3.3.Psixologik maslahatni o‘tkazish bosqichlari
Psixologik maslahatni boshdan oxirigacha bo‘lgan jarayoni ko‘rinishi
maslahatni asosiy bosqichlarini ketma-ketlik tarzida
tasavvur qilish mumkin va
ularni xar biri maslahat jarayonida o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, qandaydir ma’lum bir
vazifani bajaradi va o‘ziga xos maxsus xususiyatga ega.
Psixologik maslahatni o‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilar:
1.
Tayyorgarlik bosqichi
. Bu bosqichda Konsultant qayd qilish jurnalidagi
yozuvlar, shu bilan birga psixologik maslahat o‘tkazish uchun talabnoma qabul
qilgan xodimdan olgan ma’lumot asosida mijoz bilan tanishadi.
Ishning bu
bosqichida Konsultantning o‘zi ham psixologik maslahatni o‘tkazishga
tayyorgarlik ko‘radi. Bu bosqichda Konsultantning ish vaqti asosan 20-30 minutni
tashkil qiladi.
2.
Moslashish bosqichi
. Bu bosqichda Konsultant
shaxsan mijozni kutib
oladi, u bilan tanishadi va mijoz bilan hamkorlikda ishlashga tayyorlanadi. Mijoz
ham o‘z navbatida xuddi shu jarayonni bajaradi. Agar maslahat o‘tkazish
uchun
hamma narsa tayyorlangan bo‘lsa, bu bosqich o‘rtacha 5-7 daqiqa vaqtni olishi
mumkin.
3.
Tashxis qo‘yish bosqichi
. Bu bosqichda Konsultant mijozni muammosini
eshitadi va uni tahlili asosida mijozni muammosini aniqlaydi. Ushbu bosqichning
asosiy mazmuni mijoz o‘zi
va muammosi haqida, shu bilan birga
mijozni
psixodiagnostika tekshiruvdan o‘tkazish (agar bunga zarurat bo‘lib, mijozni
muammosini aniqlash va uni optimal yechimini topish uchun). Bu bosqichda
psixologik maslahatni o‘tkazish uchun zarur vaqtni
va muddatni aniq belgilash
imkoni bo‘lmaydi, chunki uni aniqlash mizojning muammosini o‘ziga xosligi va
uning individual xususiyatlariga bog‘liq. Bu vaqt amaliy
jihatdan psixologik test
o‘tkazish vaqtni hisobga olmagan holda kam deganda bir soatni tashkil qiladi.
Ba’zan bu psixologik maslahatning bu bosqichi 4 soatdan 6-8 soat vaqtni olishi
mumkin.
4.
Dostları ilə paylaş: