2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-rasm. Rikardocha ekvivalentlik



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/34
tarix24.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#133826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

2-rasm. Rikardocha ekvivalentlik

Hech kim rikardocha ekvivalentlik bo‘yicha Robert Barro kabi izlanish olib bormagan. U “Journal of Political Economy” (1974, №6, pp. 1095–1117) jurnalida e’lon qilingan “Are Government Bonds Net Wealth?” maqolasida Rikardoning dalillarini aniq va ravshan ifodalab berish bilan birga, keyinchalik bildirilgan juda ko‘p fikrlarni boshqalardan oldin bayon etdi, rikardocha ekvivalentlikka rioya qilinmasligi sabablarini o‘rgandi. Barro rikardocha ekvivalentlikni davlatning byudjet cheklovlari va xususiy iste’molchilarning o‘zini tutishi determinantlari tahlilida mantiqiy bosqichlar tarzida talqin etadi.


Byudjet cheklovlari soliqlar pasayishini hozir qarzlar yordamida moliyalashtirish kelajakda soliqlarning ko‘payishini nazarda tutadi. Aytaylik, davlat soliqlarni 1000 so‘mga kamaytirdi va xarajatlarni o‘zgartirmaslik uchun yillik 10 foiz bilan bir yilga 1000 so‘m qarz pul oldi. Keyingi yilda kreditorlarga 1100 so‘m qaytarish uchun davlat keyingi yili 1100 so‘mlik soliq yig‘ishi kerak. Soliqlarning pasayishidan olingan tejam (iste’molchilarning qo‘shimcha daromadi)ning joriy qiymati 1000 so‘mga teng va keyingi yildagi soliqlarning joriy qiymati (iste’molchilar ko‘radigan qo‘shimcha zarar) 1000 so‘mga teng [1100 so‘m/(1+0,1)]. Bu ikkala joriy qiymatni qo‘shsak, nol (0) natija olamiz. Soliqlar pasaytirilmagan holda ham nol olinadi. Qarzlar bilan moliyalashtirilgan defitsit soliqlarning vaqt bo‘yicha taqsimotini o‘zgartirdi (bu yil kamroq, keyingi yili ko‘proq), ammo soliqlarning joriy qiymati o‘zgarmadi.
So‘ngra Barro xususiy iste’molchilarning xatti-harakatlari, o‘zini tutishini belgilaydigan omillarni tahlil qildi. Iste’molchilar kuni etganda o‘ladigan oddiy bandalar, qarzi bo‘lgan davlat esa boqiy yashaydi. Resurslar qarzga xizmat ko‘rsatish uchun talab etiladigan soliqlarni to‘lashga majbur bo‘ladigan avlodga nasib etishi uchun vaqtda qay tahlitda taqsimlanishi lozimligini izohlash kerak edi. Rikardocha ekvivalentlikni tahlil qilish jarayonida avlodlararo altruizm (o‘zgalarga g‘amxo‘rlik) – kelajak avlodlarning soliq majburiyatlarini va ularni bajarish uchun resurslarni vaqt (zamon) bo‘yicha bog‘laydigan mexanizm “ixtiro” qilindi. Resurslar – bu ajdodlar avlodlarga merosga qoldiradigan mol-mulk (pul, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va b.). Avlodlararo transfertlar yashab turgan avlodni kelajak avlodlar bilan bog‘laydigan “operativ zanjir”ni hosil qiladi va o‘lim haq bo‘lgan iste’molchilarni yagona o‘lmas oila a’zolariga aylantiradi.
Barro fikriga ko‘ra, uzoqni ko‘radigan ziyrak fuqarolar o‘z iste’molini butun umri uchun rejalashtiribgina qolmay, balki bu ishni tugal shakllanib bo‘lgan avlodlararo altruistlar kabi bajaradilar. Ular o‘z farovonligi haqida ham, avlodlar farovonligi haqida ham babbaravar qayg‘uradilar, ular o‘z resurslarini soliqlar to‘langanidan keyin ham va avlodlar resurslarini ham soliqlar to‘langanidan keyin to‘liq hisobga oladilar. Unda “otalar”dan “bolalar” hisobiga kengaytirilgan iste’molni kutish notabiiydir. Hammasini muayyan yoshini yashab dunyodan o‘tadigan yakka iste’molchi emas, balki cheksiz yashaydigan oila hal qiladi.
Oilaning yashab turgan a’zosi o‘z daromadi bilan bir qatorda oilaning kelajakdagi a’zolari daromadlarini ham hisobga olgan holda qancha iste’mol etishni chamalaydi. Shu yo‘l bilan rikardocha ekvivalentlik saqlanib turadi: soliqlar pasayishini qarzlar bilan moliyalashtirish alohida iste’molchining daromadini uning umri mobaynida oshirishi mumkin, lekin bunda oilaning doimiy daromadi o‘zgarmay qoladi. Soliqlar pasayishidan daromadga qo‘shimchani “eb qo‘yish” o‘rniga oila a’zosi uni jamg‘aradi va avlodlarga meros ko‘rinishida beradi, avlodlar hozir yuzaga keladigan qarzga xizmat ko‘rsatishi uchun talab etiladigan kelajak solig‘ini shu merosdan to‘laydilar.
Barro o‘z tadqiqotlarida quyidagi natijalarga keldi. Davlat o‘z xarajatlarini soliqlar va/yoki davlat qimmatli qog‘ozlari bilan moliyalashtirishi mumkin. Xarajatlar o‘zgarmas bo‘lganda bugun soliqlarni pasaytirish kelajakda soliqlarning o‘sishini bildiradi. Rikardochilar sulolasi o‘zlarining kelajak a’zolariga davlat qimmatlik qog‘ozlari egalarining da’volarini qondirish uchun zarur bo‘lgan soliqlarni to‘lashdan ko‘riladigan zararni to‘liq qoplab beradilar. Soliqlar va qarzlar o‘rtasidagi tanlov sulolaning sof qiymatiga ta’sir ko‘rsatmagani sababli xususiy iste’mol davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasiga bee’tibor qaraydi. Demak, xususiy jamg‘arish davlat jamg‘armalarining qisqarishini to‘liq qoplagan holda ko‘payib boradi va ichki investitsiyalar o‘zgarmaydi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin