3- mavzu. Tovar birjasi – zamonaviy bozor faoliyatining asosiy omilidir


Bozor iqtisodiyoti rivojida birjalarning roli



Yüklə 49,61 Kb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü49,61 Kb.
#136339
1   2   3   4
3-маъруза

3.2.Bozor iqtisodiyoti rivojida birjalarning roli.

Birjaning quyidagi asosiy funktsiyalari ajratib ko‘rsatiladi:


1. Birja mexanizmi yordamida xom-ashyo bozorini tashkil qilish:


Avvalo, birja bozorda undan foydalanish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan talabni ta‘minlaydi. Birja talabi va taklifini birja vakillari – birja chayqovchilari amalga oshiradi. Birja savdosi mavjud narxlarda na taqchillik, na tovarning omborda to‘planib qolishi ro‘y bermaydigan imkoniyatni ta‘minlaydi;


Birjada tovarning o‘zim emas, unga mulk maqomi yoki tovarni yetkazib berish uchun shartnoma muomalada bo‘ladi. Zamonaviy tovar birjasi bu real tovar ta‘minoti kichik miqdorda bo‘lgan holda tovarni yetkazib berish shartnomalari bozoridir. Birja, tovarlar katta hajmini harakatini bog‘lab o‘tirmasdan, talab va taklifni tenglashtiradi;


2.Birja narxlarini aniqlash va tartibga solish.


Birja birja tovarlarining barcha turlari narxini aniqlash va tartibga solishda ishtirok etadi, birjada talab va taklifning mujassamlashuvi, katta sonli bitimlar tuzilishi bozordan tashqari omillarning narxga ta‘sir etishiga yo‘l qo‘ymaydi, uni real talab va taklifga maksimal darajada yaqinlashtiradi. Birja narxi birjaning muhim funktsiyasi sifatida ko‘rib chiqiladigan kotirovka jarayonida aniqlanadi. Kotirovka deganda birjada har bir ish kunida narxlarni qayd qilish, qimmatli qog‘ozlar yoki valyuta kursini, birja tovarlari narxini ro‘yxatga olish tushuniladi.


Narx kotirovkasi bu birja narxlarini birja qoidalari bo‘yicha ro‘yxatga olish va e‘lon qilishdir. Bu funktsiya batafsilroq quyida ko‘rib chiqiladi.


Bundan bozorni tashkil qilishning tarkibiy qismlaridan yana biri – narx barqarorlashuvi ko‘rinib turadi:


Real talab va real taklifning mos kelmasligi tufayli vujudga kelgan narx tebranishlari moslashuvchanligi past bo‘lib, darhol qondirilmasdan, narx keskin tebranishlariga aylanish qobiliyatiga ega. Birja chayqovi narxni oshirish emas, ularni barqarorlashtirish mexanizmi;


Narxni barqarorlashtirishning muhim omili bitim tuzishning ochiqligi, birja kuni boshida va oxirida narxning ommaviy belgilanishi (birja kotirovkasi), kunlik narx tebranishining birja qoidalari o‘rnatilgan chegaralar bilan cheklanishi. Birjaning axborot faoliyati shu bilan bog‘liq.





  1. Tovar standartlarini ishlab chiqish, iste‘molchilar uchun qulay bo‘lgan va shu sababli nisbiy likvidlikka ega bo‘lgan navlarni aniqlash, birja savdosiga yo‘l qo‘yilgan firma markalarini ro‘yxatga olish. Bularning oxirgisi o‘ta muhim. Bu firma ishlab chiqargan mahsulot sifatigan o‘ziga xos talabdir. Namunaviy shartnomalarni standartlashtirish, o‘ziga xos savdo an‘analarini o‘rnatish birja faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi.




  1. Avvalgidek, birjalar o‘zinging tovar o‘tkazish funktsiyasini, ya‘ni real tovarni sotish va sotib olish dastlab vujudga kelgan funktsiyani bajaradi.




  1. Tovar xomashyolariga cheklangan talab narxlarini barqarorlashtirib, birjalar birja tovarlaridan boshqa tovarlar ishlab chiqarish harajatlarini ham barqarorlashtiradi.




  1. Pul muomalasini barqarorlashtirish va kreditni engillatish. Birja pul muomalasi sig‘imini oshiradi, chunki u tovarlar maksimal likvidlik sohasini ifodalaydi. Birja ssuda kapitali qo‘llanadigan muhim sohalardan biri, chunki u ssudalarning ishonchli ta‘minotini taqdim etadi va riskni minimallashtiradi.




  1. Tomonlar o‘rtasida turli mojaro va kelishmovchiliklarni bartaraf qilish. Birja savdosi jarayonida turli sabablar tufayli (xato, aldov va h.k.) birja

savdosi qatnashchilari o‘rtasida bevosita faqat birjada va uning mos keluvchi neytral organi tomonidan hal etilishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarning vujudga kelish ehtimoli bor. Odatda bu hakamlar sudi yoki arbitraj hisoblanadi.





  1. Jahon bozorini shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatishi. Zamonaviy tovar birjasi bu jihatdan tovar, fond va valyuta birjalari faoliyatini birlashtiradi.




  1. Birja savdosi qatnashchilarini ular uchun noqulay narx o‘zgarishlaridan sug‘urtalash (xedjlash). Buning uchun birjada maxsus bitim turlari va ularni tuzish mexanizmlari foydalaniladi. Birja savdosi qatnashchilarini sug‘urtalash vazifasini bajarar ekan, birja savdoni tashkil qilgandan ko‘ra ko‘proq unga xizmat ko‘rsatadi. Birja real tovar sotuvchilari va xaridorlari o‘z hohishi bilan bir vaqtning o‘zida mos keluvchi birja savdolarida mijozlar yoki qatnashchilar sifatida ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi. Bu birjaga ishonchni oshiradi, unga bozor chayqovchilarini jalb qilib, bevosita va vositachilar orqali savdo qiluvchilar sonini oshiradi.




  1. Ochiq birja savdolari o‘tkazish uchun birja yig‘ilishlarini tashkil etish,

aynan:




    1. birja savdolarini tashkil etish




    1. birja savdosi qoidalarini ishlab chiqish




    1. savdoni moddiy-texnik ta‘minlash




    1. birjaning malakaviy apparati.

Savdoni tashkil qilish uchun birja, avvalo, ochiq birja savdosi o‘tkazadigan ko‘p sonli sotuvchi va xaridorlarni sig‘dira oladigan, yaxshi jihoshchlangan bozor joyiga (birja zaliga) ega bo‘lishi lozim. zamonaviy elektron aloqa vositalaridan foydalanish savdo qilayotganlarning zalda shaxsan albatta ishtirok etishini talab qilmaydi, balki savdoni elektron kompyuter terminallari orqali amalga oshirish imkonini beradi. Biroq bu holatda ham birja yuqori samarali elektron savdo tizimini


ta‘minlashi ko‘zda tutilgan. Savdoning moddiy-texnik ta‘minoti birja zalini savdo qatnashchilari uchun ish o‘rinlari bilan jihozlash, kompyuter ta‘minoti va hokazolarni qamrab oladi.





  1. Birja shartnomalarini ishlab chiqish, u quyidagilarni qamrab oladi:




    1. birja savdolarining sifat tavsifnomalariga talabni standartlashtirish




    1. tovarlar partiyasi hajmini standartlashtirish




    1. birja bitimlari bo‘yicha hisob-kitoblarga talablarni ishlab chiqish.

Birja savdolariga qo‘yiladigan tovarlarga nisbatan birja qattiq talablar belgilaydi. Bu talablar asosida birja standartlari ishlab chiqiladi va tovar birjalarida ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar tomonidan hisobga olinadi.





  1. Bitimlar bajarilishini kafolatlash kliring va hisob-kitob birja tizimlari vositasida erishiladi. Buning uchun birja savdo qatnashchilarning bir-biriga talablari va majburiyatlarini hisobga olish yo‘li bilan naqd pulsiz hisob-kitob tizimidan foydalanadi, shuningdek, ularning ijro etilishini tashkillashtiradi.




  1. Birjaning axborot faoliyati.

Birjaning eng muhim funktsiyasi birja narxlarini to‘plash va ro‘yxatga olish, ularni umumlashtirish e‘lon qilish, mijozlarga, boshqa turli manfaatdor tashkilotlarga, xalqaro bozorga namuna bo‘yicha tovarlar mavjudligi haqida axborot taqdim etish, uni gazeta, jurnal, axborot agentliklarida chop etish.


Birjaning bozor iqtisodiyotning rivojlanishidagi bajaradigan roli haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, avvalo, bozor iqtisodiyoti sharoitida birja va davlat munosabatlari har kaysi mamlakatda har xil tuzilgan.


Yevropada boshidanok birja faoliyatiing barcha kirralarini qamrab olgan qonunchilik asosida davlat nazoratida edi. Birjalarda narx-navo atrofidagi chaykovchilik xaddan oshirib yuborilgan vaqtlarda ularni yopib qo‘yilardi. 1896 yil Germaniyada, 1903 yil Avstriyada don-galla, yog moy sanoati uchun xom ashyo hisoblangan yogli don dukkakli mahsulotlar birja savdosi ta‘kiklandi.(shakar, paxta, rangli metallar birja savdo bitimlari davom etdi.)


1960 yilda Xindistonda ham paxta, zigir, yog-moy birjalari yopildi. Bu xol boshqa qator mamlakatlarda ham amalga oshirildi.


Birja faoliyatini normalashtirishda birja haqidagi qonunchilik ahamiyati

nixoyatda kattadir.


Birja qonunchiligi - birja faoliyatini tartibga soluvchi yoki


muvofiqlashtirivchi qonunlar yig‘indisidir. Ba‘zi ilmiy adabiyotlarda ba‘zan ―tartibga solish‖ni o‘rniga ―muvofiqlashtirish‖ iborasi ishlatiladi. Asosiy maqsad - kichik firma va mayda chaykovchilar manfaatlarini ximoya qilish va birjada xaddan tashqari o‘sish yoki pasayish, sun‘iy - g‘ayri qonuniy harakatlarni va korxonalarni , mijozlarni sun‘iy sindirishni oldini olish hisoblanadi.


Birja faoliyatini qonuniy muvofiqlashtirish ayniqsa keyingi 20 yil ichida sezilarli darajada kuchaydi. Ilgargi birja savdosi birjani o‘z tomonidan ishlab chiqarilgan qoida va me‘yoriy hujjatlar asosida ko‘pgina mamlakatlarda tartibga solinar edi.


Hozirgi vaqtda ko‘pgina mamlakatlarda o‘z qonunchiligida birja faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, tartibga soluvchi umumiy bir biriga mos bandlari mavjud.


Birja faoliyatini muvofiqlashtirish birjada bitim tuzish va imzolash tartibi va talablari va hamda birja faoliyatining umumiy tartibi haqidagi ma‘lum ishlar majmuidir.


Birja faoliyatini huquqiy muvofiqlashtirish tarixiy nuktai nazardan quyidagi yunalishda rivojlangan.





  1. davlat tomonidan muvofiqlashtirish;




  1. birja va birja bozoridagi boshqa qatnashchilar tomonidan muvofiqlashtirish;




  1. birja bozorini o‘z o‘zini muvofiqlashtirish printspidan foydalanish.

Ko‘pgina xorijiy mamlakatlar tajribasida birja faoliyatini davlat nazorati


quyidagi printsplarga rioya qilish asosida qurilgan:





  1. jamiyat uchun foydalilik;




  1. birja faoliyatini ochiqligi va oshkoraligi;




  1. o‘z o‘zini muvofiqlashtirish printspidan foydalanish;




  1. bija savdosi qatnashchilarini huquqiy kafolati;

Demak, birja faoliyatini muvofiqlashtirishda davlatni ahamiyati ancha katta. Iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar tajibasi shuni ko‘rsatdiki, davlat va bozor tizimi bir biri bilan chambarchas bog‘liq, birgalikda harakat qiladilar. Odatda


bozor iqtisodiyoti samarali ishlashni qo‘llab - quvatlovchi huquqiy asoslari davlat tomonidan ta‘minlanadi.

Huquqiy asosning mavjudligi davlatni boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan ham ishlab chiqarish soxasi ham, muomala soxasida qatnashuvchi barcha sub‘ektlar uchun bir xil majburiy ―o‘yin qoidalari‖ni o‘rnatish imkonini beradi.


Birja faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilinishi - butun iqtisodiyotni boshqarishni bir muhim omilidir. Davlat firma, korxonalar rivojlanishi uchun imkon beruvchi raqobatni rag‘batlantiradi, manopoliyalar rolini cheklaydi, iqtisodiyot infratarkibi orqali resurslar taqsimotini tartibga soladi, pul sitemasini qo‘llab - quvvatlaydi, iste‘molchiar xaqini himoya qilib, iste‘molchilar va tovar ishlab


chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtiradi.


Aholi daromadlarini qayta taqsimlash masalalari, hamda ijtimoiy dasturlarni


moliyaviy ta‘minlash ham, davlat zimmasidadir. Bundan tashqari ishchi


xizmatchilar sog‘ligini ximoya qilish , mehnat muhofazasi, atrof muhitni ximoyalash hamda istemochilarni huquqiy ximoya qilish ham davlat tomonidan amalga oshiriladi.


Demak hulosa qilib aytadigan bo‘lsak, birjalarning bozor iqtisodiyotidagi roli, faoliyat ko‘rsatayotgan xudud, tuman, viloyat, mamalakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti darajasi, rivojlanishining ustivor yo‘nalishlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.


Yuqorida sanab o‘tgan birjaning xususiyatlari ichida jamiyat uchun foydalitlik darajasiga alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi, chunki, birja jamiyat rivojlanishi, jamiyatdagi insonlar farovonligi uchun xizmat qilishi talab etiladi. Agarda birja jamiyat uchun foyda keltirmasa, uning keragi bo‘lmay qoladi.


Hozirgi kunda O‘zbekistonimizni iqtisodiy - ijtimoiy rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun esa, ularning moddiy va moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabini qondirish zaruriyati mavjud. Moddiy resurslarga bo‘lgan talabini birja savdolari orqali amalga oshirish eng maqul ususl hisoblanadi. Bu erda birja mamlakat iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida maydonrga chiqmoqda.


Birjalarning, xususan tovar birjalarining alohida olingan insonlar hayotidagi roli ham e‘tiborga loyiq mezonlar bilan ifodalshga arziydi. Birjada faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar soni ham, sifati ham e‘tiborga loyiq, Masalan valyuta bozorining muhim unsuri-komponenti FOREKS birjasida faoliyat ko‘rsatuvchi treydirelar soni cheklanmagan xolda ko‘pchilikni tashkil etadi. Ular shu faoliyat tufayli daromad qiladilar, oila boqadilar.

Qimmatli qog‘ozlar bozori bevosita fond birjalari bilan bog‘liqdir. Fond birjalari taraqqiy etgan mamalakatlarning iqtisodiyotining ajralmas va muhim qismi hisoblanishi barchaga ma‘lumdir. Chunki, fond birjalarida savdo predmeti sifatida turli aksiyalar, obligatsiyalar, bo‘lishlari mumkin. Aktsiyadorlar manfaatlarini himoya qilishda, aksiyalarning daromadlildigini ta‘minlashda fond birjalarining ahamiyati beqiyos kattadir.


Iqtisodiyotda fyuchers birjalarining ahamiyat ham tobora ortib borishi ham barchaga ma‘lumdir.



Yüklə 49,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin