2-bosqich 1-semestr
16-mavzu: Ajratilgan bo‘lakli gaplar. Tartibini
o‘zgartirish va izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish.
Ona tili
Abdukadirova M.M
Reja:
1.Ajratilgan bo‘laklar va ularning mazmuniy
murakkablashuvi.
2. Izohlash orqali gap bo‘laklarini ajratish haqida
ma’lumot.
3.Tartibni o‘zgartirish orqali gap bo‘laklarini ajratish.
4.Ajratilgan bo‘lakli gaplarda tinish belgilarining
ishlatilishi.
1-topshiriq.
Men, Dilafro‘z Sobirova, 1992-yilda tug‘ildim.
Yuqoridagi gapda Men bilan Dilafruz Sobirova boshqa-
boshqa kishilarmi yoki bir kishining ikki xil nomimi?
Agar bir kishining ikki xil nomi bo‘lsa, nomlar
o‘rtasidagi farqni ayting.
Esda saqlang. Gap tarkibidagi ma’lum bo‘lakning ma’-
nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo‘laklardan
to‘xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi bo‘laklarga
ajratilgan bo‘laklar, shunday bo‘lakli gaplarga esa ajratilgan
bo‘lakli gaplar deyiladi.
Ajratilgan bo‘laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan
murakkablashadi. Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga
ajratilgan bo‘lakdan anglashilgan qo‘shimcha axborot
qo‘shiladi
Masalan,
Тursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov
bo‘lish hazil gap emas. (
O‘.Usmonov) Bu gapda birinchi
axborot Тursunali akaga kuyov bo‘lish hazil gap emasligi
gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot esa Тursunali
akaning katta olimligi ajratilgan bo‘lak orqali
ifodalanadi.Yuqorida bayon qilinganidek, ajratilgan bo‘laklar
ikki xil vazifani bajaradi:
• a) ma’lum bir bo‘lak ma’nosini ta’kidlash, bo‘rttirish;
• b) ma’lum bir bo‘lakning umumiy ma’nosini izohlash,
konkretlashtirish, tushunarsiz ma’nosini tushuntirish.