3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1


Boshqarish tizimi bo’yicha o’tkaziladigan tahlil turlari



Yüklə 489,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix10.12.2023
ölçüsü489,88 Kb.
#139358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1

Boshqarish tizimi bo’yicha o’tkaziladigan tahlil turlari 
Xo’jalik faoliyatining joriy (retros’ektiv) tahlili. 
Korxonalarning amaliy 
faoliyatida asosan joriy tahlil o’tkazish usuli to’la ishlab chiqilgan. Joriy tahlil korxonalarning 
xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda rasmiy jihatdan qabul qilingan hisobotga tayangan holda 
ularning oylik, kvartallik, yillik va qator yillar tahlil qilinadi.
Joriy tahlilning asosiy vazifasi
xo’jalik faoliyatida erishilgan natijalarga ob`ektiv baho 
berish, foydalanilmagan ichki xo’jalik rezervlarini kom’leks tarzda aniqlash va ularni kelgusida 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb etish ishda yo’l qo’yilgan kamchilik va ularni 
aybdorlarini to’ish, moddiy va ma`naviy ragbatlantirishni tashkil etishdan hisoblanadi. 
Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanishining asosiy sabablari, deb qo’yidagilarni 
xisoblash mumkin: 
1. Tahlilning barcha vazifalari biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligi, uning 
bajarilishini nazorat qilish, xo’jalik faoliyatida erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish, 
mehnat, moddiy va moliya resurslaridan samarali foydalanish va hokazolar joriy tahlil zimmasiga 
tushadi;
2. Joriy tahlilning keng ko’lamda qo’llanilishiga barcha korxonalarning tasdiqlangan yagona 
hisobot shaqllariga asosan yuqori tashkilot, statistika, moliya va soliq organlari, davlat bankiga 
hisobot to’shirish vazifasining zarurligi;
3. Joriy tahlilning bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmog’i 90 foizni tashkil qiladi, 
chunki dastlabki va tezkor tahlilni o’tkazish usuli hali to’la ishlab chiqilmagan;
4.
Joriy tahlilda korxonaning xo’jalik faoliyati chuqur, har tomonlama o’tkaziladi, 
chunki tahliliy xodimning ixtiriyorida barcha axborotlar manbai muhayyo;
5.
Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish tarixan joriy tahlildan boshlangan;
6.
Iqtisodiy oliy o’quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash ham joriy tahlil asosida 
olib boriladi. 
Joriy tahlil uchun asosiy axborotlar manbai bo’lib - oylik, kvartallik, yillik reja va 
xisobotlar xisoblanadi. 
Joriy tahlilning sub`ekti - korxonaning iqtisodiy bo’limlari, yuqori tashkilot, moliya, soliq 
va statistika organlari, davlat banki hisoblanadi. Joriy tahlilning ob`ekti-korxonalar, ularning 
filiallari, boshqarmalar va vazirliklardir. 
Joriy tahlilning dastlabki va tezkor tahlildan ustunligishundaki, uni o’tkazishda axborotlar 
tizimi sistemali va kom’leks xarakterga ega bo’lib, rasmiy jihatdan qabul qilingan buxgalteriya va 
statistika hisobotlariga asoslanadi.

Yüklə 489,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin