Singlisining Popuk degan mushugi bor. Popuk bilan Olapar bir-biriga juda o‘rganishgan. Bosh harf bilan yozilgan so‘zlarni aniqlang. Ular nima uchun bosh harf bilan yozilganini tushun- tiring. Yozing. 188-mashq. O‘qing. Hayvonga qo‘yilgan nomni bildirgan so‘zni aniqlang GULDOR Jambul yugurib borib kuchuk bolani oldi. Hali ko‘zi ochilmagan ekan. Peshonasida gulga o‘xshagan qashqasi ham bor. Uyga olib keldi. Uch-to‘rt kun deganda ko‘zi ochildi. O‘zicha kuchukchaga Guldor deb ot ham qo‘yib oldi. Hozir Guldor katta bo‘lib qolgan. Hovlimizning sodiq qorovuli. Mahmud Murodov Savollarga javob bering va javobingizni yozing. Jambul nimani oldi?
Jambul kuchukchaga qanday nom qo‘ydi?
Guldor hozir nima qiladi?
189-mashq. Gaplarni o‘qing. Mazmuniga mos so‘zlarni nuqtalar o‘rniga qo‘yib, ularni yozing O‘ktamning iti ...
qattiq vovullaydi.
Singlimning mushugi ...
erkalanib miyovlaydi.
Akam otiga ... deb nom qo‘ygan. Boychibor Ziyrak Momiq Hayvonlarga qo‘yi.lgan nomni bildirgan so‘zlar tagiga bitta to‘g‘ri chiziq chizing. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: V.Uyga vazifa: “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: _____________________ 2-sinf Fan: Ona tili Sana: __________________ Sinf: _________________________ 75-dars Mavzu:SHAHAR, QISHLOQ, KO‘CHA,DARYO NOMLARIDA BOSH HARF(190-192-mashqlar) Darsning texnologik xaritasi
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari
O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.