2-mavzu: didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə1/6
tarix12.10.2022
ölçüsü51,59 Kb.
#118255
  1   2   3   4   5   6
2-MAVZU


2-MAVZU: DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O’QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Reja:

  1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.

  2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari.

  3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari.

  4. O’qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

  5. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.

  6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’ lim paradigmalari, ta’ lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Insoniyatning butun faoliyati davomida o’qitish har doim ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
Uzoq vaqt davomida ko’plab olimlarning ilm olamidagi faoliyati natijasida maktablar tashkil etildi, asarlar yaratildi va o’zlaridan o’chmas iz qoldirdilar, biroq ta’limni nazariy tahlil qilish va o’rganish orqali ta’lim qonuniyatlari ishlab chiqilmadi, XVII asrda esa bunga aloxida e’tibor qaratilgan holda tarixda birinchi marotaba ta’limning asoslangan tizimiga asos solindi uning nomini DIDAKTIKA deb atashdi.
Pedagogikaning eng asosiy tarmoqlaridan biri bu Didaktika bo’lib Didaktika «grekcha» so’zdan olingan bo’lib, «didaktos» - o’rgatish, «didasko» o’rganish ma’nosini bildiradi. Didaktika pedagogika nazariyasining mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi.
Didaktika - ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi hisoblanadi.
“Didaktika” atamasini 1571-1635 yy yashab ijod etgan nemis pedagogi Volfgang Ratke tomonidan ilk bor 1613 yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llagan. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi.

Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor 1592-1670 yy yashab ijod etgan chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657-yilda chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «Hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.



Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Pedagog olimlar yillar davomida ta’lim tizimida Nega o’qitamiz? Nimani o’qitamiz? Qanday o’qitamiz? Qaerda o’qitamiz? kabi savollarga javob izladilar. Bu savolga javobni Komenskiy tomonidan Buyuk Didaktika asarida yoritib berdi.
Didaktikaning ob’ekti - o’sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo’naltirilgan ta‘lim berish jarayoni hisoblanadi.
Didaktikaning predmeti sifatida o’rgatish (o’qituvchi faoliyati) va o’rganish (o’quvchilarning bilish faoliyati), ularning o’zaro harakati aks etadi.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin