2-Mavzu: O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 298,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.09.2023
ölçüsü298,69 Kb.
#129448
  1   2   3   4   5
2-мавзу



2-Mavzu: O'zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot 
bosqichlari (2 soat) 
 
Reja 
1. Ilk davlatlar paydo bo'lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari. 
Qadimgi
aholi.
2. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va Sug'diyona davlatlari.
3. Ahamoniylar huqmronligi davrida O'rta Osiyo. 
4. Aleksandr Makedonskiyning harbiy yurishlari va unga qarshi kurash. 
Antik davr davlatlari.
5. Buyuk ipak yo'li – muloqot va hamkorlik yo'li. 
1. Ilk davlatlar paydo bo'lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari. 
Qadimgi aholi. 
Davlat boshqaruvining paydo bo'lishi insoniyat tarixida muhim uvaffaqiyat 
va sifatiy yangi bosqich bo'ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo 
bo'lishi va takomillashuvida O'rta Osiyo va unga qo'shni hududlarda yashagan 
xalqlarning ham hissasi katta bo'ldi. Dunyo tarixida shaharlar, siyosiy birlashmalar, 
uyushmalar, keyinroq esa davlatlarning paydo bo'lishi uzoq davom etgan jarayondir. 
E.V.Rtveladzening fikricha, bu jarayon turli xalqlarda turli yo'llar bilan bo'lib o'tgan. 
Birinchidan, davlatlar paydo bo'lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga 
asoslangan «Sharq yo'li» bo'lib, unda iqtisodiyotning asosini sug'orma dehqonchilik 
tashkil etgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; aholining 
katta qismini safarbar etish zarauriyati printsipial boshqaruvchilarni taqazo etgan. 
Ishlab chiqarishning osiyocha usuli mil.avv. IV ming yillikdan milodiy I srgacha 
yirik daryolar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo kabi 
hududlarda yoyilgan. Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Yevropacha yo'li» Yevropa 
hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polislarida 
mavjud bo'lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan 
jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanish jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) 
asosiy omil bo'ldi. Ma'lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan rivojlanish 
bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos 


tushmaydi. Shunga qaramay, qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bo'lishi va 
rivojlanishi ko'pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta'kidlash joizdir. Aynan 
mana shuning uchun ham O'rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo'lishi qadimgi 
Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog'liqdir. O'rta Osiyo, umuman O'zbekiston 
hududlarida dastlabki davlatchilikning paydo bo'lishi masalalari tadqiqotchilar 
orasida hamon bahslar sabab bo'lib kelmoqda. Bu o'rinda ushbu jarayonga asosiy 
turtki bo'lib yanada jadallashtirgan omillarni aniqlash nihoyatda muhimdir. Bronza 
davridayoq sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik O'rta Osiyo xo'jaligining 
asosini tashkil etgan. Sug'orma dehqonchilikning yuqori unumdor shakllari 
jamiyatda hal qiluvchi o'zgarishlarga olib keldi. Xususan, dehqonchilik rivoji 
natijasida qo'shimcha mahsulot va hususiy mulk ko'rinishlari paydo bo'ldi. O'rta 
Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun'yi sug'orish birlamchi qulay bo'lgan Amudaryo 
(yuqori, o'rta, quyi) oqimlari bo'ylarida, Murg'ob vohasida, Zarafshon va 
Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi 
dastlabki davlatlar – Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dojla va Frot) misolida ham 
kuzatishimiz mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, dastlabki yirik shahar 
markazlarining paydo bo'lish muammolari davlatlar paydo bo'lishi masalalari bilan 
uzviy bog'liq muammo hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, bizga qadar yetib kelgan 
yozma manbalar O'rta Osiyo hududlarida ilk davlatlar paydo bo'lishi haqida nisbatan 
aniq ma'lumotlar bermaydi. Bu o'rinda arxeologik ma'lumotlarning ahamiyati 
beqiyosdir. Jamiyat hayotida metallning keng yoyilishi – dastlabki shaharlar va 
davlatchilikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib O'rta 
Osiyoning juda ko'plab bronza va ilk temir davri yodgorliklaridan (Anov, Sopolli, 
Jarqo'ton, Qiziltepa, Ko'zaliqir, Afrosiyob, Daratepa, Chust, Dalvarzin va boshq.) 
ishlab chiqaruvchi xo'jilik bilan bevosita bog'liq bo'lgan metall qurollar topib 
o'rganilgan. Mehnat qurollarining metalldan ishlanishi mehnat unumdorligining 
yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratdi. So'nggi bronza davriga kelib 
hunarmandchilikning ixtisoslashuvi va alohida xo'jalik tarmog'i sifatida shakllanib 
rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, 
asosini ilk shaharlar tashkil etgan davlatchilikning paydo bo'lishi uchun muhim 


bo'lgan qo'shimcha mahsulot ko'payishiga turtki bo'ldi. Ilk davlatlarning paydo 
bo'lishida ilk shaharlardagi o'zaro ayirboshlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning 
ham ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. So'nggi bronza davriga kelib shimoldagi 
ko'chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o'troq dehqonchilik aholisi o'rtasida 
o'zaro mol ayrboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashadi. Janubiy va 
shimoliy hududlaridan topilgan topilmalardagi juda ko'pgina o'xshashliklar bu 
hududlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalardan, qadimgi yo'llarning 
taraqqiy etganligidan dalolat beradiki, bu jarayonlar ham dastlabki shaharlar bilan 
birga 
ilk 
davlatchilikning 
asosiy 
omillarilan 
hisobalanadi. 
Ko'pchilik 
tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O'rta Osiyoda eng qadimgi davlatlarning 
shakllanish 
jarayoni 
dehqon-chorvachilik 
iqtisodiyoti, 
ixtisoslashgan 
hunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo'lishi bilan uzviy bog'liqdir. 
Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk 
temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangi 
asosda izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to'liq 
yechimini topmagan bo'lib, xususan, O'rta Osiyo qadimgi davlatlari tipologiyasi va 
xronologiyasi, davlatchilik taraqqiyotida ilk shaharlarning ahamiyati muammosi 
shular jumlaschidandir. XIX asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar olib 
borilgan “Avesto” ma'lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo'yicha birlashishi), 
Gerodot va Gekatey asarlari (“Katta Xorazm”), shuningdek Ktesiyning Qadimgi 
Baqtriya davlati haqidagi ma'lumotlari va nihoyat, arxeologik tadqiqotlar natijalari 
O'rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo'lishi muammolarini o'rganish 
uchun asos bo'lgan xizmat qiladi.
So'nggi bronza va ilk temir davriga kelib aholi 
soni va zichligining o'sib borishi, hosildor yer maydonlarining o'zlashtirilishi va 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning jadallik bilan rivojlanishi aholi joylashuvining 
hayotiy zarur hududlarga bo'linib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda chorvador 
aholining ma'lum bir qismi xo'jalikning yarim o'troq va chorvachilik shakliga 
o'tishga majbur bo'ladilar. Shuning uchun ham O'rta Osiyodagi mill.avv.VI-IV 
asrlarga oid ko'chmanchilar yodgorliklari o'troq aholi hududlari chegaralarida 
(Orolbo'yi, shimoliy Turkmaniston, Zarafshonning quyi oqimi, Pomir va boshq.) 


joylashganligi tasodifiy hol emas. Aholi aralash joylashuvi hududlarida o'troq 
viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki bo'lgan omillardan biri - 
O'rta Osiyoning janubidagi dasht hududlarda joylashgan ko'chmanchi qabilalar 
hujumi xavfli edi. Mil.avv.VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bo'lishi 
muqarrar edi. Chunki, O'rta Osiyoning ko'pgina tog' va dasht hududlarida yilqichilik 
keng tarqalib, ko'chmanchilarning o'zlari esa katta jangovar uvaffaqiyatlarga 
erishib, jiddiy xavf tug'dira boshlaydilar. Mil.avv.VIII asrning oxiri – VII asrga kelib
O'rta Osiyoning janubidagi qishloqlar rivojlanishiga jadallik bilan o'zgarishlar 
boshlanib Baqtriya va So'g'diyona hududlarida o'zida shaharsozlik belgilarini 
(mustahkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi o'q otish yo'laklari 
va boshq.) aks ettiruvchi makonlar paydo bo'ladi. Ilk temir davriga oid bunday
manzilgohlarning soni Baqtriya, Marg'iyona va So'g'diyonada 20 tadan ziyodroq. 
Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gadan kam) qishloq qo'rg'onlari, uchun katta 
bo'lmagan alohida qal'alar va dehqonchilik qishloqlaridan iborat. Shaharlar turiga 
kiritish mumkin bo'lgan, kattagina qo'rg'onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim 
qadimgi dehqonchilik viloyatlarida (Surxon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va 
boshq.) bitta yoki ikkitadan ko'p bo'lmagan. Arxeologik tadqiqotlarning 
ko'rsatishicha, sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi va hunarmandchilik 
natijasida bronza davridayoq O'rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va 
mulkiy tengsizlik paydo bo'ladi. Janubiy hududlaridagi bu jarayon faqat ichki
sabablarga bog'liq bo'lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada rivolangan an'anaviy 
tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog'liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi ichki 
qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan kelib chiqqan tashqi 
ta'sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo'lishi mumkin edi. 
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib aytish mumkinki, qadimgi davlatlar o'z rivojlanish 
bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo'lgan. astlabki 
davlatlar xo'jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari - dehqonchilik va chorvachilik 
qaerda oldinroq rivojlangan bo'lsa, o'sha hududlarda paydo bo'lgan. Davlatchilik 
jahon tarixida mil.avv.IV ming yillikning oxirida vujudga kelgan bo'lib, insoniyat 
sivilizatsiyasining so'nggi 5 ming yili bilan bog'lanadi. Davlat tushunchasiga ta'rif 


berishda quyidagi umumlashgan yondashuv ayni haqiqatdir: davlat - bu muayyan 
oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv va majburlov apparatiga ega 
bo'lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatini ifoda etuvchi, 
ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilotdir. Davlatning 
asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Aholining hududiy asosga ko'ra birlashganligi; 
2. Milliy suverenitetga egaligi (ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishdagi
mustaqillik); 
3. Maxsus boshqaruv va majburlov apparatining mavjudligi; 
4. Huquq tizimining mavjudligi; 
5. Soliq tizimiga egaligi.
Davlatlarni tiplarga ajratishda formatsion va siviliziatsion yondashuvlar 
mavjud. Formatsion yondashuv – davlatlarni ijtimoiy, iqtisodiy darajasini, bazis va 
ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda funktsiyalari mezoniga ko'ra 
tiplarga ajratishdir. Sivilizatsion yondoshuv – davlatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi 
va funktsiyalari bilan bir qatorda ko'proq ularning tarixiy-madaniy taraqqiyoti, 
an'anaviy, axloqiy va madaniy rivojlanish darajasiga qarab tiplarga ajratishdir. 
Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda davlatchilik masalalari bilan shug'ullanayotgan 
tadqiqotchilarning aksariyati sivilizatsion yondoshuvni qo'llab-quvvatlaydilar. 
A.S.Sagdullaev qadimgi boshqaruv tizimi ko'yidagi funktsiyalar bilan bog'liq holda 
amalga oshirganligini ta'kidlaydi: iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy va hududdiy. 
Davlatning jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy tizimida tutgan o'rni quyidagicha 
izohlanadi:
1. Ma'lum hududlardagi davlat o'z hududi doirasida yashovchi tilidan, 
dinidan, millatidan qa'tiy nazar, barcha aholiga hokimiyat ta'siri o'tkazadigan yagona 
siyosiy tashkilotdir. 
2. Davlat o'z ichida va tashqi aloqalarda yo'lga qo'yiladigan munosabatlarda 
boshqa ijtimoiy-siyosiy tashkilotlardan farq qilgan holda, oliy hokimiyatga, to'la 
suverenitetga egadir. 


3. Davlat jamiyat hayoti taraqqiyotining turli sohalari va yo'nalishlarini 
muvofaqlashtirib turadi. 
Ma'lumotlarga ko'ra, O'rta Osiyo hudularidan topilgan piktografik belgi-
yozuvlar bronza davriga oid bo'lsa-da, ular hozircha kam sonli bo'lib, qadimgi 
jamiyat haqida to'liq ma'lumotlar bera olmaydi. Milloddan avvalgi V-IV asrlarga oid 
ayrim kam sonli topilmalar ham (Xorazm, sak yozuvlari) to'liq emas. O'rta Osiyo 
hududlaridan milloddan avvalgi III-II asrlarga oid ko'plab tanga pullar topilganki, 
ular qadimgi tarixni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Undan tashqari to o'rta 
asrlarga qadar yetib kelgan ko'p sonli yozma manbalar ma'lumotlari ham muhimdir. 
O'rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma 
manbalar - zardo'shtiylarning muqaddas dinniy kitobi “Avesto”, ahamoniylar davri 
mixxat yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari hisoblanib ularning barchasi 
yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham ularda ba'zi hollarda chalkashliklar 
va noaniqliklar, bir-birini inkor etish hollari uchrab turadiki, bu o'rinda mavjud 
yozma manbalarni arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish 
nihoyatda muhimdir. Arxeologik ma'lumotlar yozma manbalar ma'lumotlarini 
kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy taraqqiyotning aniq yo'nalishlarini 
ko'rsatib, ma'lum davr haqidagi tasavvurlarimizni yanada boyitadi. Mil avv. VI 
asrning o'rtalariga kelib Erondagi Ahamoniylar sulolasi hukmdorlari Qadimgi 
Sharqdagi ko'pgina mamlakatlar ustidan, jumladan, O'rta Osiyodagi Parfiya, 
Marg'iyona, Baqtriya, So'g'diyona, Xorazm, “Saklar o'lkasi” ustidan o'z 
hokimiyatini o'rnatdilar. Ahamoniylar davrida bitilgan mixxat manbalarda O'rta 
Osiyo xalqlari va viloyatlari haqida turli ma'lumotlarni uchratishimiz mumkin. Bu 
yozuvlar mil avv. VI-IV asrlarga oid bo'lib, Eron hududlarida, xususan, Behistun va 
Naqshi Rustam qoyalarida, Suza, Persepol va Hamadon shaharlaridan topib 
o'rganilgan. Bular orasida eng muhimi Behistun yozuvlari bo'lib, u Doro I davrida 
yozilgan. Bu yozuvlarda Doro I bosib olgan o'lkalar sanab o'tiladi. Shuningdek, 
bosib olingan hududlarda forslarga qarshi qo'zg'olonlar haqida ma'lumotlar beriladi. 
Suza shahridan topilgan yozuvlarda Doro I bunday e'lon qiladi: “Suzadagi saroyni 
men bino qilganimda uning bezaklari uzoq yurtlardan olib kelingan. Uaka yog'ochi 


Ganxaradan, oltin - Sard va Baqtriyadan, yaltiroq toshlar va lojuvard 
So'g'diyonadan, feruza-Xorazmdan, kumush va bronza Araxoziyadan, tosh ustunlar 
- Elamdan yetkazib kelingan.” Persepol shahridagi saroy devorlarida baqtriyaliklar, 
xorazmliklar, so'g'dlar va saklarning o'yib ishlangan rasmlari topilgan. Bu rasmlarda 
So'g'diyona, Baqtriya, Xorazm va saklar o'lkasidan bo'lgan soliq to'lovchilarning 
ahamoniylarga turli xil buyumlar (hunarmandchilik, tikuvchilik, zargarlik, harbiy 
qurollar), hamda qadimgi Sharqda mashhur bo'lgan otlar va tuyalarni soliq sifatida 
olib kelayotgani tasvirlangan. Xullas, ahamoniylar davri yozuvlarida o'lkamiz 
xalqlarining qadimgi tarixiga oid quyidagi ma'lumotlar saqlangan: viloyatlar va 
xalqlarning nomlari, ayrim siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga qarshi yurishlar, 
iqtisodiy tuzum va moddiy madaniyat ma'lumotlari. Yunon-rim tarixchilaridan 
birinchi bo'lib “tarixning otasi” Gerodot (mil.avv. V asr) O'rta Osiyo xalqlari haqida 
ma'lumotlar beradi. Gerodot o'zining mashhur “Tarix” kitobini mil. avv. 455-445 
yillarda yozgan. Bu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, Gerodot O'rta Osiyo 
viloyatlarining birortasida ham bo'lmagan. Shuning uchun ham O'rta Osiyodagi 
xalqlar, viloyatlar joylashuvidagi nafaqat aniq, balki umumiy chegaralaridan ham 
bexabar bo'lgan. O'rta Osiyo viloyatlari haqida esa, o'zi eshitgan hikoyalari, 
surishtirib bilganlari asosida yozgan. A.Sagdullaevning hisobiga qaraganda, 
Gerodot “Tarix” kitobida Baqtriya, Baqtra, baqtriyaliklarni 45 marta, so'g'dlarni 2 
marta, xorazmliklarni 3 marta, saklarni 11 marta, massagetlarni 19 marta tilga olib 
ularning moddiy madaniyati, urf-odatlari, dini va tarixi haqida hikoya qilgan. 
Gerodotning O'rta Osiyo to'g'risidagi asosiy fikrlari forslarning sak-massagetlarga 
qarshi yurishlari, Kir II va To'maris o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, ahamoniylar 
harbiy qo'shinlari safida yurtimiz xalqlari jangchilarining ishtiroki, ularning yarog'-
aslahalari, yo'lboshchilari, fors-yunon urushlarida ularning jasorat ko'rsatganligi, 
xalqlarning ahamoniylar davlatiga bo'ysunishi va soliq tartibi, sak-massagetlarning 
turmush tarzi va diniy e'tiqodi va boshqa ayrim ma'lumotlardan iborat. 
Misol uchun Gerodot massagetlar haqida shunday xabar qiladi: “Bug'doyni 
massagetlar ekmaydilar, chorvachilik va baliqchilik bilan (Araks daryosida baliq 
serob) shug'ullanadilar hamda sut ichadilar. Massagetlar ichida ulug'langan yagona 


xudo - bu Quyoshdir, Quyoshga ular otlarni qurbon qiladilar, chunki xudoga 
dunyodagi eng chaqqon - tezchopar jonliqni qurbon qilish lozim deb o'ylaydilar”. 
Asli Kichik Osiyodagi Knid shahrilik bo'lgan yunon tarixchisi Ktesiy ahamoniylar 
podshosi Artakserks (mil.avv. 404-359 yy.) saroyida tabiblik qilgan. Ktesiy 
qalamiga mansub “Persika” asarining katta bir qismi baqtriyaliklar tarixiga 
bag'ishlangan. Ktesiy Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga qilgan yurishlari, 
Baqtriyaning poytaxti va ko'p sonli mustahkam istehkom va shaharlar haqida 
ma'lumotlar berib jumladan shunday yozadi: “Baqtriyadagi ko'pdan-ko'p shaharlar 
orasida Baqtra nomli mashhur bir shahar bo'lgan. Bu shahar mamlakatning markazi 
bo'lib, ko'p shaharlar o'rtasida, baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan 
o'ralgan, unda podsho qal'asi joylashgan”. Yana bir yunon muallifi Ksenofont 
“Kiropediya” nomli asarida Ktesiy xabarlariga o'xshash, Baqtra shaharlarining 
ossuriyaliklar tomonidan qamal qilinishi to'g'risida ma'lumot beradi. Shuningdek, 
Ksenofont Kir II va Baqtriya urushlari haqida ham yozadi. Mil. avv. IV asrning 
ikkinchi yarmida Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida 
O'rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar haqida ko'plab yangi tarixiy-geografik 
ma'lumotlar paydo bo'ldi. Keyingi antik davr mualliflari (Arrian, Kurtsiy Ruf, 
Strabon va boshq.) asarlaridagi ma'lumotlar ilk antik davr mualliflarinikiga nisbatan 
kengroq berilgan. Aleksandr yurishlari haqida yozgan tarixchilar asarlarida qadimgi 
O'zbekiston viloyatlari, shaharlar, qal'alar, manzilgohlar, himoya devorlari, xo'jalik 
va madaniy hayot haqida kengroq va batafsilroq ma'lumotlar olish mumkin. 
Ma'lumki, O'zbekiston qadimgi tarixining juda katta davri yozma 
manbalarsiz, arxeologiya va antropologiyaga oid manbalarga tayangan holda 
o'rganiladi. Qadimgi Sharq yozma manbalaridan (Hind, Ossuriya va Eron 
manbalari) ma'lumki, mil. avv. II ming yillikning o'rtalari va oxirlari (bronza davri) 
- O'rta Osiyo, Afg'oniston, Hindiston va Eron tarixi - hind-eron qabilalari yoyilishi 
bilan bog'liq bo'lgan. Hind-eron qabilalari dastlab juda keng hududlarda - Volga, 
Ural va Janubiy Sibir oralig'idagi yerlarda yashaganlar. Tadqiqotchilarning 
fikrlariga qaraganda, O'rta Osiyoda aholi joylashuvi etnik hududlarining ajrala 
boshlashi mil. avv. IX-VIII asrlarga oid bo'lishi mumkin. Mil. avv. VI asrda 


Erondagi ahamoniylar sulolasi podsholari yurtimizda yurish qilganda bu xalqlarning 
ajralib borish jarayoni butunlay tugagan va turli xalqlarning hududiy joylashuv 
chegaralari, viloyatlarning ma'muriy chegaralari ahmoniylardan ancha oldingi 
davrda paydo bo'lgan. Ming yillar davomida O'zbekiston hududlarida yashab o'tgan 
qabilalar va elatlarning tarixi hamda madaniyati izsiz yo'qolib ketmagan. Ushbu 
elatlarning ayrimlari ajdodlarimizning yirik guruhlarini tashkil etib, eng qadimgi 
yozma manbalarda tilga olingan. Ushbu manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. 
VII-VI asrlarda O'zbekistonning dehqonchilik vohalarida so'g'diylar, baqtriyaliklar 
va xorazmiylar yashaganlar. O'rta Osiyo va Qozog'istonning tog'lari, dashtlari va 
cho'llarida yashagan saklar va massagetlar chorvador qabilalardir. Mil. avv. I ming 
yillikning birinchi yarmida yurtimiz hududlarida joylashgan turli xalqlar qadimgi 
sharq-eroniy tillar shevalarida gaplashganlar. Ularning etnik qiyofasi va tillari bir-
biriga yaqin bo'lgan. Shuning uchun ham so'g'dlar, baqtriylar, xorazmiylar, sak-
massagetlar qarindosh xalqlar bo'lib, bir-birlarini tushunganlar. Ayniqsa, 
dehqonchilik bilan shug'ullanib o'troq xo'jalik yuritgan aholining moddiy va 
ma'naviy madaniyat bir-biriga ancha o'xshash bo'lgan. 

Yüklə 298,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin