2. Alomatlari Quloq nog’ora pardasi yirtilishini tashxislash


Quloq nog’ora pardasi yirtilishini tashxislash



Yüklə 126,42 Kb.
səhifə3/8
tarix26.11.2023
ölçüsü126,42 Kb.
#135577
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshituv nervining nervit kelib chiqish asoratlari sabablari reja-hozir.org

Quloq nog’ora pardasi yirtilishini tashxislash

Ba’zi hollarda parda yaxlitligining buzilganligini vizual tarzda aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus voronka ishlatiladi, quloq suprasi ortga tortilganda ko’rik o’tkazish imkoni paydo bo’ladi.


Batafsilroq tekshiruv otoskopiya usulida o’tkaziladi. Antibiotikoterapiya buyurish kerak bo’lsa, bakteriologik tekshiruv uchun infektsion agentning antibiotiklarning turli guruhlariga sezgirligini tekshirish uchun quloqdan material olinadi. Bu esa, eng samarali dori-darmonlarni tanlash va otitning surunkali shakl olishiga to’sqinlik qilish imkonini beradi.

Quloq pardasi teshilsa nima qilish kerak: Davolash choralari

Bir qator hollarda (statistikaga ko’ra 55%) yorilgan quloq nog’ora pardasi hech qanday aralashuvsiz mustaqil tiklanadi. Bitib ketish tanadagi har qanday jarohatda bo’lgani kabi, tabiiy ravishda sodir bo’ladi. Jiddiy klinik holatlarda jarrohlik davolash kerak bo’lishi mumkin (meringoplastika va timpanoplastika). Jarohat juda katta bo’lsa yoki jiddiy uzoq muddatli yiringlanish jarayoni parda yaxlitligini tabiiy ravishda tiklanishiga xalaqit qilsa, jarrohlik yordami talab qilinadi.


Operatsiya umumiy yoki mahalliy anesteziya ostida o’tkazilishi mumkin. Agar teshikni yopish uchun material kerak bo’lsa, ko’pincha buning uchun quloq suprasi ustidagi teri olinadi. Manipulyatsiya mikroasboblar va o’z-o’zidan so’riladigan choklarni qo’llash orqali mikroskop nazorati ostida amalga oshiriladi.

Postoperatsion reabilitatsiya quloq ichida antibiotik eritmasi bilan namlangan tampon taqishni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, tiklanish davrida qat’iy rioya qilinishi kerak bo’lgan bir qator tavsiyalar mavjud:



Yüklə 126,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin