi atoqli ot yoki joy
nomlaridan tashkil topadi. E.Begmatovning “O‘zbek ismlari” (1991), “O`zbek
ismlari ma’nosi. 14600 ism izohi. (1998, 2006) asarlari, S.Qoraevning “Geografik
nomlar ma’nosini bilasizmi?” (1970), “O‘zbikiston viloyatlari toponimlari” (2005),
Z.Do‘simov, X.Egamovlarning “Joy nomlarining izohli lug‘ati” (1977),
B.O‘rinboyevning “Asrlardek barhayot nomlar (Samarqand viloyati toponimlari
izohli lug‘ati. 2003), T.Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” (2009) asarlari
ana shu tipdagi lug‘atlar;
17) yozuvchi yoki asar tilida qo‘llangan so‘zlarni izohlovchi lug‘atlar tuzish
o‘zbek leksikografiyasi tarixida XVI asrdan Alisher Navoiy asarlari tilini o‘rganish
maqsadida boshlangan (birinchisi “Abushqa”). XVI-XIX asrlar mobaynida turli
hajmdagi 10 ga yaqin lug‘at yaratilgan. Ushbu lug‘atlar olimlarimiz tomonidan
o‘rganilgan va munosib bahosini olgan1. Bugungi kunda ham bu tipdagi lug‘atlar
yaratilmoqda: “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati” (1972), “Alisher Navoiy asarlari
tilining izohli lug‘ati” (1-4jildlar, 1983-1984), “Qur’oni karim” so‘zlarining
arabcha-o‘zbekcha ko‘rsatkichli lug‘ati” (B.Xasanov, 1995), “Alpomish”
dostonining izohli lug‘ati” (T.Mirzaev va b., 2007);
1 Хасанов Б. Жавоҳир хазиналари. – Тошкент, 1989; Умаров Э. Эски
ўзбек луғатлари. – Тошкент, 1992.
18) terminologik lug‘at – bunday lug‘atlarning so‘zligi ma’lum bir fan va
texnika tarmog‘i, ijtimoiy yoki xo‘jalik hayotining biror sohasiga oid so‘z-
terminlardan iborat bo‘ladi. Bunday lug‘atlar so‘zlikning berilishi va izohlanishiga
ko‘ra, entsiklopedik lug‘atlar bilan lingvistik lug‘at belgilariga ega bo‘ladi. Ular
bir, ikki va undan ortiq tilli, izohsiz (ekvivalent lug‘aviy birliklarni yonma-yon
keltirishdan iborat), izohli hamda entsiklopedik xarakterda bo‘lishi mumkin.
Terminlar va ularning izohi qadimgi lug‘atlar – “Devonu lug‘otit turk”,
“Muqaddimatul adab”, “Kelurnoma”, Ishoqxon Ibratning “Lug‘oti sitta al sina”
asarlarida uchrasa-da, ular universal lug‘atlar hisoblanib, maxsus sohani ko‘zlab
tuzilmagan. XX asrdagi dastlabgi terminologik lug‘at – Nazir To‘raqulovning
“Rus-o‘zbek tillarining ijtimoiy-siyosiy atamalari lug‘ati” 1922 yilda nashr etilgan.
Shundan keyingi o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda fan va texnikaning deyarli
barcha soha va bo‘limlari bo‘yicha 300 ga yaqin turli hajm va turli xarakterdagi
terminologik lug‘at nashr etildiki, ular ma’lum darajada soha terminologiyalarini
tartibga solishga xizmat qilib kelmoqda.
Lug‘at turlari bular bilan chegaralanmaydi. Yuqorida, asosan, o‘zbek
lug‘atchiligida mavjud bo‘lgan, amalda foydalanib kelinayotgan lug‘atlar
guruhlashtirildi.
Lug‘atlar boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda yana ichki guruhlarga
(turlarga) ajratilishi mumkin: “to‘liq lug‘atlar”, “qisqacha lug‘atlar”, masalan,
“O‘zbek tili sinonimlarining qisqacha lug‘ati” (– Toshkent, 1962) kabi.
Dostları ilə paylaş: |