Boshlang’ich sinflarda yaxshi o’qish malakalarini shakllantirish ibragimova Bibixon Begimqul qizi Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Annotatsiya



Yüklə 17,03 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü17,03 Kb.
#126283
6308-Текст статьи-15639-1-10-20220616


BOSHLANG’ICH SINFLARDA YAXSHI O’QISH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH


Ibragimova Bibixon Begimqul qizi
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda yaxshi o’qish malakalarini shakllantirish xususida fikr yuritiladi. Bu boshlang’ich sinflarda asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish orqali ularning dunyoqarashlarini tafakkurini va tasavvurlarini kengaytirish mumkin. O’qish malakalari orqali o’quvchilar barcha fanlarni o’rgana oladi. O’qish orqali jamiyat, atrof-muhit haqida bilimga ega bo’ladi.
Kalit so’zlar: yaxshi o’qish sifatlari, to’g’ri o’qish, ongli o’qish, tez o’qish ifodali o’qish, o’qish malakalari, izlanish metodi, aqliy hujum, tarmoqlash, guruhlar bilan ishlash metodi.
Аннотация: В этой статье рассматривается формирование хороших навыков чтения в начальной школе. Одна из основных задач-развитие навыков чтения в начальной школе. Формируя навыки чтения учащихся, можно разширить их мировоззрение,мышление и воображение.Благодаря навыкам чтения учащиеся могут изучать все предметы.Благодаря чтению общество приобретает знания об окружающей среда.
Ключевые слова: Хорошие читательские качества, правильное чтение, осознанное чтение, быстрое чтения, выразительное чтение, навыки чтение, метод исследование, меньталная атака, нетворкинг, метод группавой работы.
Annotation. This article discusses the formation of good reading skills in primariy school. Ona of the main tasks is to develop good reading skills in primary school. By shaping student’s reading skills, it is possible to broaden their worldview, thinking and imagination. Through reading skills, students can learn all subjects. Through reading, society acquires knowledge about the environment.
Keywords: Good reading qualities, correct reading, conscious reading, fast reading, expressive reading, native language, reading skills, research method, mental attack, branching, method of working in groups.

O’qish inson hayotida ajralmas jarayon hisoblanadi. Chunki, o’qish malakasi orqali borliq, jamiyat haqida bilimlarga ega bo’lishi bilan birga inson dunyoni taniydi, barcha fanlarni o’zlashtira oladi. Boshlang’ich sinflarda yaxshi o’qish malakalarini shakllantirish turli metodlar orqali amalga oshiriladi. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi kishilar hayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilar haqida vatanning tabiati, ob- havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqa bilimlarni egallaydilar. Bilim olish jarayonida ularga nisbatan munosabat uyg’onadi. Bilim berish bilan o’quvchi shaxsi tarbiyalanib boradi.


V.A Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: ,,Bolalar dunyoni va o’z-o’zini bilish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar uchun o’zining mas’ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak… bolaga yaxshilik va yomonlikni to’g’ri ko’rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch, zavq hayajon , ma’naviy go’zallikka erishish ishtiyoqini hosil qiladi. Yomonlik qahr-g’azab, murosasizlik uyg’otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma’naviy kuchga to’ldiradi’’.[1]
O’qish darslarida biz o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish bilan birgalikda bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan zarur bilimlarni olishga, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi kitobxonlarni kashf qilish, dunyoqarash elementlarini rivojlantirish, ularning nutq va tafakkurini o’stirish zarur.
O’quvchi o’qish ko’nikmalarini egallash bilan bir qatorda,birinchi navbatda,o’zining ona tilini o’rganishi zarur,chunki ona tili bilimdonlikning,aql idrokning kalitidir.K.D.Ushinskiy boshlang’ich maktab o’quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib,uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan:’’Ajoyib o’qituvchi bo’lgan ona tili bolaga ko’p narsani o’rgatadi…Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko’p narsa bilib oladiki,20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to’g’ri o’qiganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi.Ona tilining ulug’ pedagogligi ham ana shundadir’’,…[2]-deydi u. Shuning uchun ham boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rganishga katta ahamiyat beriladi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari ona tili darslarida ongli va savodli yozishga o’rganadilar,og’zaki va yozma nutqning qonun qoidalarini egallaydilar.
O’quvchilar maktabga qadam qo’yishlaridan birinchi navbatda,o’qish ko’nikmalarini to’g’ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.O’qish ko’nikmalari savod o’rgatish jarayonida shakllanadi,o’qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.Yaxshi o’qish malakalari deganda asar matnini to’g’ri, tez ,ongli va ifodali o’qish tushuniladi.O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari shakllantiriladi va takomillashadi.Yaxshi o’qish malakalari to’g’ri,tez,ongli va ifodali o’qish o’quvchilarda birdek shakllanishi zarur.CHunki o’quvchi matnni tez o’qiy olsa-yu ,ongli o’qiy olmasa va tez o’qiy olsa-yu to’g’ri o’qiy olmasa o’quvchining nutqi va o’qish malakasi to’g’ri shakllanmaydi.Bu to’rt o’qish sifati bir-biri bilan uzviy bog’liq.Ongli o’qish asosiy hisoblandi.To’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi.Tez,to’g’ri,ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi.
To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush–harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan,so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo’shmay,harflar o’rnini almashtirmay,aniq talaffuz qilib,so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi. O’quvchi qachon xatoga yo’l qo’yadi, qachonki so’z ko’p bo’g’inli bolib, bola uni oldin uchratmagan bo’lsa, uning ma’nosini bilmaslik tufayli, tez o’qiyman deb shoshilganda xatoga yo’l qo’yishi mumkin. O’qituvchi o’quvchi bunday xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun matndagi o’qilishi qiyin so’zlarni oldindan aniqlash va ular ustida ishlash lozim, murakkab so’zlarni bo’g’inlab o’qishni mashq qildirish lozim.
Tez o’qish me’yoriy tezlikda o’qish bo’lib, bunda o’qish sur’ati matnning mazmununi tushunishdan ajralib qolmaslik kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezlik bilan muvofiq ravishda o’sib borishi lozim. Tez o’qish ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qishdir. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar miqdori bilan belgilanadi.
O'qish tezligi to'rt yil davomida to'g'ri va ongli o'qish bilan bog'liq holda asta ortib boradi. O'qish tezligini tekshirganda o'qituvchi o'qiladigan materialning xarakterini, ya'ni g'oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so'z va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qay darajada ishlatilishini, o'qishning to'g'ri va ongli bo'lishini hisobga oladi. O'qish tezligini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o'qishni mashq qilish samarali usullardan hisoblanadi.
Ongli o'qish yaxshi o'qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o'qish o'qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g'oyaviy yo'nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o'qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-xodisalarga o'z munosabatini ifodalay olishdir. Matnni ongli o'qish uchun o'quvchilar to'g'ri, me'yorida o'qishni egallagan bo'lishlari va o'qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O'quvchilar matnni ongli o'qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ifodali o'qish intonatsiya-ohang yordamida asarning g'oyasi va jozibasini to'g'ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. Demak, " Ifodali o'qishning asosiy vazifasi asarning mazmunini va emitsional intonatsiya orqali o'quvchilarga ko'rgazmali qilib ko'rsatishdir. Ifodali o'qishning asosiy tamoyili o'qiladigan asar g'oyasi va badiiy qimmatinichuqur tushuntirishdir". [3 ]
O'quvchilar asarlarni o'qish jarayonida uning g'oyasini aniqlash zarur. Masalan,4-sinfX.To'xtaboyevning "Xatosini tushungan bola" hikoyasini ifodali o'qishdan oldin o'quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligini, uning xatosini nimalardan iborat bo'lganini, maqtanchoqlikning illat ekanligi to'g'risida tushuncha beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.V.A.Suxomlinskiy fikrlari.
2.K.D.Ushinskiy " Buyuk didaktika".
3.Jorayev K. Ifodali o'qish va hikoya qilish.-T.:"O'qituvchi", 1968. 7-9-betlar.
4.Qosimova K, Matchonov S, G'ulomova X, Yo'ldosheva Sh, Sariyev .Ona tili o'qitish metodikasi darslik.-T.:Noshir,2009.
5. Internet ma'lumotlari.
Yüklə 17,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin