Ijodkorlik ko’nikmalarini mukammallashtirish.
Reja:
1. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy sistemasi.
2.Ijodkorlik tushunchasining mohiyati
3. O‘quvchilar texnik ijodkorligining pedagogik va psixologik xususiyatlari.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida qaralayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozaralari, o‘zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o‘quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o‘z qarashlari va g‘oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o‘rtoqlari bilan almashinishga o‘rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi.
Talaba-yoshlarda mustaqil-ijodiy fikr yuritish, ma’lum masalalar bo‘yicha muhokama yuritishning qoida va mezonlarini bilish, o‘z fikrini to‘g‘ri, izchil, asosli bayon eta olish, mushohada yuritish, o‘zi bayon etgan fikridan xulosalar chiqara olishni tarkib toptirish mustaqil-ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishini tashkil etadi.
Muammoni hal etishning yo‘nalishining mazmuni quyidagicha:
Ma’lumki, dars ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Biroq, aksariyat o‘qituvchilar o‘zlari rahbarlik qiladigan dars mashg‘ulotining asosiy va yagona maqsadi sifatida ish rejaga ko‘ra qayd etilgan mavzuga doir bilimlarni «o‘quvchilarga berish»ni tushunadilar. Bunda, hamma vaqt ham ta’lim-tarbiya birligi mezoniga amal qilinmaydi va yanayam ko‘pchilik holatlarda darsda o‘quvchilarning mustaqil-ijodiy fikrlashi uchun sharoit yaratilmaydi. SHu sababli dars mashg‘ulotlarida mavzuga oid bilimlarni o‘quvchi mustaqil-ijodiy fikrlashini faollashtirish bilan omuxtalashgan holda amalga oshirish metodlarini tadqiq qilish alohida dolzarblik kasb etadi.
Darsdan va ta’lim muassasasidan tashqari mashg‘ulotlar asosan individual, guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g‘oyaviy asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta’minlaydi. Bunda sust tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u bilimlarni mustaqil va erkin egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tushunishga harakat qiladi, o‘zi o‘zlashtirilgan sifatlarning tengdoshlari orasidagi faol targ‘ibotchisiga aylanadi.
O‘quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo‘naltirilgan to‘garaklarda, turli birlashmalarda, mazmun va shakli jihatidan turlicha bo‘lgan faoliyat turlari ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o‘zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi. Muammoli masalalarni qo‘yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlarning qo‘shimcha bilimlarga ega bo‘lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni rivojlanishiga o‘zlarini fikrlarini isbotli himoya qilish ko‘nikmalari va mahorati shakllanishga yordam beradi.
Muammo echimining taklif etilgan yo‘nalishlar asosida hal etib borilishi o‘quvchi va talaba yoshlar tayyorgarligining davlat ta’lim standarti talablariga javob berish darajasining ortishi, yuksak darajada shakllangan, faol mustaqil-ijodkorlik sifatlariga ega shaxs sifatida yuqori akademik harakatchanlik darajasiga erishishi uchun nazariy-metodologik asoslarning yaratilishiga asos bo‘ladi. SHuningdek, bu boradagi vazifalarni samarali hal etish uchun mustaqil fikrlovchi ijodkor shaxs to‘g‘risidagi tushunchalarni umumlashtirish hamda uning yagona strukturasini ishlab chiqish jarayonini boshqarishning axborot ta’minoti texnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |