2-sinf Fan : Ona tili Sana: Sinf



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə254/383
tarix09.07.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#128501
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   383
2-sinf-Ona-tili-Yangi-darslik-asosida-2019-2020 (2)

Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):O‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarni tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; mashq matnidagi so‘zlarni qo‘shib o‘qiy oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi, harflar birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni o‘qiy oladi; so‘zda nechta tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishini bir unli tovush bo‘g‘in hosil qilishini, ya’ni o-na, u-ka, a-ka kabi bo‘g‘inga bo‘la oladi, harflar birikmalari ishtirok etgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘la oladi, x va h tovushli so‘zlarni to‘g‘ri yoza oladi, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, mash’al, ma’qul, ta’lim, Jur’-at, ta’-zim kabi tutuq belgili so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib yoza oladi, lug‘at, izohli, eshituv, yoddan yozuv, rasm diktant yoza oladi hamda gaplarni rasmlar tartibida ko‘chira oladi.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
227-mashq. Rasmga qarang. Nimalarni ko‘ryapsiz?
Savollarga javob bering. Javobingizni yozing
Qanday bino? Katta, hashamatli bino.
Qanday ko‘cha?
Qanaqa daraxt?
Shaxs va narsa belgisini bildirgan so‘zlar qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Qanaqa? Yashil, ko‘rkam daraxt. Qanday? Katta, hashamatli bino.
228-mashq. O‘qing. Narsaning belgisiga qarab,topishmoqning javobini toping.
Usti yo‘l-yo‘l, sariq, ko‘k,
Beqasamga o‘xshaydi.
Shirinligi til yorar,
Hidi o‘tkir, bo‘yi past.
Topishmoq handalak haqida ekanligini qaysi so‘zlar
orqali bildingiz? Shu so‘zlarga narsani bildirgan
so‘zlar orqali so‘roq bering: usti (q a n d a y?) yo‘l yo‘l; rangi (qanaqa?) sariq, ko‘k; hidi
(qanaqa?) o‘tkir; bo‘yi (qanday?) past.
Topishmoqni yozing. Handalakning belgisini bildirgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizing.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   383




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin