Aqliy xujum
Nazorat uchun savollar:
1. “Interfaol”, “interfaol ta’lim” va “interfaollik” qanday ma’noni anglatadi?
2. Interfaol ta’lim texnologiyalari o’zida qanday belgilarni ifoda etadi?
3. Interfaol metodlar qanday amaliy ahamiyatga ega?
4. SHaxsan Siz pedagogik faoliyatingizda qanday interfaol metodlardan foydalanasiz?
Mavzu bo’yicha testlar:
1. Talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintez) ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradigan grafik organayzer qanday nomlanadi?
a)”Venn diagrammasi;
b) “Aqliy hujum”;
c) “Nilufar guli”;
d) “Baliq skeleti”.
2. Talabalarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o’z tasavvurlari, g’oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko’nikma, malakalarni hosil qilishga rag’batlantirib, mavzu doirasida imkon qadar ko’p muqobil g’oyalarning yig’ilishini ta’minlovchi strategiya qanday nomlanadi?
a)”Venn diagrammasi;
b) “Aqliy hujum”;
c) “Nilufar guli”;
d) “Baliq skeleti”.
3. Talabalarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini, mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari rivojlantirishga xizmat qiladigan grafik organayzer qanday nomlanadi?
a)”Venn diagrammasi;
b) “Aqliy hujum”;
c) “Nilufar guli”;
d) “Baliq skeleti”.
4. Asos, unga birikkan to’qqizta “gulbarg” (kvadrat, to’rtburchak yoki aylanalar)larni o’z ichiga olib, asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalarning hal etilishini ta’minlovchi texnologiya (interfaol metod) qanday nomlanadi?
a)”Venn diagrammasi;
b) “Aqliy hujum”;
c) “Nilufar guli”;
d) “Baliq skeleti”.
5. Talabalarga muayyan mavzular bo’yicha o’z bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradigan grafik organayzer qanday nomlanadi?
a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);
b) “Blits-so’rov”;
c) “Debat”;
d) “Klaster”.
6. Inglizcha so’zdan olingan bo’lib, berilgan savollarga qisqa, aniq va lo’nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod qanday nomlanadi?
a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);
b) “Blits-so’rov”;
c) “Debat”;
d) “Klaster”.
7. Frantsuzcha so’zidan olingan bo’lib, mashg’ulotlarda biror-bir mavzu yuzasidan talabalar o’rtasida o’zaro bahs uyushtirish, ularning o’zaro fikr almashishlarini ta’minlashga xizmat qiladigan texnologiya (interfaol metod) qanday nomlanadi?
a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);
b) “Blits-so’rov”;
c) “Debat”;
d) “Klaster”.
8. G’uncha, to’plam, bog’lam kabi ma’nolarni anglatib, ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadigan grafik organayzer qanday nomlanadi?
a) “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” (BBB);
b) “Blits-so’rov”;
c) “Debat”;
d) “Klaster”.
8. Uni qo’llashda talabalarning vazifasi mantiqiy jihatdan noto’g’ri ifodalangan ma’lumotlarni to’g’ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to’g’ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat bo’ladigan strategiya qanday nomlanadi?
a) “Mantiqiy chalkash zanjir”;
b) “SWOT-tahlil”;
c) “Sinkveyn” (“Besh qator”);
d) “Skarabey” (“Qo’ng’iz”).
9. Muammoning asosiy to’rt jihatini yoritishga xizmat qilib, unga ko’ra talabalar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o’rganish orqali mohiyatini yoritish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlash, hal qilish imkoniyatlariga ega bo’ladigan strategiya qanday nomlanadi?
a) “Mantiqiy chalkash zanjir”;
b) “SWOT-tahlil”;
c) “Sinkveyn” (“Besh qator”);
d) “Skarabey” (“Qo’ng’iz”).
10. J.Still, K.Meredis, CH.Temil tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, “O’qish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir talaba hamda talabalar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan strategiya qanday nomlanadi?
a) “Mantiqiy chalkash zanjir”;
b) “SWOT-tahlil”;
c) “Sinkveyn” (“Besh qator”);
d) “Skarabey” (“Qo’ng’iz”)
Asosiy adabiyotlar
1. J.G’.Yo’idoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. O'quv qo’llanma T:. “O‘qituvchi”. 2004-yil
2. R.lshmuhamedov, A.Abduqodirov, A.Pardayev.Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Amaliy tavsiyalar. T:.lste’dod, 2008-yil
3. J.G‘.Yo‘ldoshev, S.Hasanov. Pedagogik texnologiyalar. O’quv qo'llanma T:. Iqtisod-moliya, 2009-yil.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |