2-mavzu: Metodika fanlarini o`qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Reja:
1.Pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ilmiy asoslari
Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
2. O'qitish jarayonida qo`llaniladigan texnologiya turlari.Keys-stadi metodi.
3.Turli texnologiyalarni o`quv jarayoniga tatbiq qilish ( 2 soat)
Tayanch iboralar: Avtoritar o'qitish texnologiyasi, shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyasi, insonparvarlik, hamkorlik, erkin tarbiyalash, muammoli o'qitish texnologiyasi, tabaqalashtirilgan o'qitish, individual o'qitish texnologiyasi, kompyuterli o'qitish texnologiyasi, keys-stadi, keys-stadi tuzish texnologiyasi, modulli o'qitish texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya nima? Texnologiya so‘zi o‘zi nimani anglatadi? Bu so‘z fanga qachon kirib keldi? Yangi pedagog texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan shakl, usul va vositalar tizimidir. Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq xolda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha 2 so‘zdan “Texnos” – San’at, hunar va “Logos” – fan so‘zlaridan tashkil topib “Hunar fani” ma’nosini anglatadi. Shu ma’noda texnologiyani ma’lum ma’noda san’atga qiyos qilinadi. Chunki san’at intuitsiyaga asoslanadi, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko‘p faoliyat sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi.
Texnologiya - shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini o‘zida jo qilgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik faoliyatdir. Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, nazariyachi- olimlar va o‘qituvchilarni yangicha tafakkurlashga, erkin ijod qilishga undaydi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko‘lamli, serqirra tushuncha bo‘lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda barcha fanlarda o‘z o‘rniga ega.
Ta’lim - tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so‘nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o‘quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo‘lib, ularga o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida har turli ta’sirlar o‘tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o‘rtasigacha «ta’limda texnologiya» deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AQShda qo‘llana boshlagan. Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi.
Oradan vaqt o‘tishi davomida shu ifodalarni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy- ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o‘rtasidan 60-yillargacha «ta’lim texnologiyasi» ifodasi qo‘llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda «pedagogik texnologiya» ifodasi qo‘llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini bildirgan.
1979 yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: «Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks, integrativ jarayondan iborat..».
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta’limdagi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o‘quv jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning ta’riflari
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo‘lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharhlarini ko‘rib chiqamiz:
Texnologiya- biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi.
Texnologiya-ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V. M. Shepel).
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy - uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachev).
Pedagogik texnologiya o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I. P. Volkov).
Ta’lim texnologiyasi-didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M. Choshanov).
Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V. M. Monaxov).
Pedagogik tyoxnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yara-tish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, instrumentli va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
Pedagogik texnologiya bu-so‘zsiz rioya qilish eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Y. Pityukov).
Pedagogik texnologiya — bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (Sakomoto).
Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U. Nishonaliyev).
Pedagogik texnologiya — bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma -ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir (N.Saydahmedov).
Pedagogik texnologiya — bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatla-rini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.Ziyomuhamedov).
Pedagogik texnologiya bu — obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texno-logiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo‘lamiz (V.K. D’yachenko).
Pedagogik texnologiya — bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy rngning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L. Farberman).
Pedagogik texnologiyai turli mualliflar (manbalar) ning barcha ta’riflari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K.Selevko).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o‘zaro har xilligidan ko‘rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan yondashish mumkin.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan iborat.
Ma’lumki, ta’lim – tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Insoniyat hayoti axborotlar bilan chambarchas bog‘liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot olish yoki uzatish yoki undan foydalanish yoki uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy vositalar yig‘indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy -usubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya - bu o‘z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi, butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o‘zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya - ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o‘zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim - tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi.
Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, hulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Bu faoliyat boshqa hamma faoliyatlarga xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lib, avvalo jarayon ko‘rinishida amalga oshiriladi va shu ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga bu jarayon o‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lib, bu qonuniyatlarni insoniyat tomonidan o‘rganish davom etmoqda.
Pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko‘rinishida pedagogik texnologiya o‘zini to‘liq namoyon qiladi. Pedagogik texnologiyaning harakatga kelishi va undan ko‘zda tutilgan natijaga erishish faqat pedagogik faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Chunki pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat bir-biridan ajratish qiyin tushun-chalar hisoblanadi va ularning biri ikkinchisisiz o‘z ma’nosini va ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘quv fanlarining soni ko‘pligini hisobga olganda, pedagogik faoliyatning ko‘p qismi xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyasi uchun sarflanadi. Shuning uchun xususiy fanlar darajasidagi pedagogik texnologiyalar ko‘proq tarqalgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya, eng avvalo, pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi, deb hisoblash mumkin.
Pedagogik texnologiya barcha o‘quv fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hamda o‘zining muntazam rivojlanib borishini kadrlar tayyorlash orqali ta’minlab turadi.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytilgan ko‘rinishlarining asosiy belgilarini aniqlash va umumlashtirgan holda qisqa shaklda ifodalash orqali uning asosiy ta’rifini va boshqa belgilarini aniqlash mumkin.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari
Pedagogik texnologiyaning yo‘nalishlari ko‘p bo‘lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:
Hozirgi an’anaviy ta’lim. XVII asrda Y.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanayotgan sinf - dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadldrida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda.
Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: Hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar.
O‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o‘yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar.
O‘quv materialini didaktik jixatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o‘rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi, bilimlarga tizimli nuqtai nazardan yondashish, o‘quvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini o‘rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi.
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim - texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga o‘quvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o‘quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.
Shuningdek, hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo‘nalishlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik texnologiyalardan iborat. Bu yo‘nalishlarning asosiy xususiyatlari quyida-gicha:
Empirik — (tajriba) sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkonyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv — (bilishga oid) atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar doirasini kengaytirish texnologiyasi. U taba-qalash (tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish) tafakkurini shakllantiradi, bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik — (haqiqatni topish) yo‘naltiruvchi savollar berish yo‘li bilan ta’lim berish tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o‘quv-izlanish ta’lim metodi. Optimallashgan (ko‘p variantlardan eng ma’qulini, mosini, muvofig‘ini tanlash) tafakkurni rivojlantiradi.
Kreativ — (ijodiy) tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inverisoi — (almashtirish) axborotlarni turli tomondan o‘rganish, o‘rnini almashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ — (yaxlitlash) axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko‘p kichik qismlarning o‘zaro ajralmas bog‘liqligi ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to‘g‘ri xulosani aniqlash.
Adaptiv — (moslashtirish) axborotlarni o‘rganish va ulardan foydalanish jarayonini o‘rganish hamda o‘rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan natijaga erishish.
Inklyuziv — (tenglik) o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni sog‘lom o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qishini tashkil qilish pedagogik texnologiyasi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy yo‘nalishlari hozirgi an’anaviy ta’limni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Turli fan o‘qituvchilari tomonidan har bir o‘quv fanining asosiy xususiyati, mazmunining tarkibi, amaliy, nazariy qismlarining nisbatiga muvofiq ravishda eng qulay pedagogik texnologiyalarning empirik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, adaptiv, inklyuziv va boshqa yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash jiddiy ahamiyatga ega.
Hozirda pedagogik texnologiyaning yuqorida aytilgan-lardan tashqari tegishli mutaxassislar tomonidan tajriba - sinovlar olib borilayotgan boshqa yo‘nalishlari ham mavjud.
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi farq
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi asosiy farqlar o‘ziga xos mezonlar, modullar va algoritmlarga ega bo‘lib, ular quyidagilar:
Pedagogik texnologiyaning mezonlari
Ta’lim shakllari, usullari, uslubiy tizimlari xususiy metodikalar ko‘rinishida hosil bo‘lgan bo‘lib, ular tako-millashib borishi jarayonida texnologiyaga o‘sib o‘tadi.
Texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko‘zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o‘qitish usullari va yo‘llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo‘lgan majmuasidan iborat.. Metodika o‘qi-tuvchining bilim, ko‘nikmalari, mahorati, shaxsiy sifat-lari, temperamentiga bog‘liq. Buni dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi bilan V.F. Shatalovning tayanch signallar konspektlari vositasidagi jadal (intensiv) o‘qitish metodikasi orasidagi farqni solishtirishda ko‘rish mumkin.
Shu asosda texnologiyalarning asosiy mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Ma’lum ilmiy asosga, konsepsiyaga tayanish.
Tizimlilik, o‘quv-tarbiya jarayoni va uning qism-larining o‘zaro mantiqiy bog‘liqligi.
Samaradorligi, ta’lim standartlariga erishishni kafolatlashi, sarflash talab qilinadigan vaqt, kuch va vositalarning meyor darajasida ekanligi.
Boshqalar tomonidan qayta amalga oshirish mumkinligi.
Ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam 60-yillarda yaratilgan programmalashtirilgan ta’lim bo‘lgan edi. Bunda o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirguncha bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar aniq ketma-ketlikda batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi.
Bu dastur ta’lim maqsadida ko‘zda tutilgan sifatdagi bilim va ko‘nikmalarni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishini kafolatlashi lozim. O‘zlashtirish jarayonining borishi haqida o‘qituvchi bilan birga o‘quvchining o‘ziga ham axborot yetib turadi. O‘quvchi mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy maqsadga yetib bora oladi.
Bunday texnouyugiya o‘quv jarayonini to‘liq nezorat qilish imkoniyatini hosil qiladi. Bunda mantiqiy bog‘-langan qisqa vazifalar ketma-ketligi ta’lim jarayonining algoritmini hosil qiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi faoliya-tining shunday algoritm asosida tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Ta’lim jarayonining shunday tartibda tashkil qilinishini hozirda to‘liq ma’noda pedagogik texnologiya deb atash mumkin.
Pedagogik texnologiya ta’lim oluvchilar va tarbiya-lanuvchilarga pedagoglar tomonidan kasbiy pedagogik maqsadlarni amalga oshiruvchi ta’sir ko‘rsatilishini tashkil qilish tizimini belgilaydi.
