Mavzu: OK parametrlarini tadqiq etish. BTda yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini tadqiq etish
Ishning maqsadi: operatsion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash usullarini o‘rganish.
Nazariy qism.
Kirish signali quvvatini kuchaytirish uchun mo`ljallangan qurilmaga kuchaytirgich deb ataladi. Hozirgi kunda integral tuzilishdagi kuchaytirgichlar ko`proq qo`llaniladi.
Umuman olganda elektr kuchaytirgichlar ko`pkaskadli qurilmalar hisoblanadi. Kaskadlarumumiy emitterli, umumiy kollektorli va umumiy bazali sxemalar asosida quriladi.
Umumiy emitterli kaskadlar kuchaytirgcih kaskadlari, umumiy kollektorli kaskadlar kuchlanish takrorlovchilari va umumiy bazali kaskadlar tok takrorlovchilari (povtoriteli) hisoblanadilar.
Ko`p kaskadli kuchaytirgichlar ketma-ket ulangan bir hil kuchaytirgichlar yig`indisidir.
Har qanday kaskad sxemasi manbaa, tranzistor va uni o`zgarmas tok bo`yicha rejimini ta`minlovchi siljish zanjirlaridan iborat.
1-rasmda bipolyar tranzistor asosida qurilgan kuchaytirish kaskadini prinspial sxemasi ko`rsatilgan.
1-rasm. Kuchaytirish kaskadi.
Bu sxemada tranzistorlar manbaaga va rezistorlar orqali ketma-ket ulangan va rezistorlar tashqi muhit o`zgarganda kollektor tokini stabillash uchun ishlatiladi. kondensatori esa ni shuntlash uchun kerak bo`ladi. va kondensatorlar o`zgarmas tok bo`yicha signal manbasi zanjirini va kuchaytirgich chiqishini bilan harakterlanadi.
Operatsion kuchaytirgich barcha kuchaytirgichlar kabi kirish signali quvvatini kuchaytirish uchunishlatiladi. “Operatsion” so`zi kuchaytirgichni turli matematik operatsiyalar bajarish uchun ishlatilishi (qo`shish, ayrsih, ko`paytiriash, logorifmlash va hokazolar) bildiradi.
Integral mikrosxema ko`rinishidagi tuzilgan kuchaytirgich operatsion kuchaytirgich deb ataladi.
Integral operatsion kuchaytirgichlar.Universal hisoblanib, ular matematik operatsiyalarni bajarish bilan birga signallarni generatsiya qiladi, kuchaytiradi va o`zgartiradi.
Ishning maqsadi: Bipolyar tranzistorli sodda elektron kalit sxemasida statik rejimlarni va o‘tish jarayonlarini tajriba yo‘li bilan tadqiq etish.
Impulsli va raqamli (mantiqiy) qurilmalarda elektron kalit asosiy element hisoblanadi. Elektron kalit yuklama zanjiriga ulanib, tashqi boshqaruv signali ta’sirida davriy ravishda ulash va uzishni amalga oshiradi. Bu vaqtda kalitning chiqishidagi signal bir-biridan yetarlicha farqlanadigan ikkita diskret qivmatga ega bo'ladi. Bu xossa uni Bul algebrasi funksiyalarini amalga oshiruvchi asosiy ME sifatida qo‘llash imkonini beradi.
Kalit ikki elementdan tashkil topgan: qayta ulanuvchi (QUE) va yuklama (YuE) elementlar. Kalit (invertor) tuzilishining umumlashgan sxemasi 12.1.a- rasmda keltirilgan.
b)
12.1– rasm. BT da yasalgan kalit sxemasi: a) kalit (invertor) umumlashtirilgan sxemasi; b) BT asosidagi soda elektron kalit sxemasi
To‘yinish rejimidagi qoldiq kuchlanish UEB va UKB lar ayirmasiga teng va doim aktiv rejimdagi qoldiq kuchlanish qiymatidan kichik bo‘ladi. Shu sababli, kalit sifatida tranzistorning aktiv rejimda ishlashi ma’qul emas, chunki unda qo'shimcha PK = IK UKE quvvat sochiladi va sxema FIK pasayadi. Kremniyli tranzistorlar uchun to'yinish rejimida VQOL 0,25 V ga teng, ya’ni nolga yaqin. Ko'rilayotgan kalit invertor ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi, ya’ni kirish signalining manfiy qiymatlardan musbat qiymatlarga ortishi, chiqish kuchlanishi UKEni EMdan qoldiq kuchlanishgacha kamayishiga olib keladi. Umuman aytganda, bu kalit — invertor to'g'ri mantiqdagi musbat signallar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shuning uchun bu yerda UKIR< 0 shart bajarilmaydi. Lekin kremniyli p-n o‘tish musbat kuchlanishda ham, agar UKIR < 0,6 V bo‘lsa, deyarli berk qoladi. Bu vaqtda tranzistorning uchala elektrod toklari odatda mikroamper ulushlaridan ortmaydi.
12.3– rasm. BT da yasalgan elektron kalit uzatish xarakteristikasini o‘lchash prinsipial sxemasi