2022-yil 23-dekabr 8-10-3/1936-son Mirishkor tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
J. Ro‘ziyevga
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirishkor tumani, qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimlari M. Xolmurodov va boshqalarning ish haqlari to‘lab berilmaganligi to‘g‘risidagi murojaati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Mazkur murojaat bo‘yicha to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Mirishkor tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan fuqarolar M. Xolmurodov, U. Raximov, va boshqalarning asossiz 5 oylik jami 67 732 503 (oltmish yeti million yeti yuz o‘ttiz ikki ming besh yuz uch) so‘m ish haqi to‘lanmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 154-moddasi 1-qismida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lash shartlari belgilangan.
Yuqoridalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga asosan
S O‘ R A Y M A N :
Ushbu taqdimnomani Mirishkor tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokidamuhokama qilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilashni.
Fuqaro M. Xolmurodov va boshqalarning to‘lanmay qolgan ish haqlarini to‘lash chorasini ko‘rishingizni;
Mazkur taqdimnoma ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 22-yanvar kuniga qadar yozma ravishda ma’lum qilishingizni.