3-mavzu: kasb tushunchasi va kasblarni psixologik tasniflash. Reja



Yüklə 173,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü173,75 Kb.
#125161
1   2   3   4   5
3-mavzu kasb tushunchasi va kasblarni psixologik tasniflash. Re

Mutaxassisning kasbiy tayyorligi Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini 
shaxsning kasbiy yoʻnalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining 
kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. 


Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va 
samarali oʻzaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy oʻzaro 
munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata olishga va rivojlantirishga 
qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy 
madaniyati еtarlicha darajada rivojlanganligida soʻz va tildan toʻgʻri foydalanishni bilganidagina 
mavjud boʻladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining 
koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muhim 
shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning 
kommunikativ tayyorligi unda empatiyani, xushmuomalalikni, doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini, 
jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va 
qodirligini, oʻzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan 
qiyinchilikni toʻgʻri xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga 
kelishni koʻzda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffakqiyatliligini yana bir muhim sharti uning 
kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda uning faolligi 
darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham xodimlar kasbdoshlari bilan 
oʻzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar tomonlama koʻrsatishga intilishdan iborat boʻladi.
Mutaxassisning bunday oʻzini tashkil etish koʻp jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish 
istagiga va intilishiga bogʻlik boʻladi. 
Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagʻishlangan koʻplab ishlar 
mavjud bulib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan oʻrganilgan. Muvaffaqiyat 
deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan 
ishini muvaffaqiyatliligini xis etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi: xaqiqiy natija 
va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasidagi natija. Ular odam oʻz faoliyatida qoʻygan 
maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq muvaffaqiyatga 
erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib u quyidagi formula asosida 
beriladi. 
Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning shaxsiy xususiyatlari 
muhim rol oʻynadi. Hayotiy muvaffakiyatga erishish uchun zarur bulgan koʻplab shaxsiy sifatlar 
xaqida V.Kroford uzining “Suxbat va munozara” kitobida Konfutsiyning gʻoyasiga tayanib, 
doʻstonalik, donolik va botirlikni kursatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyatga erishish uchun 
nima еtishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford 
xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun kursatilgan 3 ta tushunchadan tashqari 
kasbiy maxorat xam kerakligini aytib oʻtdi.
Xozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-
sharoitlarni ko’rsatadi:
- mutaxassis oʻziga ishongan boʻlishi kerak; - maqsadga erishishga kuchli intilish kerak;
- nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; 
-ishga pozitiv yoʻnalganlik; 
- omad aloxida muvaffaqiyatlarni koʻra bilish va shu paytda quvonch va baxtni xis etish 
zarur. 
Tadqiqotlar natijalariga koʻra odamning hayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat 
oʻrtasidagi uzviy bogʻliklik borligini koʻrsatadi.
Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarini kasblar konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan 
bartaraf etish mumkin. Ular yangi kasblarni loyixalashtirish, mexnat mazmunini va maqsadini 
aniqlash, ma’lumot, malaka darajasi mexnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi. 



Yüklə 173,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin