Joyidan qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otayotganda mo‘ljalni va mo‘ljalga olish nuqtasini tanlash: - harakatsiz va paydo bo‘luvchi nishonlarga o‘q uzishda:
- jang maydonini uzluksiz kuzatish;
- otish uchun ko‘rsatgichlarni tez va to‘g‘ri tayyorlash;
- turli jang sharoitlarida, kundo‘zi va kechasi barcha nishonlarga qarata mohirona o‘q uzish; guruhli nishonlarni va eng muhim yakka nishonlarni urish uchun qo‘qqisdan jamlangan o‘t ochish;
- otish natijalarini kuzatish va unga to‘g‘ri tuzatishlar kiritish;
- jangda patronlar sarfini kuzatib borish va ularni o‘rnini o‘z vaqtida to‘ldirish choralarini ko‘rish zarur.
Nishongacha bo‘lgan masofa va uning yo‘nalishi o‘zgargan otishning boshqa shartlari jadval shartlaridan kam farq qilgan hollarda quyidagi boshlang‘ich ustanovkalar tayinlanadi:
1.Mo‘ljallagich qo‘yiluvchisi – o‘lchangan nishongacha bo‘lgan masofaga muvofiq (o‘qotar qurollar uchun qishda havo temperaturasiga qarab kiritiladigan tuzatish, nishon o‘rnining burchagi va o‘t ochish pozitsiyasining balandligi e’tiborga olinadi).
2.Nishongacha (mo‘ljallagich markasi) – yonlama shamolga qarab kiritiladigan tuzatishga muvofiq.
3.Mo‘ljalga olish nuqtasi – nishon markazi.
Yaxshi ko‘rinib turgan yakka nishonga, uning muhimligi kattaligi va uzoqligiga qarab, qisqa yoki uzun sidirg‘a o‘q uzish zarur. Nishon qancha xafli yoki uzoqda joylashgan bo‘lsa, sidirg‘a shuncha uzun bo‘lishi lozim. Nishon yakson bo‘lmagunicha yoki yashirinmagunicha o‘q uzish kerak.
Paydo bo‘luvchi nishonga o‘q uzishda otish vaqti nishonning paydo bo‘lishiga qarab aniqlanadi. Paydo bo‘luvchi nishonga shikast yetkazish uchun u paydo bo‘lgan joyni eslab qolib, tez otishga tayyorlanish va o‘t ochish lozim. O‘t ochishning tezligi nishonni urishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar otishga tayyorgarlik ko‘rilguncha nishon yashiringan bo‘lsa , u ikkinchi marta paydo bo‘lganida mo‘ljalni aniqlash va o‘t ochish zarur. Qayta – qayta paydo bo‘layotgan nishonga o‘q uzishda u yangi joyda paydo bo‘lishi mumkinligini ham nazarda tutish kerak. Shuning uchun ham bunday nishonga shikast yetkazilishi o‘qchining kuzatish paytidagi serdiqqatliligi, otishga tez hozirlik ko‘rishi va o‘t ochishiga bog‘liq.
Paydo bo‘luvchi nishonga ketma–ketlik bilan o‘q uzish. Yaqqol ko‘rinib turgan alohida figuralardan tashkil topgan bir guruh nishonga o‘q uzish, bunda o‘q yo‘nalishini ketma–ket bir figuradan boshqasiga o‘tkazish zarur.
Yaxshi ko‘rinmayotgan figuralardan tashkil topgan keng nishonga yoki niqoblangan va niqoblangan yakka nishonga o‘q uzishda o‘qlarni nishonning kengligi bo‘ylab sochish yoki mo‘ljalga olish nuqtasini nishonning bir qanotidan ikkinchi qanotiga o‘tkazish lozim. Dushmanning 100 m gacha va undan yaqin masofada hujum qilayotgan jonli kuchiga uzun o‘q uzish, o‘qlarni nishonning kengligi bo‘ylab sochish zarur.
Otishda o‘qlarning nishon kengligi bo‘ylab sochilishi uchun qurol burchagini ufq bo‘ylab o‘zgartirish lozim. O‘qlarni nishonning kengligi bo‘ylab sochib o‘q uzishda qurol burchagini o‘zgartirishning tezligi otish uzoqligiga va o‘q uzishning zarur zichligiga bog‘liq. Bunda o‘q uzish zichligi barcha hollarda nishon kengligining har bir metriga ikkita o‘qdan kam bo‘lmasligi kerak.