2- MAVZU: LUG‘AT TUZISH TAMOYILLARI. LUG‘AT TURLARI
REJA:
1.Lug‘at tuzish tamoyillari.
2. Didaktik tamoyil.
3. Tanlab-saralab olish tamoyili.
4. Lug‘at turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: lug‘at tuzish tamoyillari, didaktik tamoyil,
lingvodidaktik tamoyil, qomusiy lug‘at, filologik lug‘at, tanlab-saralab olish
tamoyili.
Har bir lug‘at amaliy xarakterga ega. Bu leksikografiyaning nazariy
asosini belgilashda muhim. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, ehtiyojini
qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-qoidalari, ularni
tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni maqsadning to‘g‘ri
belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini belgilash, turlarning
o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini belgilash, u yoki bu
shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim bo‘ladi.
Leksikografiya (lug‘at tuzish nazariyasi va amaliyoti) eramizdan oldingi
davrlarda paydo bo‘lgan va boshlanishidanoq, ta’lim-tarbiya sohasi uchun xizmat
qilgan ekan, yaratiladigan har bir lug‘atning asosini: 1) didaktik tamoyil belgilaydi.
Lug‘at tuzishda didaktik tamoyilni chetlab o‘tish mumkin emas. Lug‘atlar tildagi
so‘zlarni o‘qitish-o‘rgatish, boshqa tillarga oid so‘zlar haqida, birliklar haqida
ma’lumotlar berar ekan, demak, 2) lingvodidaktik tamoyil muhim. Lug‘at
tuzishning asosiy tamoyillaridan biri maqsaddan kelib chiqqan holda lug‘at
birliklarini 3) tanlash-saralab olish tamoyili. M.Koshg‘ariy o‘z lug‘ati (“Devon”)
uchun “umumiste’molda bo‘lgan so‘zlarni tanladim” deydi. Shu tamoyilga
aloqador bo‘lgan yana bir tamoyil, bu maqsadga muvofiq tuziladigan, lug‘atdan
kelib chiqadigan 4) ehtiyojni qondirishga muvofiqlikni ta’minlash tamoyili. “X va
H harflari tarkibida bo‘lgan so‘zlar lug‘ati”, “Paronimlar lug‘ati” kabilar.
Leksikografiyadagi eng muhim va universal tamoyillardan biri – 5) lug‘atdan
foydalanishning osonligi-qulayligini ta’minlash. Hamma lug‘atlar tuzilishi,
mundarijasi kabilardan qat’i nazar, ana shu tamoyilga amal qilingan holda tuziladi:
alifbo asosida tuzilganlik, mavzuiy guruhlarga ajratish, ters, morfem, terminologik
va boshqa lug‘atlar shu tamoyil asosida yaratiladi. 6) Berilgan materialning
aniqligi, to‘g‘riligi va to‘liqligini ta’minlash tamoyili (imlo, orfoepik, sinonim,
omonim, antonim, frazema, paremalar lug‘atlari shu tamoyilni ham nazarda tutib
tuziladi. Masalan, imlo lug‘ati so‘zni to‘g‘ri yozishni ta’minlashni nazarda tutib
tuzilgan. 7) til va nutq me’yorlariga amal qilish tamoyili. Umumiy va xususiy
me’yorlarni nazarda tutuvchi lug‘atlar: dialektal, eskirgan so‘zlar, okkazional
birliklar lug‘atlari kabilar. 8) o‘quv lug‘atlarida alohida ahamiyat kasb etuvchi
ta’limiy tamoyil. Bu tamoyil o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, til
bo‘yicha ko‘nikmalarini hosil qilishda ahamiyatli. 9) o‘quv lug‘atida, alohida
ahamiyat beriladigan tarbiyaviy tamoyil muhim. Bunday lug‘atda ma’naviy-
axloqiy, estetik tarbiya kabilar ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi
mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad va
ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, “O‘zbek tilining orfoepik
lug‘ati” o‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini
ta’minlashni nazarda tutilib tuziladi, ya’ni so‘zni oson – qulay talaffuz qilishni
ta’minlash tamoyiliga amal qilish muhim. SHu kabi lingvistik (filologik) yoki
ensiklopedik (qomusiy) lug‘at yaratishning o‘ziga xos umumiy va xususiy tamoyili
bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ichki jihatdan olib belgilasak, lingvistik
lug‘atlarning izohli hamda tarjima turlarida umumiy tamoyillardan tashqari
(foydalanishga qulaylik tamoyili), so‘z ma’nolarini to‘la yoki qisman izohlash kabi
o‘ziga xos xususiy tamoyillar katta ahamiyat kasb etishi ham mumkin.
Lug‘atlarda maqolalarning joylashtirilishi har bir lug‘atda ko‘zda tutilgan
maqsaddan, qaysi tamoyilga asoslanganlikdan, lug‘at turi, xarakteri, hajmi kabi
jihatlarni hisobga olgan holda tartiblashtiriladi. Masalan, omonimlar lug‘atida,
avvalo, tayanch so‘z beriladi: OT 1 – “ism” ma’nosida; OT 2 – “hayvon”
ma’nosida; OT 3 – “ish-harakat” ma’nosida. Yoki sinonimlar lug‘atida betaraf –
dominant so‘z asos sifatida joylashtirilib, uning ma’nodoshlari navbat bilan
joylashtiriladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bosh ma’nodagi so‘z berilib,
uning ko‘chma ma’nolari navbat bilan keltiriladi. Tarjima lug‘atlarida belgilangan
til so‘zlari berilib, o‘zga til birligi keyin joylashtiriladi. Etimologik lug‘atda tahlil
uchun tanlangan so‘z berilib, uning kelib chiqishini belgilovchi, izohlovchi so‘zlar
navbati bilan keltiriladi. Tarkibida “X va H harflari ishtirok etgan so‘zlar
lug‘ati”da avval bosh harflari X yoki H bilan kelgan so‘zlar tanlanib, “X” harfi
qatnashgan so‘zlar oldin, “H” harfi qatnashgan so‘zlar keyin joylashtiriladi.
Demak, lug‘at maqolalarini joylashtirish tartibi maqsad va ehtiyojdan kelib
chiqqan holda belgilangan lug‘at turlarining xarakteriga qarab, shuningdek, lug‘at
materialini o‘zlashtirishning oson bo‘lishini, foydalanishning qiyinligi va
samaradorligi ko‘zda tutib belgilanadi. Yana boshqacha tarzda tartib belgilash ham
mumkin.
Leksikografiya (lug‘atchilik) tarixiga nazar tashlansa, har bir lug‘atning
amaliy xarakterga ega ekanligi kuzatiladi. Bu leksikografiyaning nazariy asosini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini,
ehtiyojini qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-
qoidalari, ularni tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni,
maqsadning to‘g‘ri belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini
belgilash, turlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini
belgilash, u yoki bu shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim
bo‘ladi.
Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi
mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch tamoyil vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad
va ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jumladan, “O‘zbek tilining
orfoepik lug‘ati” o‘zbek tilidagi lug‘aviy birliklarning to‘g‘ri talaffuz qilinishini
ta’minlashni nazarda tutilib tuziladi, ya’ni so‘zni oson – qulay talaffuz qilishni
ta’minlash tamoyiliga amal qilish muhimdir. Xuddi shu kabi lingvistik (filologik)
yoki ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlarni yaratishning o‘ziga xos umumiy va
xususiy tamoyillari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ichki jihatdan olib belgilasak,
lingvistik lug‘atlarning izohli lug‘atlar turlarida hamda tarjima lug‘atlar turlarida
umumiy tamoyillardan tashqari (foydalanishga qulaylik tamoyili), so‘z ma’nolarini
to‘la yoki qisman izohlash kabi o‘ziga xos xususiy tamoyillar mahim ahamiyat
kasb etishi ham mumkin.
Lug‘atlarning
yaratilishi
uzoq
tarixga
borib
taqaladi.
Turkiy
leksikografiyada dastlabgi lug‘atlar XI-XII asrlarda yaratilgan bo‘lsa, Evropada,
xususan, Rossiyada lug‘at tuzish ishlari XVII asrlardan boshlangan.
Lug‘atlar izohlash materiali, xarakteri va tuzilishiga, mohiyat-mazmuniga
ko‘ra, avvalo, ikki turga ajratiladi: ensiklopedik lug‘atlar (qomusiy lug‘atlar) va
filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Ensiklopedik lug‘atlarda til birliklari emas, balki so‘z va birikmalar bilan
ifodalangan narsalar, tarixiy voqealar, tarixiy va alohida mavqega ega bo‘lgan
shakllar, ijtimoiy va tabiiy hodisalar, geografik nomlar (mamlakatlar, shaharlar,
okeanlar, dengizdan va hokazolar) haqida ma’lumot beriladi. Ularda so‘zlarning
ma’nolari, uslubiy va grammatik xususiyatlari izohlanmaydi. Ensiklopedik
lug‘atlarda faqat ot turkumiga mansub birlik – atoqli ot ifodalagan tushunchaga
izoh beriladi. Ya’ni so‘zga hodisa ifodachisi sifatida ta’rif-tavsif beriladi. Ularda
tushunchlar: mamalakatlar, shaharlar, ayrim shaxslar, narsa, hodisa-voqealar
haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bu lug‘atlar sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi
tarixida qomus deb yuritiladi. “O‘zbek sovet ensiklopediyasi”, “Tibbiyot
ensiklopediyasi”, “Diniy ensiklopediya” kabi lug‘atlar shu tipga kiradi.
Lingvistik lug‘atning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan so‘zlar,
frazemalar, paremalar – ya’ni til birliklarining ma’nolarini, turli lisoniy
xususiyatlarini ochib berish.
Har ikki turdagi lug‘atlarning umumiy jihatlari shundaki, ular ma’lum
tartibda (alifbo tartibida) tuzilgan so‘zlikka, materialga ega bo‘ladi. Shuningdek,
har ikki tip lug‘at ham hajm jihatdan katta, o‘rtacha va kichik lug‘at
ko‘rinishlarida, umumiy va xususiy lug‘at shaklida bo‘lishi mumkin. Shunga
qaramay, ular bir-biridan tubdan farq qiladi: lingvistik lug‘atning ob’ekti lug‘aviy
birlik ko‘rinishidagi materilani qamrab olib, so‘z, uning ma’nosi, grammatik,
uslubiy va boshqa xususiyatlari, so‘zdan katta birlik (frazema, parema, grammatik
ko‘rsatkich (grammatik ma’lumot), toponim birliklar kabilar haqida ma’lumot
beradi. Shunga ko‘ra, lingvistik lug‘atning so‘zligi barcha so‘z turkumiga aloqador
birliklardan tashkil topadi.
Har ikki lug‘at tipi turli jihatiga ko‘ra, yana ichki guruhlarga ajratiladi.
Jumladan, lingvistik lug‘at turli maqsadda tuzilganligiga ko‘ra alohida turlarga
ajratiladi.
1) umumiy lug‘at; 2) xususiy (maxsus) lug‘at.
Dostları ilə paylaş: |