Asosiy tushunchalar glossariysi Integratsiya – dialektlarning kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi, adabiy til ta’sirining kengayishi.
Differensiatsiya – dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida yangi tillarning vujudga kelishi, tillarning dialektlarga bo‘linishi.
Tilning tarixiyligi– tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi, ijtimoiy hodisa sifatida mavjudligi.
Tilning hayotiyligi – uning aloqa-munosabat vositasi sifatida mavjudligi.
Tilning me’yoriyligi – tilning muayyan me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi.
Hududiylik – tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligi, millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik va yagona davlat tizimiga aloqadorligi.
Me’yorlashtirilgan tillar– adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillar.
Qadimiy tillar – tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan, eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillar.
Mahalliy tillar – o‘z yozuviga ega bo‘lmagan, faqat og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladigan tillar.
Kreol tillari – Yevropa mustamlakachilarning afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillar: giti-kreol, ispan-nauatal tillari.
Pijn tillari– Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning aralashuvidan yuzaga kelgan tillar. Pijin tillarida so‘zlashadigan jamiyat yo‘q. Pijin tillaridan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi.
Sun’iy tillar – maxsus yaratilgan xalqaro tillardir: masalan, polyak olimi L.Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili.
1Richter B. First steps in theoretical and applied linguistics. -Budapest, 2006.-B.17
2Маҳмудов Н. Til. – Т., 1998.-Б.5
3 Маҳмудов Н. Маърифат манзиллари. –Т., 1999.
4Маҳмудов Н. Tил. –Т., 1998. - Б.7.
5Richter B. First steps in theoretical and applied linguistics. -Budapest, 2006.
6Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -T.: “Sharq” NMAK, 2010.-B.116.
7Richter B. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-B.101
8Richter B. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.- P.17.
9Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.-Т., 2002.-Б.15.
10Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.-Т., 2002.-Б.37.
11Richter B. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.- P.17.
12 Samatboyeva M. O‘zbek yoshlari nutqidagi sotsiolektlar (argo, jargon, sleng)/ Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida. –T., 2018. –B.108 –115.
13Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -T.: “Sharq” NMAK, 2010.-B.116.