3-TOPSHIRIQ Fanga oid 10 тayanch sо‘zlarga izox yozing.
Usul – metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi detal. Tarbiyachi xilma-xil usullarni qo‘yilgan vazifalarga muvofiq umumiy, ijodiy qo‘llanishining ta’lim jarayonini boyitadi, uni individullashtiradi, bir xillikka barham beradi. Bolalarni harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayonida metodik usullar har biri alohida holatda harakat materialining vazifalari va mazmuni, uni bolalar tomonidan o‘zlashtirish darajasi, ularning umumiy rivojlanishi, jismoniy holati, har bir bolaning yosh va tipologik xususiyatlariga ko‘ra tanlanadi.
Jismoniy mashqlar - kishi ning jismoniy taraqqiyot darajasini oshirish uchun maxsus tanlangan harakatlar. Muntazam va izchil bajariladigan Jismoniy mashqlar. jismoniy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya amaliyotida tarkib topgan jismoniy mashqlar (odamning mehnat, turmush, harbiy faoliyatidan olingan harakat va amallar asosida — yugurish, sakrash, irgʻitish, tosh koʻtarish, suvda suzish va b.) gimnastika, yengil atletika, ogʻir atletika, harakatli va sport oʻyinlari, sport turizmi va h.k.ni keltirib chiqardi.
maktabgacha bo‘lgan yosh — bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi
maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti — ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;
Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta’limiy vazifalarni hal etish ham muhimdir. Chunonchi: harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko‘z bilan chamalash, kuchlilik, chidamlilik)ni o‘stirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena ko‘nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish.
Tarbiyaviy vazifalar. Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda rejimga rioya qilish, jismoniy tarbiya mashqlari bilan har kuni shug‘ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada mustaqil shug‘ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni o‘z tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan o‘tkazish. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga muhabbat, ularning natijalariga, sportchilarning yutuqlariga qiziqishini tarbiyalash lozim.