Pedagogik texnologiya pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida tashkil qilish hamda uning texnologik-ligini nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Pedagogik texnologiya tizimi pedagogik maqsadlarning aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Texnologik tizimning asosiy belgisi kutilgan nati-jaga erishishni kafolatlash bilan ajraladi. Buning uChun asosiy maqsadga erishishning har bir bosqichida bajari-lishi lozim vazifalar, buning uchun talab qilinadigan vositalar hamda metodlar aniq modullar yoki algoritmlar xosil qiladi.
Notexnologik tizim (xususiy metodikalar)da esa ku-tilgan natijaga erishish kafolatlanmaydi.
Pedagogik texnologiya ratsional asosdagi ilmiy mezon-larga asoslangani holda uning yanada rivojlanishida intuitiv (empirik) bilimlar ham ahamiyatga ega. Shu ma’noda texnologiyani ma’lum ma’noda san’atga qiyos qili-nadi. Chunki san’at intuitsiyaga asoslangan, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko‘p faoliyat sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi. So‘ngra hammasi boshidan boshlanadi. Pedagogik texnologiyaning rivojlanish jarayonlarida ham ushbu holatlarni kuzatish mumkin. Fanga muvofiq qurilgan pedagogik ama-liyot pedagogik texnologiyadir.
O‘quvchilar va ta’lim beruvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin.
Pedagogik texnologiya (yoki ta’lim texnologiyasi) bor-yo‘g‘i va eng asosan ta’lim oluvchi yoki tarbiyalanuvchining ta’lim-tarbiya jarayonida qanday faoliyatni va qanday darajada amalga oshirishidan iborat.
O‘quvchining o‘rganilayotgan materialni (mazmunni) si-fatli o‘zlashtirishini ta’minlovchi izchil amaliy faoliyati ta’lim texnologiyasi bo‘lishi mumkin.
Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi ayrim farqlar
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo‘lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Metodika — biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. U alohida metodikalarga ajraladi. Pedagogika fani ma’lum o‘quv fanlarini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodi-kasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Ta’lim – tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan
Pedagogik texnologiya turlari
Hozirda pedagogik texnologiyalarnining turlari ko‘p bo‘lib, ular bir-biridan, yuqorida aytilgandek ayrim aolhida yo‘nalish va maqsadlarga asosiy e’tibor qaratilgani bilan farqlanadi.
Pedagogik texnologiya jarayonlarini o‘rganishning soddalashtirilgan tarkibini quyidagicha tushunish mumkin:
Tushuntirish - axborotning ma’no-mazmuni, undan foydalanish tartibini turli vosita va usullarni qo‘llab, tushuntiruvchining o‘zi tushungan darajada boshqalarga yetkazish faoliyatidan iborat jarayon.
Tushunish - axborotning ma’no mazmunini idrok qilish, undan ko‘rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish.
O‘rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini o‘rgatuchini o‘zi o‘rgangan darajada boshqalarning takrorlay olishini turli vosita va usullarni qo‘llab amalga oshirish faoliyatidan iborat jarayon.
O‘rganish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko‘rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko‘nikmalarini egallash.
O‘zlashtirish tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no mazmuni undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar xosil qilish.
O‘zlashtirish shartli ravishda quyidagi 3 ta darajaga ajratiladi:
O‘rgatilgan bilim ko‘nikmalarni to‘g‘ri takrorlash;
Ularni amali faoiyatda qo‘llash, ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoiyatiga ega bo‘lish;
Ularni ijodiy taxlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xullosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lish.
Shu bilan birga, pedagogik texnologiyalarning shammasida sham bir dek qo‘llaniladigan va ta’lim - tarbiya jarayoning tarixiy tarkib topishida va rivojlanib borishida xal qiluvch ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy tarkibiy elementlar so‘zlash, ko‘rsatish va mashqlar bajarishda iborat bo‘lib ular o‘zaro quydagicha ketma - ketlikda amal qiladi.
Pedagogik texnologiya ko‘rinishlari
Pedagogik faoliyatda “Texnologiya” atamasining qo‘llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko‘tarilmoqda.
Pedagogik texnologiya hozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining mahsuli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo‘lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo‘lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Shu nuqtai nazarlardan pedagogik texnologiyani avvalo hozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida hosil bo‘lgan yangi yo‘nalish deb hisoblagan holda, uning o‘ziga xos bo‘lgan tamoyillari, qoidalarini chuqur o‘rganib borish va pirovardida qonuniyatlarini aniqlash yo‘lidagi muammolarni yechish lozimligi ko‘rinib turibdi.
Pedagogik texnologiya avvalo ta’lim-tarbiyani yanada rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi insonlar (pedagoglar, ota - onalar, jamoatchilik) faoliyatidan iborat ijtimoiy hodisa hisoblanishi lozim.
Har qanday ijtimoiy hodisalar kabi pedagogik texnologiyani ham ilmiy jihatdan o‘rganuvi fan sohasi mavjud bo‘lib, uni pedagogik texnologiya fani deb nomlanadi. Shu pedagogik texnologiya fani o‘z navbatida zamonaviy ta’lim - tarbiyaning eng maqsadga muvofiq yo‘llari va usullarini tadqiq qiluvchi nazariy fan hamda o‘quv fani turlariga ajraladi.
Shu bilan birga pedagogik texnologiya amaliy faoliyat yo‘nalishi sifatida o‘quv – tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan tamoyillar, algoritmlar va boshqaruv tizimi hamda bevosita ta’lim – tarbiya jarayonini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik texnologiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o‘zaro bog‘liq ravishda shakllanib va rivojlanib borishi natijasida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bular pedagogik texnologiyaning quyidagi ko‘rinishlaridan iborat: ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy – tadqiqot sohasi.
Pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida ta’lim – tarbiya masalalari bilan bog‘liq motivlar: ehtiyoj, talab, manfaat, qiziqish, maqsadlardan kelib chiqadi va ularni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga xuddi shunday motivlar har bir shaxsda, oilada ham mavjud. Jamiyat har bir a’zosining ta’lim - tarbiya darajasi ortib borishi shu jamiyat va davlatning rivojlanishidagi eng asosiy shartlardan hisoblanadi.
Bu shartning bajarilishi esa o‘z navbatida, pedagogik texnologiyaning qanchalik yuqori darajada ekanligiga bog‘liq. Bundan esa pedagogik texnologiya shaxs, oila, jamiyat, davlat hayoti uchun katta ahamiyatga ega ijtimoiy hodisa ekanligi ko‘rinadi.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida pedagogika fanining alohida yo‘nalishini tashkil qiladi. O‘z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega. O‘z muammolarini hal qilishda boshqa ko‘p fanlar bilan bog‘liqliklarga ega.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida ta’lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish berish darajasini oshirish muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.
O‘quv fani ko‘rinishida pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida turli ta’lim muassasalarida belgilangan o‘quv dasturi asosida o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim – tarbiya tizimi ko‘rinishida pedagogik texnologiya belgilangan ta’lim - tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi moddiy ta’minot va ma’naviy qadriyatlardan iborat. Bunga o‘quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa ijtimoiy tizimlar kabi tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar mehnati orqali faoliyat olib boradi.
Hozirda bu tizim uzluksiz ta’lim bosqichlaridan tashkil topgan. Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida pedagogik texnologiyalar joriy qilinishi bilan bu tizimning to‘liq shakllanishi amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyani ta’lim - tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarining faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonnyng pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:
ta’lim-tarbiya berish;
axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;
mustaqil fikrlashga o‘rgatish;
— bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish;
turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;
diagnostika, monitoring olib borish;
insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
— o‘quvchining tayyorgarlik darajasini, psixologik,
fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigiyenik talablarni hi-
sobga olish;
— ta’lim menejmenti, marketingi talablari va xulo-
salarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.
Pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko‘rinishida pedagogik texnologiya o‘zini to‘liq namoyon qiladi. Pedagogik texnologiyaning harakatga kelishi va undan ko‘zda tutilgan natijaga erishish faqat pedagogik faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Chunki pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat bir - biridan ajratish qiyin tushunchalar hisoblanadi va ularning biri ikkinchisisiz o‘z ma’nosini va ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘quv fanlarining soni ko‘pligini hisobga olganda, pedagogik faoliyatning ko‘p qismi xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyasi uchun sarflanadi. Shuning uchun xususiy fanlar darajasidagi pedagogik texnologiyalar ko‘proq tarqalgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya, eng avvalo, pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko‘ri-nishida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi, deb hisoblash mumkin.
Aloqador fanlarning ilmiy tadqiqot sohasi sifatida pedagogik texnologiyalarning turli fanlar bilan bog‘liqliklari yaqqol ko‘rinadi. Pedagogik texnologiya keng ko‘lamli ijtimoiy hodisa bo‘lib, u ko‘p fanlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Bunda har bir fan o‘z maqsad va vazifalariga muvofiq yo‘nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o‘rganishi natijasida uni takomillashtirib borish yo‘l-yo‘riqlari belgilab boriladi.
Pedagogik texnologiya barcha o‘quv fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hamda o‘zining muntazam rivojlanib borishini kadrlar tayyorlash orqali ta’minlab turadi.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytilgan ko‘rinishlarining asosiy belgilarini aniqlash va umumlashtirgan holda qisqa shaklda ifodalash orqali uning asosiy ta’rifini va boshqa belgilarini aniqlash mumkin.
Shunday qilib, hozirda pedagogik texnologiyani ijtimoiy xodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, ta’lim - tarbiya jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy - tadqiqot sohasi ko‘rinishlarida mavjud deb hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya darajalari. Yuqorida aytilganlar asosida pedagogik texnologiyalarni umumpedagogik, xususiy (o‘quv fanlari) va kichik texnologiyalardan iborat uchta darajaga ajratiladi.
Umumpedagogik texnologiya turli darajadagi tizimlarni ifodalaydi. U ayrim hududdagi, tumandagi, ta’lim muassasasidagi yoki ta’limning ayrim pog‘onasidagi barcha ta’lim - tarbiya jarayoniga tegishli bo‘ladi. Umumpedagogik texnologiya o‘z hududi yoki ta’lim muassasasidagi ta’lim - tarbiyaviy maqsadlar, mazmun, vositalar, boshqaruv shakli va usullari, o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari faoliyatining algoritmlarini belgilaydi.
Xususiy texnologiya ta’lim - tarbiya mazmunining ayrim yo‘nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuasini o‘z ichiga oluvchi pedagogik tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o‘qitish texnolgiyalari, rahbarning, o‘qituvchining, tarbiyachining va o‘quvchining ishlash texnologiyalari kiradi.
Kichik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining alohida qismlarini o‘z ichiga oladi. U ayrim didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi! Bularga darslar texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va mustaqil ishlash texnologiyalari, ayrim faoliyat turlari va alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash texnologiyalari, o‘quv materiallarini takrorlash, o‘zlashtirishni va tarbiyalanganlikni nazorat qilish texnologiyalari hamda ayrim tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish texnologiyalari kiradi.
Pedagogik texnologiya tasnifi. Maktablar ishining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonining ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llanadigan metodlari va vositalari bo‘yicha yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif qilish mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
falsafiy asosi bo‘yicha;
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
mazmuni xususiyatlari bo‘yicha;
boshqaruv turi bo‘yicha;
bolaga yondashuv bo‘yicha;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Shu yuqorida aytilgan tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini quyidagicha tasniflash mumkin:
— qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
falsafiy asosi bo‘yicha: majburlash pedagogikasi (umumiy majburiy ta’lim);
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha: sotsiogen, ya’ni asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgan; shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha: assotsiativ reflektor bo‘lib, suggestiya (namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsatish)ga tayangan holda;
shaxsiy belgi;
sifatlarga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
mazmuni xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
boshqaruv turi bo‘yicha: an’anaviy-mumtoz (klassik) bo‘lib, unga ta’limning texnika vositalari qo‘shilgan;
—bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha: tushuntirish-illyustratsiyalash;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha: ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogsk texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim, programmalashtirilgan ta’lim, guruhli texnologiyalar va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi, ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.
Masalan, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, rolli o‘yin kabi interfaol mashg‘ulotlar tarkibida hamkorlik, bola shaxsiga yo‘naltirilgan, muammoli, didaktik o‘yin kabi pedagogik texnologiyalar elementlari albatta mavjud. Xuddi shunday tahlilni deyarlik har bir pedagogik texnologiya shakllari va usullariga nisbatan ham o‘tkazish hamda sof holda ajratib olish mumkin bo‘lgan alohida pedagogik texnologiya aslida amalda yo‘qligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Pedagogik texnologiyalarda ko‘llaniladigan modullar va algoritmlar
Har bir pedagogik texnologiya o‘ziga xos pedagogik tizimdan iborat bo‘lib, bu tizim modullardan tashkil topadi.
Pedagogik texnologiyaning chindan ham mavjud ekanligini hamda ishlatishga tayyorligini uning tarkibidagi modullar va algoritmlar qanchalik darajada to‘liq va puxta ekanligi bilan belgilanadi.
Modul va algoritm har qanday texnologiyaning asosiy tushunchalari bo‘lib, pedagogik texnolgiya uchun ham bu tushunchalar shunchalik ahamiyatli. Pedagogik texnologiyadagi modul va algoritm tushunchalari birmuncha o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Modul — pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab, tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.
Pedagogik texnologiyaning eng kichik modullari eng asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi «g‘ishtcha»lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega.
Bunda kichik modul, modul to‘plami, birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi. Ular quyidagicha ta’riflanadi:
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas deb hisoblanadi.
Birlamchi modul — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va o‘z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul to‘plami.
Modul to‘plami — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi.
Modul darajasi — pedagogik texnologiyani tasvirlash ko‘lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi.
Modul — pedagogik texnologiyani tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha. Bu tarkibiy bo‘laklar, ya’ni modullar eng kichik bo‘laklardan hamda ularning turli miqdordagi to‘plamlaridan iborat bo‘ladi. Bunda eng kichik tarkibiy bo‘lakni eng kichik modul, boshqalarini esa o‘z ichiga qancha shunday modulni olishiga qarab, tegishlicha darajadagi modullar deyiladi.
Pedagogik tyoxnologiyaning eng kichik modullari eng asosiy tushuncha bo‘lib, ular go‘yoki pedagogik texnologiyani hosil qiluvchi “g‘ishtcha”lar vazifasini bajarishi bilan asosiy ahamiyatga ega.
Bunda kichik modul, modul to‘plami, birlamchi modul va modul darajasi degan tushunchalardan foydalaniladi. Ular quyidagicha ta’riflanadi:
Kichik modul — pedagogik texnologiya tarkibidagi eng kichik birlikni ifodalaydi. Amalda bunday kichik modulni tashkil qiluvchi boshqa kichik modullarga ajratish mumkin emas, deb hisoblanadi.
Birlamchi modul — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlashda dastlabki modul sifatida tanlangan va o‘z tarkibiga bitta yoki bir nechta kichik modullarni oladigan modul to‘plami.
Modul to‘plami — pedagogik texnologiyani uning biror darajasidan boshlab tasvirlash maqsadi asosida bitta modul sifatida hisoblangan bir nechta modullar yig‘indisi.
Modul darajasi — pedagogik texnologiyani tasvirlash ko‘lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi.
Pedagogik texnologiyaning modullari quyidagicha darajalarga ajratilishi mumkin:
Bir mashg‘ulotni o‘tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.
O‘quv fanining bir mavzusini, bir bo‘limini, bir qismini yoki hammasining tarkibiy bo‘laklarini hamda o‘qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar. Ularni bloklar deb ham nomlanadi.
Bir nechta turdosh o‘quv fanlarining tarkibiy bo‘laklarini hamda ayrim fanlarni o‘qitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar (bloklar).
Davlat ta’lim standartining tarkibiy bo‘laklarini hamda ularning bajarilishini ta’minlash texnologiyalarini tashkil qiluvchi modullar.
O‘quv reja va dasturlarning tarkibiy bo‘laklarini hamda ularning bajarilishini ta’minlash texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar.
Ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar.
Pedagogik texnologiya jarayonida qo‘llaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar.
Ushbu modullar orasida bir o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar pedagogik texnologiya jarayonining eng asosiy bo‘g‘inini tashkil qilishi bilan eng ahamiyatli hisoblanadi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:
— mashg‘ulot mazmunini tashkil qiluvchi asosiy tushunchalar;
shu tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntirish jarayonining tarkibiy qismlari;
shu tarkibiy qismlarning har birida qo‘llaniladigan ta’lim-tarbiya vositalari va usullari;
o‘qituvchining mashg‘ulot davomida bajaradigan faoliyatini tashkil qiluvchi modullar;
o‘quvchilarning mashg‘ulot boshidan oxirigacha bo‘lgan vaqt davomida bajaradigan faoliyatlarini tashkil qiluvchi modullar;
o‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish ishlarini tashkil qiluvchi modullar va shu kabilar.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya jarayonidagi modullar ta’lim mazmuni, vositalari va usullarining har biriga tegishli tarkibiy elementlarni tashkil qiladi. Bunda ta’lim mazmuni modullari — o‘rgatilayotgan axborotning tarkibini tashkil qi-luvchi birliklarni; ta’lim vositalari modullari — shu vositalarning birliklarini; ta’lim usullari modullari shu usullarni amalga oshirish faoliyati davomida bajariladigan harakatlarni tashkil qiluvchi birliklarni ifodalaydi.
Modul o‘zgarmas, qotirib qo‘yilgan narsa deb tushunilmasligi kerak. Aslida har bir modul o‘ziga tegishli kichik maqsadni ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirishda esa tegishli sharoit uchun eng ma’qul deb topilgan yo‘llar, usullar, vositalardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Demak, modulda belgilangan maqsadni o‘zgartirmagan holda uni to‘liq amalga oshirishni ta’minlovchi, o‘zaro farq qiluvchi har turli yo‘llar, usullar, vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu modullarni ajratib belgilashda ma’lum tartibga rioya qilish zarur.
Bunda, avvalo, eng kichik yoki birlamchi modulni ajratiladi. Uni pedagogik texnologiyani turli darajasi-dan boshlab ishlab chiqishda turli kattalikda ajratish mumkin. Masalan, birorta fikrni tushuntirish yuzasidan shu fikrni tushuntirish jarayonini bir butun holatda bitta modul hisoblash ham yoki shu jarayonni birnechta bo‘laklarga ajratib, ularning har birini alohida modullar deb hisoblash ham, shuningdek, bitta emas, birnechta o‘zaro bog‘liq fikrlarni tushuntirish jarayonini bir butun holda bitta modul deb hisoblash ham mumkin. Shu tartibda eng kichik-birlamchi modulni ajratishda asosiy shart shu modul tarkibida hamma zarur elementlar albatta saqlanishi va ularni istalgan boshqa vaqtda, boshqa joyda, boshqa tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar va o‘quvchilar tomonidan oldindan ko‘zda tutilgan darajada bajarish imkoniyatini saqlashdan iborat.
Shunday tartibda belgilangan modulni eng kichik yoki birlamchi modul deb ataladi. Shunday birlamchi modullarni zarur bo‘lgan hollarda tartib sonlari bo‘yicha belgilash uchun “1 – modul”; “2 – modul” ko‘rinishidagi yozuvlar bilan ajratib ko‘rsatish yoki “modul” so‘zini yozmasdan, faqat tartib soni orqali ko‘rsatish mumkin. Bunday tartib sonlari bilan belgilash orqali pedagogik texnologiyaning to‘liq bayon qilinishini ta’minlash hamda kelgusida to‘liq saqlanishini nazorat qilish imkoniyati hosil bo‘ladi.
Pedagogik texnologiya jarayonini tasvirlashda uning kengroq darajalardagi qo‘llanishini umumlashtirib tasvirlash lozim bo‘lgan hollarda, odatda, shunday birlamchi modullarning jamini alohida ko‘rsatish shart bo‘lmaydi. Bunday maqsadlar uchun birnechta birlamchi modullarning tegishli nuqtai nazardan o‘zaro bog‘liqliklarini yoki mosliklarini hisobga olgan holda umumlashtirib hosil qilingan to‘plamini ayrim modul sifatida ko‘rsatiladi.
Bunday tartibda hosil qilingan modul darajali modul deb ataladi va uni yozma shaklda belgilashda o‘z tarkibida nechta birlamchi modul bor bo‘lsa, shuncha darajali ekanligi ko‘rsatib qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Buni “1 – modul (4)” yoki “1(4)” ko‘rinishida belgilash mumkin. Bunda shu modulning tasvirlangan pedagogik texnologiya jarayonidagi tartib soni birinchi ekanligi hamda o‘z tarkibiga 4 dona birlamchi modulni olishi, ya’ni to‘rtinchi darajali modul ekanligi shartli ravishda ko‘rsatilgan.
Ushbu tartiblarga rioya qilinganda har bir tasvirlanayotgan pedagogik texnologiya jarayoni tarkibida bo‘lgan jami birlamchi modullar soni hamda ularning to‘plamlaridan iborat darajali modullar soni qancha ekanligi ma’lum bo‘ladi va to‘liq hisobga olinadi. Buning natijasida tasvirlanayotgan pedagogik texnologiya jarayoni to‘-liq aks ettirilishi ta’minlanadi.
Yuqorida aytilgandek, o‘quv fani bir mavzusining tarkibiy bo‘laklarini hamda o‘qitish texnologiyasini umumlashtirib, bitta modul sifatida belgilash, shu o‘quv faniga doir har turli masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bu yerda shu o‘quv fanining bir mavzusi o‘rniga uning bir bo‘limini, bir qismini yoki hammasini bitta modul sifatida belgilash ham shunga o‘xshash maqsadlarda qo‘llaniladi. Ularni, yuqorida aytilgandek, bloklar deb nomlash ham mumkin.
Bunday modullarni belgilashda ularning o‘zini shartli ravishda birlamchi modul deb hisoblash va shunga muvofiq tartibda belgilash ham mumkin.
Bunday modullarni darajali modul sifatida belgilash maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda esa ular uchun birlamchi modullarni shartli ravishda pedagogik texnologiyaning qaysi darajasidagi modullaridan boshlab hisoblash belgi-lab olinadi. Shunga muvofiq ravishda modulning darajasini belgilash mumkin bo‘ladi.
Modulning darajasi shu tartibda ko‘rsatilgan holda pedagogik texnologiyani qaysi birlamchi darajadan boshlab tasvirlanayotgan bo‘lsa, shunga mos ravishda to‘liq aks ettirish ta’minlanadi.
Pedagogik texnologiya materiallarini yuqorida aytilgan tartibda modullarga ajratish jarayoni modullashtirish deb ataladi. Modullashtirishni tegishli materiallarni tayyorlash jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tayyorlangan mate-riallar asosida ham modullashtirish amalga oshirilishi mumkin.
Modullarni hamma hollarda ham tartib sonlari va darajalarini ko‘rsatgan holda belgilanmaydi. Lekin bunday holda pedagogik texnologiyaning to‘liq bayon qilin-ganligini asosli kafolatlash qiyin bo‘ladi.
Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja va dasturlar ham zarur hollarda yuqoridagi tartibda modullashtirilishi mumkin.
Ta’lim vositalarini har bir mashg‘ulot uchun, ayrim mavzu, bo‘lim, qism va umuman, bir o‘quv fani uchun zarurlilik darajasiga muvofiq modullashtirish mumkin.
Shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan usullarni hamda o‘qituvchi faoliyatini va o‘quvchi faoliyatini ham zarur deb hisoblangan hollarda alohida modullashtirish mumkin.
Algoritm – pedagogik texnologiya tarkibiy bo‘laklari (modullari) o‘zaro joylashuvining hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma-ketligining avvaldan belgilangan tartibini (qoidasini) bildiradi.
Pedagogik texnologiyani shunday tartibda ishlab chiqish uni algoritmlashtirish deyiladi. Algoritm har qanday texnologiyaga xos bo‘lib, shu jumladan, pedagogik texnologiyada ham uni ma’lum tartib (qoida)ga muvofiq olib borish orqali avvaldan belgilangan maqsadga erishish kafolatini amalga oshiriladi.
Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi ishlab chiqiladi. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning o‘zaro joylashish tartibi aniqlanadi.
Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg‘ulot yoki uning biror. bo‘lagi algoritmi, o‘quv fanini o‘qitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, o‘qituvchi faoliyatining, o‘quvchi faoliyatining, o‘zlashtirishni nazorat qilish jarayonining, maktabni boshqarish jarayonining algoritmi kabi turlarga bo‘linadi.
Pedagogik texnologiyani algoritmlashtirishning bir-lamchi darajasi mashg‘ulot jarayonidagi pedagogik faoliyatning eng kichik bo‘laklari o‘zaro joylashuvini hamda shu jarayonni amalga oshirish ketma-ketligini belgilashdan boshlanadi. Ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. Har bir belgilangan algoritmni tartib soni bilan ajratish maqsadga muvofiq. Shunda tegishli algoritmlar to‘liq aks etganligini ko‘rsatish va ularning saqlanishini nazorat qilish mumkin bo‘ladi.
Shu bilan birga, birlamchi algoritmni maqsadga muvofiq hollarda pedagogik texnologiyaning boshqa darajasi (masalan, bir o‘quv mashg‘ulotini bitta algoritm sifatida belgilash va shu kabilar) dan boshlab ham belgilash mumkin. Pedagogik texnologiya algoritmlarini ham zarur hollarda yuqorida aytilgan modullarni belgilash tartibiga o‘xshagan shakllarda belgilash mumkin.
Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan oldin-dan belgilangan maqsadlarning to‘liq amalga oshrilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim – tarbiya jarayonida odat tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda qo‘llash faoliyati yanada keng rivojlana boradi.
Pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashda nimalarni hisobga olish kerak?
O‘quv fanlarining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda har bir fan uchun ayrim pedagogik texnologiyalarni ko‘proq mos deb hisoblash to‘g‘risidagi fikrlar uchraydi. Bu haqda aytish mumkinki, aslida umumta’lim maktabida qo‘llanilayotgan barcha pedagogik texnologiya turlarini deyarlik hamma fanlarni o‘qitishda qo‘llash mumkin. Gap faqat qay-sidir fan uchun qaysidir texnologiya boshqalarga nisbatan ko‘proq qo‘llanishi haqida bo‘lishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, biror fan bo‘yicha ayrim mav-zudagi darsni tashkil qilish va amalga oshirishda eng avva-lo, barcha o‘quvchilar puxta o‘zlashtirishini ta’minlaydigan pedagogik texnologiyani tanlash maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, bir xil dars usullarini ko‘p qo‘llash natijasida, ulariing o‘quvchilar uchun qiziqarliligi pasay-ib, qadrsizlanishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bu masalada hisobga olinishi lozim bo‘lgan asosiy omillardan biri o‘quv vaqtidan unumli va tejamli foydalanishga erishish hisoblanadi.
Shu munosabat bilan har bir dars mavzusini kam- vaqt sarflab, yuqori samara bilan o‘zlashtirishga erishishni na-zarda tutish lozim. Buning qanchalik jiddiyligini hozirda o‘quv fanlari uchun ajratilgan o‘quv soatlari qat’iy chek-langanligi va olimlar, metodistlar, amaliyetchi pedagoglar aynan o‘z fanlari bo‘yicha o‘quv soatlari ko‘paytirilishi lozimligini asoslashga intilishlari ko‘rsatib turibdi.
Ma’lum o‘quv axborotini o‘quvchilar o‘zlashtirishini ta’minlashda turli pedagogik texnologiyalar uchun turlicha miqdorda vaqt talab qilinadi.
Bu masala bo‘iicha tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, bir xil hajmdagi axborotni o‘kuvchilarga muammoli ta’lim usulida yetkazish uchun an’anaviy o‘qitshpga nisbatan birmuncha ko‘p vaqt talab qilinadi. Xalqaro amaliyotda aniqlangan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ma’ruza shaklidagi 100 haftalik o‘quv kursi muammoli ta’lim shaklidagi, taxminan 120 haftalik o‘quv kursiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, muammoli ta’lim metodikalari bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish ma’ruzalarga tayyorgarlik ko‘rishga nisbatan birmuncha ko‘p vaqt talab qiladi. O‘qituvchi tayyorgarlik ko‘rish uchun haftasiga 8,6 soat o‘rniga 20,6 soatga yaqin vaqt sarf qiladi.
Bunda hozir, hattoki, an’anaviy o‘qitishning o‘zi o‘quvchilarga barcha talab qilinadigan bilim, ko‘nikma, malakalar hajmini yetkazib berish uchun vaqt yetishmasligi holatida ekanligini ham hisobga olishimiz kerak.
Xuddi shuningdek, bir xil hajmdagi o‘quv axborotini o‘quvchilarga yetkazish uchun turli pedagogik texnologiyalardan foydalanilganda, turlicha miqdordagi o‘quv vaqti sarflanishi ma’lum. Masalan, interfaol ta’limda, odatda, boshqa metodlarga nisbatan ko‘p vaqt sarflanadi.
Undan tashqari, interfaol usullar hamma dars mavzulari uchun bir xilda qulay emas. Lekin bu metodni ham qaysi dars mavzulari uchun qulayligini aniqlab hamda oldindan puxta o‘ylab, tejamli va unumli tashkil qilish mumkin.
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, har bir dars mavzusi bo‘yicha pedagogik texnologiyalar orasidan eng unumli va tejamlisini ilmiy, metodik va amaliy jihatlardan to‘g‘ri tanlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |