2-Mavzu: O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


 Buyuk ipak yo'li – muloqot va hamkorlik yo'li



Yüklə 298,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix27.09.2023
ölçüsü298,69 Kb.
#129448
1   2   3   4   5
2-мавзу

 
5. Buyuk ipak yo'li – muloqot va hamkorlik yo'li 
Eng qadimgi yo'llar. O'tgan mavzularda ta'kidlaganidek bronza, davriga kelib 
O'rta Osiyodagi tarixiy-madaniy taraqqiyotni tezlashtirgan bir qancha jarayonlar 
bo'lib o'tdi. Bronzaning kashf etilishi va jadallik bilan xo'jalik hayotiga kirib
kelishi, o'troq dehqonchilik xo'jaliklarining rivojlanishi natijasida yangi yerlarning 
o'zlashtirilishi, qishloqlarning rivojlanib ilk shaharlarga aylanishi, boshqaruv 
tizimining yanada murakkablashuvi, qadimgi yo'llarning shakllanishi va nihoyat, 


dastlabki ulov va transport vositalarining paydo bo'lishi ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish uchun ulkan ahamiyatga ega bo'ldi. Aynan bronza davridan boshlab O'rta 
Osiyoni Qadimgi Sharq dunyosi bilan bog'laydigan aloqa, savdo-tranzit yo'llari 
tizimining paydo bo'lishi va shakllanishi mintaqaning xalqaro aloqalar tizimiga 
qo'shilishiga asos bo'ldi.Ta'kidlash lozimki, bronza davrida O'rta Osiyoni Qadimgi 
Sharqning sivilizatsiya markazlari bilan bog'laydigan dastlabki savdo-tranzit 
yo'llarining paydo bo'lishida iqtisodiy omillar muhim ahamiyat kasb etgan. Masalan, 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi o'chog'lariga O'rta Osiyoning janubiy hududlaridan, 
avvalo, So'g'diyona va Baqtriyadan olib ketiladigan metall va nometall mahsulotlar, 
qimmatbaho toshlar va nodir minerallarga talab katta bo'lgan. Bunday mahsulotlar 
ichida Qadimgi Sharqda yuksak qadrlangan Badaxshon lojuvardi ayniqsa katta 
ahamiyatga ega edi.Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, qadimgi 
savdo-tranzit yo'llari bronza davridayoq paydo bo'ladi. Ko'pchilik tadqiqotchilar bu 
yo'lni "Lojuvard yo'li" deb ataydilar. Bu yo'l tog'li Badaxshondan boshlanib
Mesopotamiya, Misr, Hindiston hududigacha yetib borgan edi. Bu davrdagi O'rta 
Osiyoning savdo yo'llaridan biri Baqtriya va Marg'iyonani Qadimgi Xorazm, 
So'g'diyona, Markaziy Qozog'iston va Ural bilan bog'lagan.Mil. avv. III ming 
yillikda Mesopotamiyada Badaxshon lojuvardi mashhur bo'lgan. Shumer va 
Akkaddagi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan lojuvarddan yasalgan 
turli buyumlar shundan dalolat beradi. Undan tashqari Mesopotamiyaning Uruk, Ur, 
Kish, Lagash shaharlaridan Badaxshon lojuvardidan yasalgan turli buyumlar 
topilgan. Shumer sopol bitiklarida ham uzoq tog'li o'lkadan oltin, kumush va 
lojuvard olib kelingani haqida ma'lumot saqlangan. Demakki, bronza davridagi yana 
bir yo'l Badaxshondan janubi-sharqqa tomon Afg'oniston orqali O'rta Osiyoning 
qadimgi xalqlarini Mesopotamiyaning shahar-davlatlari bilan bog'lagan."Lojuvard 
yo'li"ning yana bir yo'nalishi mil.avv. II ming yillikda Amudaryoning yuqori 
oqimidan Eron hududi orqali Kichik Osiyoga ham kirib borgan. Kichik Osiyodagi 
mashhur Troya shahri xarobalaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan 
buyumlarning topilishi shundan dalolat beradi. Bronza davrining yana bir yo'li O'rta 
Osiyoning janubidagi Baqtriya va Marg'iyonani Hindistondagi Xarappa va Mohinjo-


Daro, Erondagi Shahri So'xta, Afg'onistondagi Mundigak kabi madaniyat markazlari 
bilan bog'lagan. Tadqiqotchilarning fikricha, Badaxshondagi lojuvard konlaridan 
boshlangan bu yo'l, Amudaryoning chap qirg'og'ida, Ko'kcha daryosining 
Amudaryoga quyilish joyidan shimolroqda joylashgan Sho'rto'qay makoni orqali 
o'tgan va bu yerdan bir necha tarmoqlarga bo'lingan. Mil.avv. II ming yillikka kelib 
Farg'ona va Shosh hududlari ham Qadimgi Sharq bilan aloqalar o'rnatadi.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra, bu davrda Mesopotamiya shaharlaridan 
chiqqan savdo yo'llari Eron va Janubiy Turkmaniston orqali Baqtriya va 
So'g'diyonadan o'tib Farg'onaga kelgan. Bu yo'lning bir tarmog'i Farg'onadan 
g'arbga Qozog'iston cho'llari orqali Ural va Volga bo'yiga ketgan. Yana bir tarmog'i 
esa, Farg'onadan sharqqa, Dovon orqali Sintszyan, Shimoliy Xitoyga ketgan. Bu 
o'rinda aytib o'tish joizki, bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar mil.avv. II ming yillik 
ohirlariga kelib O'rta Osiyo va Xitoy o'rtasida qizg'in aloqalar yo'lga qo'yila 
boshlanganidan dalolat beradi. Xususan, xitoylik arxeologlar Tyanshanning janubiy 
yonbag'irlaridagi so'nggi bronza-ilk temir davriga oid Ukunbaka (Sin`baka) 
makonidan O'rta Osiyodan keltirilgan temir o'roq va dastali bronza oyna kabi 
buyumlarni topganligi xam mintaqaning Sharqiy Turkiston bilan aloqalarining 
qadimiyligini asoslab berdi. Qadimgi xitoylik dehqonlarning bu makonidan naqshi 
va shakliga ko'ra Chust va Burgulik madaniyatlari sopol idishlariga o'xshash 
idishlarning topilishi esa O'rta Osiyo va Xitoyning qadimgi aloqalaridan va bu 
aloqalarda qadimgi Choch vohasi va Farg'ona vodiysining tutgan o'rnidan dalolat 
beradi.O'quvchilar e'tibor berishlari lozimki, O'rta Osiyoning Qadimgi sharq 
sivilizatsiyasi markazlari bilan olib borgan aloqalarida nafaqat qimmatbaho toshlar, 
birinchi galda lojuvard katta o'rin tutgan, balki, bu aloqalar bronza davridan 
boshlaboq iqtisodiy-madaniy xayotning barcha sohalarini qamrab olgan edi. Mil. 
avv. III-II ming yilliklarga kelib O'rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Eron, 
Mesopotamiya, Misr kabi hududlar va o'lkalar bilan turli-tuman aloqalari yanada 
faollashadi. Buni ko'pgina hududlardagi ibodatxonalar, shaharsozlik madaniyati, 
sopol idishlar va buyumlar, terrakota haykalchalaridagi o'xshashliklar misolida ham 
kuzatishimiz mumkin.Hindistonning O'rta Osiyo bilan aloqalaridagi yana bir muhim 


yo'nalish yo'li Shimoliy Afg'oniston va Surxon vohasidagi bronza davri 
makonlaridan - Dashli, Sopolli, Jarqo'ton kabilar orqali o'tib mintaqaning ichki 
hududlariga olib kelgan. Tadqiqotlarga ko'ra, bu yo'nalishdagi aloqa yo'li bo'ylab 
mil.avv. II ming yillikda olib borilgan iqtisodiy-madaniy aloqalarni Sopollitepa 
qishlog'idan topilgan tosh va metalldan yasalgan burgut tasvirli muhrlar hamda 
Jarqo'ton 
ko'hna 
shahridagi 
moddiy 
madaniyat 
buyumlari 
ham 
tasdiqlaydi.Ta'kidlash 
lozimki, 
Zarafshonning 
yuqori 
oqimidagi 
Sarazm 
madaniyatiga oid turli topilmalar ichida Hind okeanida uchraydigan chig'anokdan 
yasalgan taqinchok va munchoqlar, shimoli-g'arbiy Hindistondagi qadimgi sopol 
buyumlarga o'xshash kulolchilik mahsulotlari uchraydi. V.M.Massonning fikricha, 
bu topilmalar Sarazm makoni shakllanishida Hind daryosi vodiysidan ko'chib 
kelgan aholi ham sezilarli o'rin tutganligini, xususan bu manzilgoh xarappaliklarning
O'rta Osiyo tog'larida mavjud bo'lgan polimetall rudalarni o'zlashtirishga 
bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda katta ahamiyatga ega bo'lganligini ko'rsatadi. Uzoq 
yillar mobaynida O'rta Osiyoning qadimgi yo'llari masalalari bo'yicha ilmiy 
izlanishlar olib borgan O'.Mavlonovning tadqiqotlari xulosalariga ko'ra, eneolit va 
bronza davrida O'rta Osiyoda ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalarga xizmat 
qilgan yo'llar tizimi shakllanadi. Mintaqadagi asosiy aloqa yo'llari asosan tog' 
dovonlari, daryo vodiylari, dasht va cho'llar orqali o'tgan yo'llardan keng foydalanish 
boshlanadi. Buning natijasida qadimgi ajdodlarimizning mintaqa tabiati va 
geografik holati xamda joylashuvi xaqidagi, shu bilan birgalikda, qo'shni
o'lkalar to'g'risidagi tasavvurlari ham kengayib bordi. Bu amaliy bilimlar o'z 
navbatida mahalliy, mintaqaviy va transmintaqaviy aloqa yo'llari hakllanishiga asos 
bo'ldi.Eng qadimgi yo'llarning birinchi guruhiga mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan 
yo'llar kirgan bo'lib, ular avvalo, o'troq dehqonchilik markazlarini dehqonchilik 
qilinadigan yer maydonlari, ov qilinadigan hududlar, xom ashyo zahiralari mavjud 
bo'lgan joylar, suv manbalari va boshqalar bilan bog'lashga; yagona madaniyatga 
mansub makonlarning o'zaro aloqalarini ta'minlashga; chorvador qabilalar 
xo'jaligida muhim o'rin egallagan qishloq-yaylov-qishloq yo'nalishdagi harakatni 
boshqarishga hizmat qilgan.Mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan ikkinchi guruh 


yo'llari avvalo, O'rta Osiyodagi eneolit va bronza davriga mansub turli 
madaniyatlarning o'zaro aloqalarini ta'minlashga xizmat qilgan. Mintaqaning ichki 
iqtisodiy-madaniy taraqqiyotida muhim o'rin tutgan ko'p tarmoqli bu yo'llar 
yo'nalishlari O'rta Osiyo o'troq vohalari o'zlashtirilishiga mos ravishda kengayib 
borgan. Mintaqaviy aloqa yo'llari bo'ylarida mahalliy qabilalar va xalqlar nazoratida 
bo'lgan turli inshootlar va tegishli infratuzilmalar shakllanib, ilk ulov va transport 
vositalaridan foydalanishga o'tiladi.Eng qadimgi yo'llarning uchinchi guruhi 
transmintaqaviy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llardir. O'rta Osiyoning turli hududlarida 
metall va nometall qazilma boyliklari hamda boshqa xom ashyo zahiralarining 
mavjudligi va Qadimgi Sharq mamlakatlarida ularga bo'lgan katta talab, ya'ni, 
iqtisodiy omillar mintaqada tranzit ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar yo'nalishlarining 
paydo bo'lishiga olib kelgan edi. O'rta Osiyoni Hindiston, Eron va Mesopotamiya 
orqali Old Osiyo, Misr, Sharqiy Turkiston va Xitoy hamda mintaqa shimolidagi 
dashtlar orqali Sibir va Uralorti hududlari bilan bog'lovchi tranzit yo'llar - aloqa 
yo'llari tizimining eng muhim qismi bo'lib, bu yo'llar orqali olib borilgan iqtisodiy-
madaniy aloqalar O'rta Osiyoda sivilizatsiya markazlarining paydo bo'lishi,
avvalo, ilk shahar madaniyatining shakllanishi, keyinchalik, davlatchilik 
jarayonlari taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan edi.Mil.avv. I ming 
yillikning boshlariga kelib O'rta Osiyoning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy 
hayotida bo'lib o'tgan yangiliklar va o'zgarishlar qadimgi savdo-tranzit yo'llari 
tarmoqlarining kengayishi va aloqa yo'llarining angi yo'nalishlari paydo bo'lishi 
uchun ham katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu davrdagi tor doiradagi hududlarni 
bog'lovchi ichki aloqa yo'llaridan tashqari Dasht yo'li, "Oltin yo'li", "Shoh yuli" 
kabilar mintaqadagi iqtisodiy va madaniy hayot taraqqiyotini ta'minlagan edi.Ilk 
temir davri ichki aloqa yo'llari yo'nalishlarini aniqlashtirishda mintaqadagi bu davr 
makonlari joylashuvi katta ahqamiyatga egadir. Arxeologik tadqiqotlar va yozma 
manbalar ma'lumotlari natijalariga ko'ra, mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmida 
O'rta Osiyoning janubiy va shimoli-sharqiy hududlari bir necha yo'nalishdagi aloqa 
yo'llari tizimi bilan o'zaro bog'langan edi. Ular orasida Parfiyadagi Ulug'depa, 
Ulkandepa va boshqalarni, Janubiy Turkmanistondagi Saraxs vohasidan Marg'iyona 


orqali Qadimgi Xorazm, So'g'diyona va Baqtriyaga eltuvchi yo'llar katta ahamiyatga 
ega.A.Sagdullaev va E.Rtveladzelarning fikricha, O'rta Osiyoning ilk temir davri 
savdo-tranzit yo'llari tizimida Marg'iyonani Qadimgi Baqtriya hududi bilan 
bog'lovchi yo'llar ham katta ahamiyatga ega edi. Surxon vohasi va Janubiy 
Tojikiston hududlarida (Shimoliy Baqtriya) bu davrdagi aholi punktlari, asosan, 
daryolar va ularning irmoqlaridagi bir qancha dehqonchilik vohalari bo'ylab 
joylashgan bo'lib, har bir dehqonchilik vohasi yirik shahar tipidagi makon atrofida 
joylashgan mustahkamlangan qo'rgonlar va qal'alarga ega edi. Marg'iyonani 
Shimoliy Baqtriya bilan bog'lagan aloqa yo'li Janubiy Baqtriya orqali (Shimoliy 
Afg'oniston) o'tgan. Bu hududlardagi ilk temir davriga oid Tillatepa, Maymana, 
Davlatobod, Shibirg'on va Oqcha makonlari mazkur aloqa yo'lining muhim oraliq 
punktlari hisoblangan. Shimoliy Afg'onistondan yo'l Amudaryodagi Cho'chqaguzar 
va Sho'rob kechuvlari orqali Surxon vohasi va Janubiy Tojikistonga o'tgan. Bu 
davrda Baqtriya va Marg'iyonadan, Xorazmdan kelgan yo'llar Samarqand orqali 
Farg'ona, qadimgi Choch vohasiga va mintaqa shimolidagi dasht hududlarga qarab 
ketgan. Qadimgi Baqtriya va Xorazm Amudaryoning chap qirg'og'i bo'ylab o'tuvchi 
aloqa yo'li orqali bog'langan. Shuningdek, bu hududlarning o'zaro aloqalari 
Amudaryo suv yo'li orqali ham olib borilgan. Sug'diyona va Xorazm vohasini 
bog'laydigan yo'llar bir nechta yo'nalishda bo'lgan. Asosiy yo'nalish Zarafshon 
daryosi bo'ylab joylashgan makonlar orqali Amudaryoga olib chiqqan.Ilk temir 
davri O'rta Osiyoning tashqi aloqalarida ham muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu holat 
avvalo, tashqi aloqalardagi iqtisodiy omillar bilan bir qatorda siyosiy manfaatdorlik 
bilan bog'liq edi. Chunki bu davrda qadimgi shaharlar rivojlanib, ilk davlatchilik 
shakllanayotgan davr edi. Bu davrdagi Dasht yo'li haqida gapiradigan bo'lsak, bu 
davrda O'rta Osiyo hududlari orqali o'tgan savdo-tranzit yo'llari ichida Oltoydan 
boshlanib Eron, Mesopotamiya, Arabiston va Shimoliy Afrikaga hamda Volga va 
Ural daryolari oralig'idagi dashtlardan Hindistonga olib boruvchi yo'llar muhim 
ahamiyatga ega edi. Qopa dengizning shimolidagi dashtlardan Oltoyga qadar 
cho'zilgan bu yo'l tarixiy adabiyotlarda "Dasht yo'li" deb ataladi. Bu yo'l Qora dengiz 
shimolidagi savdo shaharlaridan boshlanib, Don daryosining quyi oqimidan Tanais 


shahri, Quyi Volgabo'yi, Orolbo'yi, Janubiy Qozog'iston orqali Yuqori Irtish va 
Zaysan ko'li hududiga, Oltoy va Sharqiy Turkistonta olib chiqqan.Qadimgi Sharq 
davlatlarida qimmatbaho va nodir metallar hisoblangan oltin va kumushga bo'lgan 
talab Ahamoniylar davridan oldinroq, ilmiy adabiyotlarda "Oltin yo'li" deb om olgan 
mintaqalararo aloqa yo'li paydo bo'lishiga sabab bo'lgan edi. Tog'li Oltoydagi oltin 
konlaridan boshlanib O'rta Osiyo orqali Hindiston va Eronga boruvchi bu yo'l 
qadimgi davrning katta siyosiy va strategik ahamiyatga ega bo'lgan yo'llaridan 
hisoblangan. Bu davrda mintaqamiz hududlarida siyosiy birlashmalar, tarixiy-
madaniy viloyatlar, ilk davlat uyushmalari shakllanib, qadimgi shaharlar 
rivojlanayotgan davr ekanligini hisobga olsak, bu yo'lning davlatchilik 
taraqqiyotidagi ahamiyati juda katta bo'lganligi kuzatiladi. A.Sagdullaevning 
tadqiqotlariga ko'ra, ilk temir davrida O'rta Osiyoning Hindiston bilan aloqalari 
davom etgan bo'lib, bu aloqalar olib borilgan yo'llar yo'nalishlarida birmuncha 
o'zgarishlar ro'y beradi. Bu davrda Hind daryosi vodiysini Hindiqush tog' dovonlari 
orqali Amudaryoning yuqori oqimi bilan bog'lovchi yo'l Xonoboddaryo va Qunduz 
yoki Daryoi Bangi-Panj daryolari vodiylari bo'ylab o'tgan. Bu oraliqda Kalafagan, 
Ko'kcha, Oyxonim, Rustak, Yangi qal'a kabi ilk temir davriga oid makonlarning 
topilishi bu aloqa yo'li yo'nalishlarini aniqlashda uhim ahamiyatga ega 
bo'ldi.Mil.avv. I ming yillikning birinchi yarmiga kelib Gretsiya va Misrdan O'rta 
Osiyo va Hindistonga qadar ulkan hududlarda tashkil topgan Ahamoniylar davlati 
ko'pgina davlatlar, xalqlar va elatlarning turli tomonlama aloqalarida muhim 
ahamiyatga ega bo'ldi. Doro I hukmronligi davrida "Shoh yo'li" nomini olgan savdo-
tranzit yo'li o'z faoliyatini boshlagan edi.Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan O'rta 
Osiyo qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridagi shahar va qishloqlardan Persepol, 
Suza va imperiyaning boshqa shaharlariga eltuvchi savdo-llari mil.avv. VI-IV 
asrlarda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo'lgan edi. Xullas, mil.avv. I ming yillikning o'rtalaridan boshlab mavjud "Dasht 
yo'li", "Oltin yo'li", "Shoh yo'li" kabilardan nafaqat, turli qabilalar va xalqlarning bir 
hududdan boshqa hududga ko'chishida, turli hududlarda yashovchi qabilalarning 
o'zaro madaniy va iqtisodiy aloqalarida, balki harbiy-siyosiy maqsadlarda ham izchil 


foydalanilgan. Bu holat avval Ahamoniylar, so'ngra esa Aleksandr Makedonskiy 
yurishlari yo'nalishlarida yaqqol kuzatiladi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, eng 
qadimgi davrlarda savd karvonlari ming-minglab kilometrga cho'zilgan yo'llar orqali 
ko'zlagan manziliga o'sha davr nuqtai nazaridan yetib borgani shubhali bo'lsa-da, 
mahsulot ayirboshlash qabiladan qabilaga, tumandan tumanga, viloyatdan viloyatga, 
vohadan vohaga o'tib keng hududlarni qamrab olganligi bugungi kunda ilmiy 
jihatdan asoslangan. Ushbu hududlar tizimida O'rta Osiyo hududida yashagan 
qadimgi qabilalar ham mavjud bo'lib, ularning say'i- harakatlari va faoliyatlari 
natijasi o'laroq, mintaqada ilk shahar madaniyati shakllanib, dastlabki davlat 
uyushmalariga asos solindi. Bu jarayonda qadimgi savdo-tranzit va madaniy 
aloqalar yo'llarining ahamiyati beqiyosdir.Nafaqat o'zbek xalqi, balki dunyodagi 
ko'pgina xalqlar davlatchiligi tarixida, rivojlanish bosqichlarida Buyuk ipak 
yo'lining ahamiyati katta bo'lgan edi. Tadqiqotchilarning fikrlariga araganda, 
mil.avv. III asrning oxiri - II asrning o'rtalaridan boshlab, Xitoy sayyoxi va diplomati 
Chjan Szyan xitoyliklar uchun ilk marta G'arbiy o'lka - O'rta Osiyo viloyatlariga yo'l 
ochgan davrdan boshlab Buyuk Ipak yuli shakllanadi. "Buyuk ipak yuli" degan nom 
o'sha davrlarda Fapb davlatlari uchun juda qimmatbaho hisoblangan ipak 
mahsulotlari bilan bog'liqdir. Ammo, bu degani bu yo'ldan faqat ipak mahsulotlari 
olib o'tilgan, degan ma'noni bermaydi. Tadqiqortchilar ipak qurtidan ipak olish 
sirlarini xitoyliklar bundan besh ming yil ilgari o'zlashtirgan deb hisoblaydilar. 
Ayrim tadqiqotchilar ipakchilikning vatani Hindistonning tog'li tumanlari, G'arbiy 
Himolay va hatto, Eron deb hisoblasalarda, ipakning vatani Shimoliy
Xitoy, aniqrogi, Shandun viloyati ekanligi aksariyat olimlar va xitoyshunoslar 
tomonidan e'tirof etilgan. Xitoy elchisi va diplomati tomonidan ochilgan bu yo'l 
aslida ikkita buyuk yo'lni birlashtirgan yo'l edi. Ulardan biri - G'arbdan, O'rta Yer 
dengizi hududlaridan O'rta Osiyoga kelgan bo'lib, Aleksandr Makedonskiy va 
Salavkiylar sarkardasi Demodam yurishlari davrida Yaksart - Sirdaryogacha 
cho'zilgan. Ikkinchisi esa, Sharqdan, Xan imperiyasidan O'rta Osiyoga yo'nalgan 
bo'lib, Chjan Szyan bu yo'l bo'ylab shimoldan Davan, Qang', Sug'd, Baqtriya orqali 
janubga chiqqan edi. Ikkita buyuk sivilizatsiya - G'arb va Sharq, sivilizatsiyalarini 


birlashtirishda bu yo'llar ustida joylashgan O'rta Osiyo xalqlari faoliyati katta 
ahamiyatga ega bo'ldi.

Yüklə 298,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin